|
Ko'tarib turuvchi konstruksiyalarga
|
bet | 2/3 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 13,27 Kb. | | #152220 |
Bog'liq 1. Kirish. Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari. Bir qav-fayllar.orgKo'tarib turuvchi konstruksiyalarga quyidagilar kiradi:
ko'ndalang kesimi o'zgarmaydigan kolonnalar (23-rasm, a, b) – kransiz yoki osma kranli binolarda qo'llaniladi. O'rta qator kolonnalariga yopma konstruksiyalar tayanishi uchun ular kallakli qilinadi;
konsolli kolonnalar (23-rasm, v, g) 20 tonnagacha yuk ko'tara oladigan ko'prik kran o'rnatiladigan va proleti 18-24 m bo'lgan binolar uchun mo'ljallangan. Ularning ko'ndalang kesimi to'g'ri burchak yoki qo'shtavr shaklidadir.
Ikki tarmonli kolonnalar (23-rasm, d, y) 50 kg gacha yuk ko'taradigan ko'prik kranli, proleti 18-30 m bo'lgan binolarda qo'llaniladi.
y)
g)
v)
d)
b)
a)
23-rasm. Ishlab chiqarish binolarining kolonnalari: a – kransiz binolarnipg chetki qatorlari uchun; b – kransiz binolarning o'rta qatorlari uchun; v –kranli binolarning chetki qatorlariga mo'ljallangan to'g'ri burchakli kolonna; g – kranli binolarning o'rta qatorlariga mo'ljallangan to'g'ri burchakli kolonna; y – kranli binolarning chetki qatorlariga mo'ljallangan ikki tarmoqli kolonna; ye – kranli binolarning o'rta qatorlariga mo'ljallangan ikki tarmoqli kolonna; 1 –quyma detallar; 2 – po'lat kallak; 3 – anker boltlar; 4 – konsol sirtidagi quyma detal; 5 – ustun chetidagi quyma detal
Korxona binolarida to'suvchi elementlar sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
yassi temir-beton panellar (25-rasm, a) – qalinligi 70 mm bo'lib, isitilmaydigai binolarning devorlarini to'sish uchun xizmat qiladi;
devorbop panellar (25-rasm, b) – qalinligi 300 mm gacha bo'lib, yengil beton yoki g'ovak betondan yasaladi, bunday panellar isitiladigan binolar devoriga ishlatiladi;
yopma (tom) plitalari (25-rasm, v, g) – sarrov konstruksiyalarining yuqorigi belbog'i ustiga yotqiziladi. Ular eniga qarab asosiy plita va yordamchi plitalarga ajratiladi.
b)
g)
b)
a)
|
| |