Elektr ta’minoti tuzilish sxemalari




Download 14,23 Kb.
bet2/2
Sana09.02.2024
Hajmi14,23 Kb.
#153662
1   2
Bog'liq
15-mavzu. Konchilik korxonalarining elektr ta’minoti Reja-fayllar.org

Elektr ta’minoti tuzilish sxemalari. 
Elektr ta'minoti tizimida elektr energiyasini manbadan iste'molchigacha
uzatish va taqsimlash tartiblari maxsus chizmalar-sxemalar vositasida ko‘rsatiladi.
Bunda bir chiziqli tuzilishi va prinsipial sxemalardan foydalaniladi.
EQT talablariga muvofiq konchilik korxonalarining elektr ta'minoti sxemalari
qo‘yidagi prinsiplardan kelib chiqib bajarilgan bo‘lishi kerak.
a) yuqori kuchlanishni imkon darajasida iste'molchilar elektr uskunalariga yaqin olib
kelish transformatsiyalar pog‘onalarini kamaytirish bilan podstansiyalarni
yuklamalar markazlariga joylashtirish.
b) eng sodda tuzilgan va arzon bo‘lgan elektr uskunalarni elektr tarmoq
ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lgan tanlovchanlikni va ta'sir qilishning ishonchli
sezgirligini ta'minlaydigan joylarda keng qo‘llash.
v) avtomat qayta ulash va zaxirani avtomat ulash tizimlarini keng qo‘llash .
Konchilik korxonalarining va boyitish fabrikalarining ichki elektr ta'minotida tashqi
elektr ta'minoti tizimiga nisbatan kuchlanishning miqdorini pasaytirish lozim bo‘lsa,
bir yoki bir necha bosh pasaytiruvchi podstansiyalar kuchlanishning miqdori
pasaytirilmasa bir yoki bir necha markaziy taqsimlovchi qurilmalar o‘rnatiladi. Bosh
pasaytiruvchi podstansiyalarning yoki markaziy taqsimlovchi qurilmalarning sonlari
iste'molchilarning quvvatlariga va o‘zaro joylashganliklariga, sonlariga bog‘liq
holda aniqlanadi. Birinchi toifaga mansub iste'molchilari bo‘lgan korxonalarning
bosh pasaytiruvchi podstansiyalari yoki markaziy taqsimlash qurilmalariga ikkita
alohida manbadan elektr energiya keltiriladi.
Tashqi elektr ta'minoti tizimi magistral yoki radial sxemalari bilan amalga oshirilishi
mumkin.Qo‘yida bu turdagi tuzilish sxemalari keltiriladi. Chalkashliklarga yo‘l
qo‘ymasligi uchun bu sxemalarda elektr ta'minoti tizimining uchta fazasi bir chiziq
bilan ko‘rsatiladi. Uchta faza bir elektr tarmoqni hosil qiladi. Iste'molchilar bo‘lib,
korxonalarning bosh pasaytiruvchi podstansiyalari yoki markaziy taqsimlovchi
qo‘rilmalari hisoblanadilar.


А)
~


Magistral tarmoq
I
I
I
IT
Manba
Б)
~
Magistral tarmoq
I
I
I
IT
Manba
В)
~
Magistral tarmoq
Manba
I
I
I
Г)
~
Magistral tarmoqlar
Manba
18.1-rasm.Bir tomonlama ta'minlanadigan magistral sxemalar.
A) bir tarmoqli sxema. B) Ikki tarmoqli sxema. V) Bir tarmoqli zanjirli sxema.
G) Ikki tarmoqli zanjirli sxema. I-iste'molchi.IT-iste'molchilar tarmoqlari.



А)
~


Magistral tarmoq
I
I
I
IT
~
Маnbа
Маnbа
Б)
Magistral tarmoq
I
I
I
Маnbа
~
~
Маnbа
18.2-rasm.Ikki tomonlama ta'minlanadigan bir tarmoqli magistral sxemalar.a-bir
tarmoqli sxema. b-bir tarmoqli zanjirli sxema
A)
~
Magistral tarmoq
I
I
I
IT
~
Маnbа
Маnbа
Б)
~
Magistral tarmoqlar
Мanbа
Мanbа
~
I
I
I
18.3-rasm.Ikki tomonlama ta'minlanadigan ikki tarmoqli magistral sxemalar.a-ikki
tarmoqli ikkita manbali sxema. b-ikki tarmoqli iki zanjirli sxema



А) Б)
IT


I
Маnbа
~
I
I
Magistral tarmoq
Magistral tarmoq
I
Маnbа
~
I
I
18.4-rasm.Magistral xalqa sxemalar.a-bir tarmoqli sxema. b-bir tarmoqli zanjirli
sxemasi
Radial tarmoq
I
Маnbа
~
I
I
Radial tarmoq
I
Маnbа
~
I
I
18.5-rasm.Radial sxemalar.a-bir tarmoqli sxema. b-ikki tarmoqli sxema.
Korxonalar manbadan tomonda joylashganlarida magistral sxemalarni
qo‘llash qulay bo‘ladi va bulardan keng foydalaniladi.
Bir tomonlama ta'minlanadigan bir tarmoqli (18.1-rasm a,b) sxemalarda manbadan
magistral tarmoqlar o‘tkaziladi. Istemolchilar magistral tarmoqlarga istemolchilar
tarmoqlar (IT) vositasiga ulanadilar.Bu tarmoqlar bir biriga payvandlash bilan
ulanadi.Bunday sxemalar asosan xavo liniyalari uchun qo‘llaniladi.
Bir tomonlama taminlanadigan bir va ikki tarmoqli zanjirli (18.1-rasm v,g)
sxemalarda ham manbadan magistral tarmoqlar o‘tkaziladi. Bunda magistral
tarmoqlar bir istemolchidan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va x.k o‘tib
boradi. Bunday sxemalar asosan kabel liniyalari uchun qo‘llaniladi. Bir tomonlama
taminlanadigan bir tarmoqli va bir tarmoqli zanjirli (18.1 rasm a,v) sxemalar 2 va 3
toifali istemolchilar uchun ishlatiladi. Bir tomonlama taminlanadigan ikki tarmoqli



va ikki tarmoqli zanjirli (18.1 rasm b,g) sxemalar 1- toifali istemolchilar uchun


qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama taminlanadigan bir tarmokli va bir tarmoqli zanjirli (18.2
rasm a,b), ikki tarmoqli va ikki tarmoqli zanjirli (18.3 rasm a,b) sxemalar 1- toifali
istemolchilar uchun qo‘llaniladi. Magistral xalqaoi bir tarmoqli (18.4 rasm a) sxema
2 va 3-toifa iste'molchilar uchun, bir tarmoqli zanjirli (18.4 rasm b) sxema 1-toifali
iste'molchilar uchun ishlatiladi.
Iste'molchilar manbaning atrofida va unga yaqin joylashgan bo‘lsa, radial
sxemalar qo‘llaniladi. Bunday sxemalar xavo liniyasi uchun ham kabel liniyasi
uchun ham bo‘ladi. Radial sxemalarda har bir iste'molchilar uchun alohida tarmoqlar
o‘tkaziladi. Bir tarmoqli radial sxemalar (18.5 rasm a) 2 va 3-toifali iste'molchilar
uchun va ikki tarmoqli radial sxemalar (18.5 rasm b) 1-toifali iste'molchilar uchun
ishlatiladi.


http://fayllar.org
Download 14,23 Kb.
1   2




Download 14,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr ta’minoti tuzilish sxemalari

Download 14,23 Kb.