|
Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash
|
bet | 1/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 41,56 Kb. | | #143490 |
Bog'liq 1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli-fayllar.org
1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli
MAVZU. KORXONA – MUSTAQIL XO`JALIK YURITUVCHI BOZOR SUB`EKTI
1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli.
2. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari.
3 Korxonalarni tasniflash.
4.Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar.
1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli
Avvalgi ma`muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida sobiq SSSR iqtisodiyoti yagona xalq xo`jaligi majmuasi sifatida tavsiflangan. Unda barcha ittifoqdosh respublikalarning butunittifoq iqtisodiyotini rivojlantirishdagi majburiy ishtiroki va “Markaz” tomonidan belgilab berilgan yo`nalishlar asosida o`z milliy iqtisodiyotini ham rivojlantirishi aks ettirilgan.
Birlik, birdamlik, yaxlitlik aslida qayotning ijobiy kategoriyalari hisoblanadi. Biroq davlat boshqaruv qolatidan va birinchi o`rinda respublikalarning imkoniyatlari va manfaatlari nuqtai nazaridan qaraganda bunday “birlik” respublikalarga ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini mustahil hal qilish imkonini bermasdi.
Respublikalarning milliy iqtisodiyotlariga kiritiluvchi investitsiyalar asosan
umumittifoq “qozoni”dan olinardi va ko`pincha qoldiq tamoyili asosida amalga oshirilardi. Bir qancha tarmoqlar va yirik ishlab chiqarish birlashmalari bir vaqtning o`zida ham respublika, ham butunittifoq vazirliklariga va mahkamalariga bo`ysunar edi. Ittifoqdosh respublikalar SSSRning yagona xalq xo`jaligi majmuasi tarkibida so`nggi bor qatnashgan 1990 yil bo`yicha statistik ma`lumotlar O`zbekiston iqtisodiyotining ahvoli va tuzilmaviy tuzilishi to`g`risida ma`lum bir tushuncha beradi: jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida markazga bo`ysinuvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog`i 33%, sanoat va ishlab chiqarishda mashg`ul bo`lgan xodimlar miqdorida - 35%, sanoat va ishlab chiqarish asosiy fondlarida 65%ni tashkil qilgan bo`lsa, respublika hukumatiga bo`ysunuvchi korxonalar esa mos ravishda 67%, 65% va 35%ni tashkil etgan.
O`zbekiston Respublikasining mustahillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o`zgarishlariga sabab bo`ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo`naltirilgan, bozor munosabatlariga o`tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloqot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni qimoya qiluvchi zaruriy qonun qujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rol ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo`g`ini bo`lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko`rsatish tufayli iste`molchilarning talablarini ham qondiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma`muriy buyruqbozlik xo`jaligidan farqli o`laroq iqtisodiy faoliyat markazi barcha iqtisodiyotning asosiy bo`g`ini bo`lmish – korxonalar tomoniga siljib o`tadi. Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo`g`ini bo`lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi. Mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko`rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko`nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan qoda mustahil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi. Korxona ish o`rinlarini beradi ish haqi to`laydi, soliqlar to`lash yo`li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi. Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o`zaro aloqasi amalga oshiriladi.
Korxona o`z faoliyatini o`zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to`lovlarni to`lagandan so`ng qolgan qismini tasarruf etadi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qajmi va assortimenti, xilmaxilligi, xom ashyo etkazib beruvchilar va qaridorlar baqolarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo`llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil etish shakllariga ega: Kontsentratsiyalash, bir joyga jamlash; Ixtisoslashtirish; Kooperatsiyalash; Ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt bo`lib, o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste`molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida
mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi mustahil xo`jalik yurituvchi iqtisodiyot sub`ektidir.
O`zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo`lgan 300 mingta xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt mavjud bo`lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo`jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro`yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog`i katta bo`lib, 82 %ni tashkil qiladi. Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko`rsatkichlarini birinchi o`rinda yirik korxonalar belgilab beradi. SHu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya`ni kichik va o`rta korxona hamda mikrofirmalarga keng yo`l ochib berishda yirik korxonalarning o`rni va rolini unutmaslik darkor. CHunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni kata bo`lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini qayotga tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag`batlantirish hamda do`stona, sherikchilik alohalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. SHu sababli yirik, o`rta va kichik korxonalarning optimalligi jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan qolda fan va xo`jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog`i va sohasida hal qilishning yo`llari o`xshash bo`lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo`lmasligi mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy qolatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos qolda harakat qilish zarur. Korxonalarning faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to`g`ridanto`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa,
butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o`zlarining ham ko`rsatkichlari yuqori
bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning
mustahilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va
rentabellikning yuqori ko`rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb
hisoblanadi. Balki qaqiqatdan ham shundaydir. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga
tegishli bo`lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi,
rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo`lishi faqat korxonalarnigina
emas, davlatning ham ko`z oldida bo`lishi zarur. Xuddi shuning uchun ham davlat
korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga ularni belgilangan tartibda nazorat qilib ham boradi. Davlat korxonalar “taqdiriga”, ularning ishlab chiqarish faoliyati yakuniy natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uchragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik - bularning barchasi korxona jamoasi uchun ham, davlat uchun ham og`ir yuk hisoblanadi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha
korxonalar ham raqobatchilikni yengib, samarali ishlab keta olmaydi hamda daromad yoki foyda ololmaydi. Natijada minglab korxonalar tashkil qilinib, xo`jalik faoliyati doirasiga qo`shiladi va deyarli shunchasi turli sabablarga ko`ra tugatiladi. SHu sababli bankrotlik, korxonalarning tugatilishi bozor iqtisodiyot sharoitlarida odatiy qol bo`lib, bu ahvolga tushib qolishdan eqtiyot bo`lish kerak bo`lsada, lekin bundan fojea ham yasash kerak emas. Xalq orasida “Kambag`al va kasal bo`lgandan ko`ra boy va sog`lom bo`lgan afzal” degan gap bor. SHu gapga amal qiladigan bo`lsak, yaxshisi korxonani bankrot bo`lishga olib kelmaslik, uning iqtisodiy mustahilligi, mehnat qobiliyati va daromadligini ta`minlash uchun barcha zarur choralarni qo`llash zarur. Korxonaning mehnat qobiliyati va daromadligi milliy iqtisodiyotga qo`shiladigan qissa bo`lishdan tashqari respublikamizda tobora ko`payib borayotgan aholini ish bilan ta`minlashda ham ahamiyat kasb etishini unutmaslik muhim. Ko`rinib turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari bu korxonaning aholini ish bilan ta`minlashdagi ishtirokiga ham bog`liq bo`ladi. Aholini ish bilan ta`minlar ekan, korxonalar o`zlarining bevosita ishlab chiqarish funktsiyalarini bajarishdan tashqari ishsizlikning kamayishiga, demak, to`g`ri, mehnat faolligining ortishi va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga ham sababchi bo`ladi. Bu yerda hamma narsa faqat korxonanning o`ziga bog`liq emasligi ko`rinib turibdi, albatta. CHunki korxona o`z faoliyatini amalga oshirish jarayonida xom ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa ishlab chiqarish vositalari etkazib beruvchi yoki mahsulot iste`molchilari sifatida harakat qiluvchi boshqa korxonalar bilan o`zaro aloqaga kirishadi. Bu munosabatlarda har bir kamchilik va nuqsonlar, jumladan, xom ashyo, material va asbob-uskunalarni vaqtida etkazib bermaslik, o`z vaqtida qaq to`lamaslik, qarzlarni to`lash muddatlarining o`tkazib yuborilishi va boshqa xo`jalik yuritish qoidalari va majburiyatlarining buzilishi korxona iqtisodiy ahvolining yomonlashishiga, uning nochorlikka uchrashiga olib keladi. SHu sababli korxonalar faoliyatini samarali va yuqori rentabelli darajada amalga oshirish zaruriyati, barcha korxonalar ishlab chiqarishni kerakli tarzda tashkil qilish hamda o`z hamkorlari va davlat oldidagi majburiyatlarni qat`iy tarzda bajarish intizomi bilan uzviy bog`liqdir. O`zbekistonda ko`plab kichik, o`rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari
faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og`ir sanoatdan engil sanoatgacha, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o`z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, qozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi. Ma`lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo`jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo`lsada chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samardorligining pasayishiga, xo`jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas.
|
| |