Cho‘zilish va siqilish 1- §. Umumiy qoidalar




Download 122.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2023
Hajmi122.51 Kb.
#48954
Bog'liq
OaTfm2Hf3GQIcbKEBEkAJfTgzLuS5Lw5EfhVzzbj
очиқ-дарси (1), Mustaqil ishi 1-bet, Terpenlar - Vikipediya, 005 Mavzu 9-10 Kurs 2 Fizika, jasurbek 1chizma, etapy-razvitiya-tsifrovoy-ekonomiki, Doc1, 163375371612632109, Hamedova N, Ibrogimova Z. Matematika, 1-лаб (4), gffjgjkg, python, Csharp, 805e054e8f417fd52108eb118929e43d


102
IV bob 
CHO‘ZILISH VA SIQILISH 
1- §. Umumiy qoidalar 
Agar tashqi kuchlar ta’sirida sterjen ko‘ndalang kesim yuzasida 
faqat ichki bo‘ylama kuch N hosil bo‘lsa, cho‘zilish va siqilish 
deformatsiyasi paydo bo‘ladi. 
Cho‘zilish va siqilish deformatsiyasi ramali konstruksiyalar 
elementlarida, kolonnalarda, fundamentlarda va fermalar elementlarida 
yuz berishi mumkin. Faqat cho‘zilishga ishlaydigan, ya’ni cho‘zuvchi 
kuchlarni qabul qiluvchi o‘ziga xos konstruksiyalarga troslar, zanjirlar, 
elektr uzatish simlari va boshqalar kiradi. Ular umumiy holda egiluvchi 
iplar deb ataladi. 
Cho‘zilishda sterjenning bo‘ylama o‘lchamlari uzayib, siqilishda 
esa u qisqaradi. Bu hodisani kuzatish uchun oson deformatsiyalanuvchi 
materialdan tayyorlangan sterjenga uni o‘qi bo‘ylab qo‘yilgan 
cho‘zuvchi P kuch ta’sir etgan holatni ko‘ramiz (4.1-rasm). 
Buning uchun (kuch ta’sir etguncha) sterjen sirtiga o‘zaro tik 
chiziqlardan to‘r yasaymiz (4.1-rasm). 
Sterjenning deformatsiyalanishgacha bo‘lgan holati 4.1a-rasmda, 
deformatsiyadan keyingi holati 4.1b-rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib 
turibdiki, o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziqlar deformatsiyadan keyin ham 
to‘g‘riligi va sterjen o‘qiga tikligini saqlab qolgan. Sterjenning 
mahkamlangan joyiga yaqin qismi va tashqi P kuch qo‘yilgan nuqta 
atroflari bundan mustasno, ya’ni 4.1b-rasmdagi 1- va 2-qismlar. 
Ushbu qismlarning o‘lchamlari sterjen uzunligiga nisbatan juda 
kichik bo‘lganligi sababli, ularni sterjen ko‘ndalang kesimi 
o‘lchamlariga yaqin deb qarash mumkin. Qism o‘lchamlarini aniqlab 
beruvchi ushbu qoida Sen – Venan prinsipi deb ataladi. Sterjenga 
chizilgan to‘rdagi keskin o‘zgarishlar asosan sterjendagi teshiklar 
atrofida, sterjen ko‘ndalang kesimlarining o‘zgargan joylarida hosil 
bo‘lishi mumkin. Hisoblash ishlarida bu qismlar e’tiborga olinmaydi.


103
4.1-rasm. Cho‘zilish va siqilish deformatsiyasini o‘rganish: 
a) yon tomonlariga to‘r chiziqlar chizilgan sterjenning deformatsiyadan oldingi 
holati; b) sterjenning P kuch ta’sirida deformatsiyalangan holati. 
Sterjenning bo‘ylama o‘qiga tik o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqlar, 
ko‘ndalang kesimning ko‘chish izlari hisoblanib (4.1b-rasm) ular 
deformatsiyadan keyin ham (2.7-rasmdagi kabi) to‘g‘ri chiziqli holatini 
saqlab qoladi.
Sterjenning deformatsiyagacha tekis bo‘lgan ko‘ndalang kesimlari 
deformatsiyadan keyin ham tekisligini saqlab qolishi rasmdan ko‘rinib 
turibdi. Bu holat Bernulli tomonidan qabul qilingan gipotezani o‘zida 
aks ettiradi. Ushbu gipotezaning qo‘llanilishi ko‘ndalang kesimda hosil 
bo‘ladigan kuchlanishlarning taqsimlanishini tekshirishni osonlashtiradi. 
Ya’ni, sterjenning ko‘ndalang kesimida hosil bo‘luvchi normal 
kuchlanishlar ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlangan, ya’ni 
σ=
const deb olinishiga imkoniyat yaratadi (4.2-rasm). 
Shunga asoslanib yozishimiz mumkin: 

=
=
=
F
F
dF
N
P
σ
σ
bundan, 
F
N
=
σ
(4.1) 
bo‘lib, bu formula cho‘zilish va siqilishda sterjen ko‘ndalang kesimida 
hosil bo‘ladigan normal kuchlanish 
σ
ni aniqlash formulasi deyiladi. 

a)
b) 
2-qism 
1-qism 


104
4.2-rasm. Sterjen ko‘ndalang kesimida hosil bo‘luvchi bo‘ylama kuch va 
normal kuchlanish. 
Cho‘zilish va siqilishda ichki kuch omili vazifasini bo‘ylama kuch 
N,  ko‘ndalang kesimning geometrik xarakteristikasini esa – kesim 
yuzasi F bajaradi. 
Cho‘zilish va siqilishga ishlayotgan sterjenlarning 
mustahkamligini ta’minlash uchun sterjen ko‘ndalang kesimlarida paydo 
bo‘ladigan normal kuchlanish 
σ
 ruxsat etilgan normal kuchlanish 
[σ]
ga 
teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak (I-bob, 4), ya’ni
[ ]
σ
σ
=

N
F
(4.2) 
Ushbu shart (4.2) cho‘zilish va siqilishda mustahkamlik sharti deb 
ataladi. 
Kuchlanishlarning eng katta qiymati paydo bo‘ladigan ko‘ndalang 
kesim xavfli kesim deyiladi. Ko‘ndalang kesimlari o‘zgarmas bo‘lgan 
sterjenlardagi xavfli kesimni ichki kuchlar, ya’ni N ning epyurasidan 
aniqlash mumkin. Chunki bu holda ichki kuchlarning eng katta 
qiymatiga erishgan kesim xavfli kesim bilan ustma-ust tushadi. 
O‘zgaruvchan kesimli, masalan pog‘onasimon sterjenlarda ichki kuchlar 
N epyurasidan xavfli kesimni topib bo‘lmaydi. Buning uchun sterjen 
uzunligi bo‘yiga normal kuchlanish 
σ
ning epyurasini qurish kerak. 
Cho‘zilish va siqilishda sterjen uzunligi bo‘yicha normal 
kuchlanishlar o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafikka normal kuchlanishning 
epyurasi deyiladi. Kuchlanishlar epyurasining ordinatalari bo‘ylama 
kuch N ordinatalarini sterjenning mos ko‘ndalang kesim yuzalariga 
bo‘lish yoki (4.1) orqali topiladi.

σ
dF 



Document Outline

    • IV bob 
    • CHO‘ZILISH VA SIQILISH 

Download 122.51 Kb.




Download 122.51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘zilish va siqilish 1- §. Umumiy qoidalar

Download 122.51 Kb.
Pdf ko'rish