Reja: Kirish. Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari. Bir qavatli va ko’p qavatli sanoat binolari




Download 13.27 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2024
Hajmi13.27 Kb.
#152220
  1   2   3
Bog'liq
1. Kirish. Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari. Bir qav-fayllar.org
1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Sementbeton qoplamalari, Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik, Dissertatsiya mavzusi, Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, 1-maruza

1. Kirish. Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari. Bir qavatli va ko’p qavatli sanoat binolari

Reja:
1. Kirish. Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari. Bir qavatli va ko’p qavatli sanoat binolari.


2. Ko'tarib turuvchi konstruksiyalar.
3. To'suvchi elementlar.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari 

Sanoat binolari xalq xo’jaligining ma’lum bir qismi, ishlab chiqarish sohalariga ko’ra, sanoat korxonalaridan tashkil topadi.


O’z navbatida sanoat korxonalari ishlab chiqarish-texnologik jarayonlarini joylashtirish uchun, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri biron bir mahsulot yoki yarim fabrikatlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan sanoat binolaridan iborat bo’ladi.
Tarmoqlardan kat’iy nazar sanoat binolarini to’rt guruhga, ya’ni, ishlab chiqarish, energetika, transport, ombor xo’jaligi binolari turlarga ajratiladi.
Tayyor yoki yarim fabrikat mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan binolar ishlab chiqarish binolari deyiladi. Ular ishlab chiqarish tarmoqlariga ko’ra: tikuvchilik, shtampovka-temirchilik, termik, asbobsozlik, ta’mir va shu kabi ko’pgina turlarga ajraluvchi binolardir.
Xalq xo’jaligini elektr energiyasi, siqilgan havo, bug’, gaz bilan ta’minlashda kerak bo’ladigan issiqlik va gidro elektr stantsiyalari, elektr va transformator yordamchi stantsiyalari, bug’ xonalar va hakozolar energetika binolari turlariga mansubdir.
Transport-ombor xo’jaligi binolariga esa garajlar, tayyor transport omborlari, o’t o’chiruvchilar deposi va hokazolar kiradi.
Ma’muriy idoralar, maishiy, ovqatlanish va tibbiyot punktlari joylashgan binolar yordamchi bino turlariga kiradi.
Sanoat binolarining reja va o’lchamlari katta kichikligi va ularning konstruktiv yechimlari bino vazifasiga hamda unda kechadigan texnologik jarayon xususiyatlariga qarab belgilanadi.
Sanoat binolarning tasnifi

Sanoat binolari vazifasiga va qanchalik kerakligiga qarab sifati, asosiy konstruktsiyalarining uzoq muddat o’z vazifasini bajarib turishi va o’tga chidamlilik belgilari ko’ra to’rt sinfga ajratiladi. Bunda birinchi sinfli sanoat binolariga maksimal (yuqori) talab qo’yilsa, 4 sinfdagi binolarga minimal (o’rtacha)talab qo’yiladi.


Sanoat binolari uchun uzoq vaqt o’z vazifasini bajarib turish darajasi quyidagicha belgilanadi: birinchi darajali sanoat binolari uchun bu muddat 50 yildan kam bo’lmasligi va uchinchi darajali sanoat binolaridagi muddat 20 yildan kam bo’lmasligi kerak.
Sanoat binolari konstruktiv elementlarining yonuvchanlik belgisi va chidamlik chegarasiga asosan, bino o’tga chidamligini besh darajaga bo’lish mumkin. Bunda 1- sinfli imoratlar uchun o’tga chidamlik 2-darajadan,
2-sinfli imoratlar uchun esa 3-darajadan kam bo’lmasligi kerak. 3-hamda 4-sinfli binolar uchun o’tga chidamlik darajasi belgilanmaydi.
Sanoat binolari arxitekturaviy-tuzilish belgilari bo’yicha bir qavatli, ko’p qavatli, aralash qavatli bo’lishi mumkin.
Sanoat binolari uchun mo’ljallangan yig’ma konstruktiv elementlar gabariti unifikatsiyalangan va ularning o’lchamlari yiriklashtirilgan modulga asosan bir birlaridan farqlanadi. Misol uchun bino oralig’i 12m. 36m. gacha bo’lganda 6M modulda, poldan yopmani ko’tarib turuvchi konstruktsiya ostigacha bo’lgan masofa: 3,0-6,0 m gacha 6 modulda: 6,0 m. dan 10,8 m. gacha 12 M modulda oshirib boriladi.
Binolarning gabarit sxemalari quyidagi tsifrlarda markalanadi: B-30-84 kransiz, prolyoti 30 metr, balandligi 84 dm. Yoki K-24-144 kranli, oralig’i 24 m balandligi 144dm.
Agar ustunlar orasidagi qadam 12 m bo’lib, yopma panellar uzunligi 6,7 m bo’lsa, u holda yopmani ko’tarib turuvchi storopila elementlarini (to’sin yoki fermani) storopila osti fermasi yoki to’sini ustiga qo’yiladi.
Ko’p qavatli sanoat binolari konstruktiv sxemalariga ko’ra to’liq sinchli tashqi devori ko’taruvchi yarim karkasli binolar turiga bo’linadi.
Ustunlar, rigellar, yopma plitalari va bog’lanishlar sinchlarning asosiy elementlari hisoblanadi. Temirbeton qavatlararo yopmalar ikki xil usulda ko’taruvchi konstruktsiyalarga tayanadi: orayopma plitalar rigellarga (to’sinli) va orayopma plitalari mahsus moslamalar yordamida to’g’ridan-to’g’ri ustunlarga tayangan (to’sinsiz) variantda
Ko’p qavatli sanoat binosining konstruktiv yechimi:

1-ustunlar oralig’idagi vertikal peshtoq shakldagi metall bog’lanish; 2- to’sin (to’sin, rigel); 3-ustun; 4-devor panelini tayanishi uchun moslashtirilgan tayanch; 5- qavatlararo yopma plitasi; 6-kranosti to’sini; 7-tom to’sini; 8-tom temir beton yopma plitasi; 9-devor paneli; 10-deraza konstruktsiyasi; 11-otmostka; 12-temirbeton poydevor to’sini; 13-temir beton quyma poydevor; 14-qum shag’al asos.


Sinchlarni rama tizimida, ta’sir etuvchi gorizontal va vertikal kuchlar ta’siridan bino fazoviy birligini sinch ramasi ta’minlaydi, gorizontal kuchlarni esa rama vertikal bog’lovchilar (diafragmalar) qabul qiladi.
Bog’lanish tizimida esa vertikal kuchni karkas ustini gorizontal kuchlarni esa, vertikal bog’lovchilar qabul qiladi.
Rama bog’lanishli tizimda esa vertikal kuchlarni sinch ramasi, gorizontal kuchlarni esa rama va vertikal bog’lovchi (diafragmalar) qabul qiladi.
Ko’p qavatli binolar loyihalarda ustunlar to’ri 6x6, 6x9m keyingi paytlarda esa 6x12, 6x18, 6x24m qilib ishlab chiqilgan.
Ko’p qavatli ishlab chiqarish binolari balandliklari unifikatsiyalashgan bo’lib, balandliklari 3,6: 4,8: 6,0 m birinchi qavat balandligi esa 7,2 qilib olish mumkin. Bunda modul 1,2 m qilib olinadi.
Ko’p qavatli binolarda vertikla transport sifatida yuk passajir liftlari ko’zda tutilgan bo’lib, ular zinalar bilan birga bir uzelga birlashtirilgan bo’ladi. Sanoat binolari loyihasini tuzishda albatta korxonalarda tayyorlangan temir-beton buyumlari va konstruktsiyalari nomenklaturasi (atamasi) ishlatilishi shart. Bu nomenklaturalar har doim yangilanib, ko’proq tejamli va progressiv yechimlarni eskirib qolgan buyumlar o’rniga almashtirilib turiladi.
Temir beton sinchlari po’lat sinchlarga nisbatan metallni 50-60% tejashga olib keladi. Po’lat sinchli konstruktsiyalar asosan o’rta, og’ir yuk ko’taruvchi va uzluksiz rejimda ishlovchi kranlar bilan jihozlangan, hamda juda baland binolarda qo’llaniladi.

Download 13.27 Kb.
  1   2   3




Download 13.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish. Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari. Bir qavatli va ko’p qavatli sanoat binolari

Download 13.27 Kb.