15-mavzu.
Konchilik korxonalarining elektr ta’minoti
Reja:
1. Konchilik korxonalarining elektr ta’minoti tizimi
2. Elektr ta’minoti tuzilish sxemalari.
Elektr ta'minoti tizimi deb elektr energiyasini ishlab chiqarish, uni masofaga
uzatish, qabul qilish, o‘zgartirish, taqsimlash va isite'molchilarga yetkazib berish
uchun xizmat qiladigan elektr qurilmalari majmuasiga aytiladi. Tizimda elektr
energiyasini ishlab chiqaruvchi qismi elektr manbai deyiladi.Elektr manbai sifatida
elektr stansiyalari xizmat qiladi.Elektr stansiyalarda boshqa turdagi energiya elektr
energiyasiga aylantiriladi.
Elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyaning kuchlanishi
yuqori bo‘ladi va uzoq masofalarga uzatiladi. Elektr energiyasini uzoq masofalarga
xavo liniyali eltektr tarmoqlar vositasida uzatiladi. Elektr energiyani qabul qilish va
o‘zgartirish uchun podstansiyalar (nimstansiyalar) qo‘llaniladi. Podstansiyalar
pasaytiruvchi bo‘ladi kuchlanishning miqdori kamaytiriladi va to‘g‘rilovchi bo‘lib
o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiradi.
Elektr energiyasini taqsimlash va iste'molchilarga o‘zatish uchun
taqsimlovchi punktlar va tarmoqlar xizmat qiladi.
Elektr ta'minoti tizimi konchilik korxonasiga nisbatan tashqi va ichkilarga
bo‘linadi.
Elektr energiya manbaidan konchilik korxonasining bosh pasaytiruvchi
podstansiyasigacha bo‘lgan qismi tashqi elektr ta'minoti tizimi deyiladi.
Konchilik
korxonasining
bosh
pasaytiruvchi
podstansiyasidan
iste'molchilarigacha bo‘lgan qismi ichki elektr ta'minoti tizimi deyiladi.
Konchilik korxonalarining elektr ta'minoti tizimlari qo‘yidagi talablarga
muvofiq bo‘lishi lozim.
1.
Sifatli elektr energiya bilan ta'minlash. Elektr energiya sifatli bo‘lishi uchun
kuchlanish va chastotaning qiymatlari barqaror bo‘lishi kerak. Kuchlanishning
chetlashishi ±5% ga ruhsat etiladi, chastotaning chetlashishi ±0,5 Gts ga ruhsat
etiladi.
2.
Elektr ta'minoti tizimi xavfsix bo‘lishi kerak. Buning uchun odamlarni tok
urishdan ximoyalovchi elektr xavfsizlik chora tadbirlari qo‘llanilishi va elektr
ta'minoti tizimini tashkil etuvchi uskunalar va qurilmalarni ximoyalovchi releli
ximoyalar qo‘llanilishi kerak.
3.
Elektr ta'minoti tizimi ishonchli bo‘lishi kerak. Iste'molchilarga yetarli
bo‘lgan miqdordagi elektr energiya uzluksiz yetkazib berilishi lorzim bo‘ladi. Elektr
energiyaning uzluksizligi bo‘yicha barcha iste'molchilar uch toifaga bo‘linadi.
Elektr ta'minoti sxemasi iste'mochilarning qaysi toifaga mansubligidan kelib
chiqqan holda tanlanishi zarur. Elektr qurilmalarni tuzilish qoidalariga (ETQ) asosan
iste'molchilar qo‘yidagi toifalarga kiradi:
I.
Birinchi toifaga shunday iste'molchilar kiradiki, agar elektr ta'minoti to‘xtab
qolsa odamlar xayoti uchun xavf tug‘ilishi, xalq xo‘jaligiga ancha ancha zarar
yetishi, mahsulot yalpi yaroqsiz bo‘lishi , murakkab texnologik jarayonning
buzilishi mumkin bo‘ladi.
Konchilik korxonalarida bosh ventilyator qurilmalari, kompressor stansiyalari, kletli
kutarish mashinalari, kalorifer qurilmalari, markaziy yer osti nimstansiyalar,
qozonxonalar, drenaj shaxtalari, yong‘inga qarshi nasos qurilmalari, metan bo‘yicha
III va yuqori toifali shaxtalar uchun maxalliy ventilyatorlar, ko‘mir qatlamlarini
degazatsiya qiluvchi qurilmalar, chuqur konlardagi sovutgich va kondensionerlar,
boyitish fabrikalaridagi quyuqlashtirgich qurilmalari, aylanuvchi pechkalar,
chiqindilarni xaydab chiqaruvchi nasoslar 1-toifaga kiradi. Bunday iste'molchilari
bo‘lgan ochiq va yer osti kon korxonalari hamda boyitish fabrikalarining o‘zlari ham
1-toifaga mansubdirlar. Birinchi toifa iste'molchilari uchun 100 % zaxira
manbata'minlanishi lozim. Buning uchun alohida manbalar ko‘zda tutilishi kerak.
Elektr ta'minotining uzilishi zaxirani avtomat ravishda ulash vaqtiga ruxsat etiladi.
Alohida manbalar qo‘yidagilar hsoblanadi:
a) ikkita elektr stansiyalar;
b) elektr ta'minoti tizimining ikkita podstansiyasi;
v) elektr stansiya va podstansiyalarning bir-biri bilan avtomat ravishda ulanadigan
va uziladigan hamda alohida manbalardan ta'minlanadigan alohida seksiyalari.
II. Ikkinchi toifaga shunday iste'molchilar kiradiki, agar elektr energiya uzilib
qolsa mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilmasligi, ishchilar mexanizmlar, sanoat
transportibekor turib qolishi mumkin bo‘ladi.
Konchilik korxonalarida skipli ko‘tarma mashinalar, yer yuzasidagi
texnologik kompleks mexanizmlari, ochish, tayyorlash va qazish ishlari
mexanizmlari, transport vositalari, boyitish fabrikalarida maydalagichlar,
tegirmonlar, separatorlar va boshqa mexanizmlar 2-toifaga kiradi. Ikkinchi toifa
iste'molchilari uchun zaxira manba ko‘zda tutilishi mumkin. Elektr ta'minotining
uzilishi navbatchi xodimlar yoki tashqaridan yetib keladigan operativ brigada
tomonidan zaxira manbani ulash uchun ketadigan vaqtga rkxsat etiladi.
III. Uchinchi toifaga birinchi va ikkinchi toifaga mansub bo‘lmagan boshqa
iste'molchilar kiradi. Bular uchun odatda zaxira manba ko‘zda tutilmaydi.
Konchilik korxonalari va boyitish fabrikalarida ma'muriy-maishiy kombinat,
mexanik ustaxonalar, sexlar, omborxonalar, tashqi va ichki yoritish asboblari va
boshqalar uchinchi toifaga kiradi. Elektr ta'minotining uzilishi elektr ta'minoti
tizimidagi shikastlangan elementini ta'mirlash yoki almashtirish uchun ketadigan
vaqtga ruxsat etiladi, lekin bu muddat bir sutkadan oshmasligi lozim.
4.
Elektr ta'minoti tizimi tejamli bo‘lishi kerak. Buning uchun kapital sarf
xarajatlar va foydalanishdagi sarf xarajatlar eng kam miqdorda bo‘lishi kerak.
Kapital sarf xarajatlarga elektr ta'minoti tizimini tashkil etuvchi elektr uskunalarning
narxlari va uni qurish uchun sarflangan xarajatlar kiradi. Foydalanishdagi sarf
xarajatlar meyyoriy xujjatlardagi talablarga muvofiq elektr ta'minoti tizimidan
to‘g‘ri foydalanish, ta'mirlash turlarini vaqtida o‘tkazish, elektr energiyasini isrof
qilmaslik, ishonchlilik, ximoya vositalarining aniq ishlashlariga bog‘liq bo‘ladi.