Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja




Download 46.97 Kb.
bet9/11
Sana22.06.2023
Hajmi46.97 Kb.
#75199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100
Тема №3, sifat menejmenti, 1 Саноат ва фуқаро бинолари архитектураси фанига кириш, PZK6PSNpbwCTdtcxPz7CvGVQqw9CyvNlUMbnSvGZ, betlik Sirtqi KL uchun ASLOS , Sun\'iy intelekt (01), QO\'ZIYEV X O\'QITISH METODIKASI KUSR ISHI, google uchun fayl, ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR, Mustaqil ta'lim AYHXTQ, 3-labarotoriya, 10 Laboratoriya mashg, 64, Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi
Don omborxonalari turlari. O’zbekistonda asosiy don omborxonalari bir qavatli, yonlama yoki qiyalangan polli ombor va elevatorlardan nborat. Bundan 20—25 yil avval jamoa va davlat xo’jaliklarida qurilgan omborlar sig’imi (50; 100; 160; 300 tonna) kichik
bo’lib, ko’pchiligi mexanizatsiyalashtirilmagandi. Hozir qurilayotganlarining hajmi 500 dan 5000 tonnagacha don sig’adigan omborlar bo’lib, unda tashish, tushirish va boshqa ishlar to’la mehanizatsiyalashtirilgan. Yig’iluv-temir-beton, g’isht, metallardan foydalanib barpo qilingan bunker turidagi omborlar har xil mehanizmlar bilan jihozlangan. Bo’lardan tashqari, taralarni alohida saqlaydigan, donlarni soladigan, uni dorilaydigan va muntazam shamollatish uskunalari o’rnatilgan bo’limlariga ega bo’lgan omborxonalar ham mavjud. Donlarni qayta ishlovchi (tegirmon, yorma va ozuqa-yem ishlab chiqaruvchi zavodlar) korxonalar, davlat qaramog’idagi non mahsulotlari, don qabo’l qiluvchi punktlar, qatta sig’imli omborxonalardan tashqari elevatorlar ham bor. Zamonaviy elevator — bu donlarni qabul qilib, qayta ishlab, saqlab va iste‘molchilarga tarqatadigan baquvvat sanoat korxonasidir. Bunda donlar nste‘mol konditsiyasiga yetqazilib, sifati bo’yicha bir xil turlarga ajratilib, xalq xo’jaligining u yoki bu maqsadlariga ishlatish uchun mo’ljallangan.
Elevator asosan ikki qismdan-ichki minora va bir nechta yem (silos) korpuslaridan iborat. Don uyumlari 30 metr va undan baland bo’lgan yem saqlagichlariga solinadi. Elevator sig’imi yem miqdori, saqlagichlarning balandligi va ko‘ndalang kesimiga bog’liqdir. Yem saqlagichlar monolit yoki yig’ma temir-betondan barpo qilinadi. Ular to’g’ri burchakli va silindr shaklida bo’ladi. Silindr shaklidagi yem saqlagichlarni bir qator qilib joylashtirilganda ularning orasida ko’pincha yulduzchalar deb ataladigan qo’shimcha bo’laklar hosil bo’ladi. Yem saqlagichlarning sig’imi ko’pincha 150 tonnadan 600 tonnagacha boradi. Bunday don uyumlarining tukiluvchanligi va saqlanish xususiyatlari yaxshi bo’lishi kerak. Shuning uchun donlarni elevatorlarda saqlashda faqat quruq va biroz quruq donlar bilan to’ldirilishiga e‘tiborni qaratish kerak.
Ishchi minoraning balandligi 50—65 metr bo’lib, uning qavatlarida don tozalagich mashina, aspiratsion moslama, avtomat tarozi, ayrim hollarda quritgichlar joylashgan bo’ladi. Har xil maksadlar uchun belgilangan (tayyorlovchi, tegirmonli va boshqa) elevatorlar turli texnologik tizimlarga ega. Elevatordagi donlar haraqatining umumiy jarayonini qo’yidagicha tasavvur qilish mumkin: vagonlarda, mashinalarda keltirilgan don uyumlari don qabul qiluvchi punktlarning elevator minorasi tagida joylashgan handaklarga kelib tushadi. U yerdan qatta chumichlarda (har birining bir soatdagi ish unumi 100—350 tonna) donni elevator mnnorasining yuqori qismidagi avtomat tarozilariga ko’tarib beradi, keyin don o’zining harakati bilan minorani qavatlarda joylashgan don tozalagich mashinalariga kelib tushadi. Shundan so’ng kerak bo’lsa don uyumlari don quritgichlariga yo’llanadi. Har xil qo’shilmalardan tozalanib va yaxshi quritilgan don uyumlari yana minoraning yukori qavatlariga yo’naltiriladi, u yerda har tomonga tarqatuvchi moslamalar yordamida yem saqlagichlar ustidagi transportyorlarga yo’llanadi va uning yordamida don uyumlari aralashtiriladi hamda yem saqlagichlarga solinadi. Yem Elevatorlardagi jarayonlarni boshqarish uchun marqazlashgan boshqaruv joyi bo’lib, unda dispetcher pult yordamida hamma texnologik jarayonlarni boshqaradi.
Elevatorlar qaysi maqsadlarga mo’ljallanganligi va qurilgan joyiga qarab 25—140 ming tonnagacha don sig’adigan hajmda bo’lishi mumkin. Elevatorlardan omborxonalar bilan birga kompleks ravishda foydalanilsa ancha qulay bo’ladi. Ishlov berilgan donlarni omborxonalarda saqlash elevatorlarda saqlashga nisbatan arzonga tushadi. Shuning uchun, elevator birinchi navbatda donlarga ishlov berishda, don tunlamlarini junatish uchun qulay bo’lgan hamda uzok, muddat saqlash kuzda to’tilgan vaqtda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Don uyumlari elevatordan qanchalik ko’p o’tqazilsa uning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi.
Donni uyum va maydonchalarda vaqtincha saqlash.
Mamlakatimizda don saqlash omborxonalari ko’payib borishiga qaramasdan, hosilni yig’ib olish vaqtida ayrim tuman va viloyatlarda xo’jaliklarda yetishtirilgan hosilni vaqtincha uyumlarda saqlashga majbur bo’lib qolinmokda. Uyum deb ma‘lum bir qoidaga asosan omborxonadan tashqarida ochiq havoda tukilgan yoki qoplarga joylashtirilgan donlarga aytiladi. Don uyumlarini saqlash davrida har xil tashqi muhit sharoitining tezda ta‘sir etishi ularni saqlashga chidamliligini juda pasaytiradi.
Ayniqsa, bunday sharoit kuz va baxor oylariga to’g’ri keladi. Donlarni uyumda saqlashga uni ichki qismida kechadigan jarayonlar ustida kuzatish ishlarini olib borish qiyinlashadi. Shu sababli, o’z-o’zidan yonib ketish va hasharotlar bilan zararlanishni o’z vaktida payqash qiyinlashadi. Bundan tashqari, donlar uyumda ifloslanadi, buziladi va qushlar, kemiruvchi hayvonlar tomonidan osongina nobud qilinadi. Ko’pchilik rivojlangan davlatlarning tajribasidan ma‘lumki, donlar ochiq uyumlarda saqlanganda to’plangan hosil 10—30 foizgacha yo’qotilishi mumkin.
Urug’li donlarni ochiq havoda uyumlarda saqlash qat‘iyan man etiladi. Agar yangi o’rib olingan hosilni vaktincha uyumlarda saqlashga majbur bo’lib qolinsa, vaqtda uyum uchun maydon tanlashga, donlarni uyumlarga joylashtirish hamda ustini yopish usullariga e‘tiborni qaratish kerak. Uyum uchun maydonchalar to’g’ri, tekis, suv to’planib qolmaydigan qilib tashkil etiladi. Maydon har tomonlama avtomobillarni shamollatish uskunalarini joylashtirish va boshqa chiqishi uchun, don tozalagich mashinalarini, muntazam ishlarni bajarish uchun qulay bo’lishi lozim. Maydon asfal‘tlanishi yoki yer qattiq jipslanib (trambovka) ustiga taxta yoki plyonqa tushaladi. Maydonchani shunday tashkil qilish kerakki, uyum balandligining eng uchli qismi kuz-kish paytida bo’ladigan shamol yo’nalishiga to’g’ri kelsin.
Donlarni uyumga joylashtirishdan oldingi tayyorgarlik ishlari ham qatta ahamiyatga ega. Namlik qanday bo’lishidan qat‘iy nazar, ularni maydonchaga joylashtirishdan avval 80S va undan past haroratgacha sovitilishi kerak. Bunday qilishning sababi uyumda kana va hasharotlarning faol rivojlanishini yo’qqa chiqaradi, o’z-o’zidan yonib ketish darajasini pasaytiradi. Faol shamollatish qurilmasidan foydalanib donlarni transportyor zanjiridan o’tqazish yo’li bilan donlar sovitiladi. Bunda so’tkalik haroratdan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Faqat quruq va o’rtacha namlikdagi don uyumi oldindan sovitilib keyin ustini yopish tavsiya qilinadi. Oldindan sovitilmagan hamda namligi teng namlikdan yuqori bo’lgan don uyumini yopish shart emas, aks xolda tezda o’z-o’zidan yonib ketish jarayoni boshlanishi mumkin. Uyumlar ustini yopish uchun brizent, bardon, plyonqa va shunga o’xshash matolardan foydalaniladi. Shuni yana bir marta ta‘kidlash kerakki, donlarni vaqtincha uyumlarda saqlash bu eng oxirgi choradir. Vatanimizning janubiy mintaqalarida ozuqa-yem donlarini saqlash zarur bo’lib qolsa, uni omborxonadan tashqarida ochiq yerda saqlash yaxshi natija beradi.

XULOSA
Bugungi kunda mamlakatimiz g’allachiligida sug’oriladigan sharoitlarga yaxshi moslashuvchan, kasallik va zararkunandalarga, tabiatning noqulay omillariga chidamli, hosildor, yuqori sifatli don beradigan navlarni yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilib ishlab chiqarishga taqdim eilmoqda. Galdagi vazifa yetishtirilgan donlarni sifatli saqlashni taminlab, don sifat ko’rsatkichlarini oshirish va turli don mahsulotlarini xalq xo’jaligiga yetkazib berishni taqazo etmoqda.
Dunyo miqyosida, shu singari mamlakatimizda ham yuqori sifatga ega bo’lgan bug’doy donlarin saqlash usullari ustida ko’plab ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar hamda tajriba natijalaridan kelib chiqib, donni sifatli saqlash usullari bo’yicha qo’yidagicha xulosa qildik.
Donning sifati va saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yigim-terim jarayonlariga bog’likdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa, hosil sifati va mikdori shuncha yuqori bo’ladi. Yigim-terim ishlarini o’z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, nobudgarchilikning oldini olish don ekinlaridan mo’l hosil yetishtirishning asosidir.
Don omborxonalari yetarli darajada pishiq va mustahkam bo’lishi, xar taraflama to’g’ri barpo qilingan don omborxonalaridan meyorida foydalanilganda zax bo’lmaydi, shu boisdan ham omborxonalarda namlikni deyarli yil davomida mu‘tadil 60-75 % darajasida bemalol ushlab turish imkoni yaratiladi.
Elevatorlardan omborxonalar bilan birga kompleks ravishda foydalanilsa ancha qulay bo’ladi. Ishlov berilgan donlarni omborxonalarda saqlash elevatorlarda saqlashga nisbatan arzonga tushadi. Shuning uchun, elevator birinchi navbatda donlarga ishlov berishda, don to’plamlarini junatish uchun qulay bo’lgan hamda uzoq muddat saqlash kuzda tutilgan vaqtda ishlatilsa, shuningdek don uyumlari elevatordan qanchalik ko’p o’tkazilsa uning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi.
Don amalda saqlangan kunlar bo’yicha hisoblanadi. Agar don partiyasi bir yildan oshiq saqlansa, har bir keyingi yilda tabiiy kamayish 0,04 % ni tashkil etadi.
Bug’doy donini saqlashda saqlash usullari alahida ahamiyat kasb etadi.
2016-2018 yillar davomida turli usullarda saqlangan bug’doyning ayrim navlari donini saqlash davrida sifat ko’rsatkichlarini saqlash usullariga bog’liq holda o’zgarishi aniqlandi.
Don massasini sovitilgan holda saqlash termoanabioz qonuniyatiga asoslangan.
Unda don tarkibidagi turli xil tirik komponentlar past harorat ta‘sirida o’z faoliyatini sekinlashtiradi yoki bo’tunlay to’xtatishi mumkin. Shu bilan birga, donda bo’ladigan bir qator fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishi ham sekinlashadi. Don massasidagi begona aralashmalarnnng ham hayot faoliyati ancha sustlashadi.
Saqlanayotgan bug’doy navlarini passiv shomollatish davrida faol shamollatishga nisbatan iqtisodiy samaradorlik pasayib, korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashib borishiga olib kelishini inobatga olib, saqlash davrida faol shamollatish usulini qo’llash maqsadga muvofiq.
Iqtisodiy jihatdan yuqori samaraga erishish uchun korxona bug’doy doni haroratini 10 0 S doimiy saqlash va o’z vaqtida meyor darajasida faol shamollatish bilan birga donlar namligini 12-14% saqlasa donlarni uzoq vaqt sifatli saqlanishini ta‘minlaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshishiga olib keladi.


Download 46.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 46.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja

Download 46.97 Kb.