• 1-Маvzu: “
  • 1-Маvzu: “Dasturlashga krish, dasturlashtirishning asosiy tushunchalari ”




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.01.2023
    Hajmi0.59 Mb.
    #37516
    Bog'liq
    1-Maruza dars=
    profilaktik tibbiy ko\'rik varaqasi, Kriptografiya 1-topshiriq, Kriptografiya (Mustaqil ish), 10-amaliy mashg’ulot Mavzu Openssl kutubxonasidan foydalangan h-fayllar.org, Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm, Ssh protokoli va unda kriptografik algoritmlardan foydalanish ho-fayllar.org


    1-ma’ruza: 
    Dasturlashga krish, dasturlashtirishning asosiy
    tushunchalari.
    O‘qituvchi : B.M.Tojiboyev
    2021 yil 20 sentabr


    1-Маvzu: “Dasturlashga krish, 
    dasturlashtirishning asosiy tushunchalari

    Kalit so’zlar: kommunikatsiya, dasturiy ta’minot,
    kompilyator,
    loyihalash,
    foydalanuvchi
    interfeysi,
    foydalanuvchi,
    aniqlik,
    dasturchi,
    samaradorlik,
    iostream, kiritish, chiqarish amali.


    DASTURLASHGA KRISH
    Ma’lumki,
    dastur
    mashina
    kodlarining
    qandaydir
    ketmaketligi bo‘lib, aniq bir xisoblash vositasini amal qilishini
    boshqaradi.
    Dastur
    ta’minotini
    yaratish
    jarayonini
    osonlashtirish uchun yuzlab dasturlash tillari yaratilgan. Barcha
    dasturlash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin:
    • quyi darajadagi dasturlash tillari;
    • yuqori darajadagi dasturlash tillari.


    DASTURLASHGA KRISH
    Quyi darajadagi dasturlash tillariga Assembler turidagi tillar kiradi.
    Bu tillar nisbatan qisqa va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkoniyatini
    beradi. Lekin, Asssembler tilida dastur tuzish zaxmatli, nisbatan uzok davom
    etadigan jarayondir. Bunga qarama-qarshi ravishda yuqori bosqich tillari
    yaratilganki, ularda tabiiy tilning cheklangan ko‘rinishidan foydalangan xolda
    dastur tuziladi. Yuqori bosqich tillaridagi operatorlar, berilganlarning turlari,
    o‘zgaruvchilar va dastur yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyati
    oshiradi va dasturni “O‘QIMIShLI” bo‘lishini ta’minlaydi. Yuqori bosqich tillariga
    Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, S va boshqa tillarni misol keltirish
    mumkin.


    DASTURLASHGA KRISH
    Kompyuter arxitekturasini takomillashuvi, kompyuter tarmog‘ining
    rivojlanishi mos ravishda yuqori bosqich tillarini yangi variantlarini yuzaga
    kelishiga, yangi tillarni paydo bo‘lishiga, ayrim tillarni esa yo‘qolib ketishiga olib
    keldi.
    Hozirda keng tarlalgan tillar Object Pascal, C++, S#, Php, Java, Asp tillari
    xisoblanadi. Xususan, C tilining takommillashgan varianti sifatida C++ tilini
    olishimiz mumkin.
    1972
    yilda
    Denis Ritch
    va
    Brayan Kernegi
    tomonidan C tili yaratildi.
    1980
    yilda
    Byarn Straustrop
    C tilining avlodi
    C++ tilini yaratdiki, unda strukturali va ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash
    texnologiyasiga tayangan xolda dastur yaratish imkoniyati tug‘ildi.


    C++ TILIDAGI DASTUR TUZILISHI VA 
    UNING KOMPILYATSIYASI.
    C++ tilida dastur yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Dastlab,
    matn taxririda (odatda dasturlash muxitining taxririda) dastur matni teriladi, bu
    faylning kengaytmasi <<
    *.srr
    >> bo‘ladi, Keyingi bosqichda dastur matn
    yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda dasturda xatoliklar bo‘lmasa,
    kompilyator <<
    *.obj
    >> kengaytmali ob’yekt modul faylini xosil qiladi. Oxirgi
    qadamda komponovka (Yig‘uvchi) yordamida <<
    *.exe
    >> kengaytmali
    bajariluvchi fayl - dastur xosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning
    nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi.


    C++ TILIDAGI DASTUR TUZILISHI VA 
    UNING KOMPILYATSIYASI.
    Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi.
    Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini
    bajaradi, xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan
    C++ tilida yozilgan modullarni dastur tarkibiga kiritadi.
    Shundan so‘ng kengaytirilgan dastur matni kompilyatorga uzatiladi.
    Kompilyator o‘zi ham dastur bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, C++
    tilida yozilgan dastur matni xisoblanadi. Kompilyator dastur matnini
    leksema
    (atomar)
    elementlarga ajratadi va uni
    leksik
    , keyinchalik
    sintaksik
    taxlil qiladi.
    Leksik taxlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun <<
    probel
    ajratuvchisini
    >> ishlatadi. Probel ajratuvchisiga probel belgisi (
    'tabulyatsiya
    belgisi
    , '\n'-
    keyingi qatorga o‘tish belgisi
    , boshqa
    ajratuvchilar
    va
    izoxlar
    xisoblanadi.


    C++ TILIDAGI DASTUR TUZILISHI VA 
    UNING KOMPILYATSIYASI.
    Dastur matni tushunarli bo‘lishi uchun izoxlar ishlatiladi. Izoxlar
    kompilyator tomonidan <<
    O‘TKAZIB
    >> yuboriladi va ular dastur amal qilishiga
    hech qanday ta’sir qilmaydi.
    C++ tilida
    izoxlar ikki
    ko‘rinishda yozilishi mumkin.
    Birinchisida
    ”/*” dan boshlanib, ”*/”
    belgilar oralig‘ida joylashgan barcha
    belgilar ketma-ketligi izox xisoblanadi, ikkinchisi <<
    SATRIY IZOH>
    > deb
    nomlanadi va u
    ”//”
    belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar
    ketma-ketligi bo‘ladi.
    Izoxning birinchi ko‘rinishida yozilgan izoxlar bir necha satr bo‘lishi va
    ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin.


    C++ TILI ALFAVITI VA LEKSEMALAR
    C++ tili alfaviti va leksemalariga quyidagilar kiradi:
    - katta va kichik lotin alfaviti xarflari;
    - rakamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
    - maxsus belgilar:” { } [ ] ( ) + _ / 0/0
    Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
    identifikatorlar; kalit (xizmatchi yoki zaxiralangan) so‘zlar;
    o‘zgarmaslar; amallar belgilanishlari; ajratuvchilar.


    IDENTIFIKATORLAR VA KALIT SO‘ZLAR
    Dasturlash
    tilining
    muxim
    tayanch
    tushunchalaridan
    biri
    identifikator
    tushunchasidir. Identifikator deganda katta va kichik lotin
    xarflari, raqamlar va tagchizik ('_') belgilaridan tashkil topgan va raqamdan
    boshlanmaydigan
    belgilar
    ketma-ketligi
    tushuniladi.
    Identifikatorlarda
    xarflarning registrlari (katta yoki kichikligi) xisobga olinadi.
    Masalan, RUN, run, Run - bu xar xil identifikatorlardir.
    Identifikator uzunligiga chegara qo‘yilmagan, lekin ular kompilyator tomonidan
    faqat boshlanishidagi dastlabki 32 ta belgisi bilan farqlanadi.


    IDENTIFIKATORLAR VA KALIT SO‘ZLAR
    Identifikatorlar kalit so‘zlar, o‘zgaruvchilar, funksiyalar, nishonlar va
    boshqa ob’yektlarni nomlashda ishlatiladi. C++ tilining kalit so‘zlariga
    quyidagilar kiradi:
    asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete,
    do, double, else, yepit, explicit, extern, f10at, for, friend, goto, if, inline, int,
    long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short,
    signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef,
    typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.


    IDENTIFIKATORLAR VA KALIT SO‘ZLAR
    Yuqorida keltirilgan identifikatorlarni boshqa maqsadda ishlatish mumkin
    emas.
    Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so‘zlar ishlatiladi:
    AN, AL, AX, YEAX, VN, BL, VX, YEVX, CL, SN, SX, YEsx, DH, DL, DX, EDX, CS, ESP,
    YEVR, FS, GS, T, EDI, SI, ESI, VR, sp, DS, ES, SS, FLAGS.
    Bulardan
    tashqari
    (ikkita
    tagchizik)
    belgilaridan
    boshlangan
    identifikatorlar kutubxonalar uchun zaxiralangan.
    Shu sababli ‘_’ va “__” belgilarni identifikatorning birinchi belgisi sifatida
    ishlatmagan ma’qul. Identifikator belgilar orasida probel ishlatish mumkin
    emas, zarur bo‘lganda uning o‘rniga ‘_’ ishlatish mumkin: Silindr_radiusi,
    aylana_diametiri vahakazo.


    O‘ZGARUVCHI, O‘ZGARMASLAR


    O‘ZGARUVCHI, O‘ZGARMASLAR


    O‘ZGARUVCHI, O‘ZGARMASLAR


    OPERATORLAR


    OPERATORLARGA MISOL


    SAVOLLAR


    E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!

    Download 0.59 Mb.




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Маvzu: “Dasturlashga krish, dasturlashtirishning asosiy tushunchalari ”

    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish