Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz — O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga qo‘shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamla- katlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o‘rnatildi, o‘zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda. O‘zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy siyosati va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro‘-e’tibor qozon- di. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagan, o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi. Qo‘lingizdagi darslik O‘zbekiston tarixining bu sohadagi yorqin sahifalarini bilib olishda Sizga ko‘maklashadi, albatta.
т BOB Mustaqil O‘zbekiston davlatining 1 BOB tashkil topishi
1- §. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi
Mustaqillik deklaratsiyasi l99°u1yil I8,- iyun XI1
respublika Oliy Kengashining lkkinchi
sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi
bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish ma-
salasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy
komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar to-
monidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi-
yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Deputat - (lot. deputatus - vakil) - . davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida - xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
,,O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
-
o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajriba- si va tarkib topgan boy an’analari;
-
har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huqu- qini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi;
-
har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’min- lashni oliy maqsad deb bilgan holda;
-
O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda;
-
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad- riyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi:
-
O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
-
O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas.
•SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston
SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi.
•O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
•O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini
tan oladi, hurmat qiladi va hokazo.
Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz- ning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlaka- timizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari inti- O‘zbekistonning Itti- layotgani uning yangi Ittifoq shart- foq shartnomasini yan- nomasini ishlab chiqish jarayoniga gilashga munasabati respublika manfaati nuqtayi nazaridan
kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve- ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p kor- xonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil
-
sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple- numida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burch- larini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah- kamlash tarafdorimiz“, — degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish ha- qidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiqbo‘- yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gru- ziya va
Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan- ligini e'lon qildilar.
Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), - Kavkazortining jan.-sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti - Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi.
Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammo- lar, mojarolarga duchor bo‘ldi.
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suvere- nitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi.
Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respublikalar — kuchli markaz“ der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi max- sus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boylik- larga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markaz- dagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilma- di. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini bata- mom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublika- larga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Armaniston Respublikasi (Hayastani Hanrapetutyun) - Zakavkazyening jan. qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor . Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangi- lash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shim- cha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga „Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Fede- ratsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?“ degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foi- zi bu savolga „Ha“ deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren res- publika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shart- noma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mita- sining 1991- yil 12- martda bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nut- qida: „Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922- yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi“, — degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.
1991- yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbe- kiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi.
Tojikiston (toj. Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) - Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh.
Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) - Oʻrta Osiyoning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013).
Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni bar- qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘l- maydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi. Bu hujjat „9 1“ (9 respublika markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr- mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991- yil 3- iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakil- lari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o‘rtasida vako- latlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakil- lari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma“ni imzolash 1991- yil 20- avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M. S. Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir „imkoniyat“ vujudga kelgan edi.
Moskvada markaziy hokimiyatni saq- 1991- yil avgust lab qolishga, respublikalar jilovini o‘z
qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar to- monidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991-yil 18-avgust kuni tayyorlangan va 19- avgustda matbuotda e’lon qilingan „Sovet rah- bariyatining Bayonoti“da M. S. Gorbachyovning salomatligi yo- monlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayo- notda Prezident vakolatlari vitse-prezident G. I. Yanayevga o‘tka- zilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M. S. Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi:
O. D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V. A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mita- sining raisi, V. S. Pavlov — SSSR Bosh vaziri, B. K. Pugo — ichki ishlar vaziri, V. A. Starodubsev — SSSR dehqonlar uyush- masi raisi, I. Tizyakov — SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D. T. Yazov — SSSR mudofaa vaziri, G. I. Yanayev — SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlash- tirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vazi- yatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991- yil 19- avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.
Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
Uch- rashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991- yil 20- avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga- rishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildira- miz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, — deb muro- jaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
-
A. Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil, 21- avgust soni.
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va