Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash




Download 41,56 Kb.
bet3/5
Sana22.01.2024
Hajmi41,56 Kb.
#143490
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli-fayllar.org

2.3. Korxonalarni tasniflash

Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan


mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq
xo`jaligining boshqa tarmoqlari bilan alohalari va boshqa ko`rsatkichlari bilan farq
qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va
boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab
chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruqiga nisbatan qo`llash
mumkin bo`lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy
jiqatdan isbotlab berilgan. Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo`lgan guruqlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izoqlash mumikn.
Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; qajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini hamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog`liq bo`ladi. Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko`ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko`mir qazib chiqarish, sug`urta va hokazo) sohalariga mansub bo`lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko`rinishiga ko`ra, korxonalar sanoat,
qishloq xo`jaligi, transport, moliya-kredit va boshhalarga bo`linadi.
Texnologik umumiyligiga ko`ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini
uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo`linadi. Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko`ra, barcha korxonalar ikkita kata guruqga bo`linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste`mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar. Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko`ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. Yil davomida ishlash muddatiga ko`ra, korxonalar mavsumiy va yil bo`yi faoliyat yurituvchilarga bo`linadi. Hajmiga ko`ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi
«O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 aprel’dagi «Xususiy
tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish choratadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog`ining o`rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo`lgan hamda xizmat ko`rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o`rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo`lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. Kichik korxona hisoblanadi:
- engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog`ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg`i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;
- fan, ilmiy xizmat ko`rsatish, transport, aloqa, xizmat ko`rsatish sohasi (sug`urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar. Ixtisoslashuv darajasiga ko`ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo`linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o`rtasidagi oraliq guruqni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko`ra, korxonalar ishlab
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi
korxonalarga bo`linishi mumkin. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko`ra, korxonalar to`liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo`l-mashina va faqat qo`l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo`linadi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo`shma, ijara, qissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo`lishiga olib keldi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko`rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo`yilgan. YAngi qonunchilik qujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tu shunchasi kiritilgan. Korxonalarning qonun qujjatlari va boshqa xo`jalik huquqi normalarida ko`zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va qajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a`zo bo`lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog`liq bo`lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko`rinishlari xo`jalik
yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. Qozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo`lib, ular o`zlariga biriktirib qo`yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko`ra ham tasniflanadi. Xo`jalik faoliyati yurituvchi har bir sub`ekt bir qator huquqlarga ega bo`lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o`zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko`maklashadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko`rinishida ularning egalari, ya`ni
xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo`ladilar. Masalan,
ochiq turdagi qissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o`z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo`jalik o`rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo`lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarhalgan korxona shakllaridan biri xo`jalik o`rtoqliklari bo`lib, ular ishonch asosidagi to`liq o`rtoqlik (kommandit o`rtoqligi) ko`rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo`yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo`lgan o`rtoqliklar - to`liq o`rtoqliklar hisoblanadi. Kommandit o`rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o`zaro xo`jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo`ladi. Jamiyatlarning ko`pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo`ladi. Mas`uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta`sis etilib, Nizom
jamg`armasi qujjatlarda (Nizom va ta`sis shartnomasi) belgilab qo`yilgan ulushlarga bo`lingan bo`ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo`lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o`zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko`rishlari mumkin.
O`zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi qissadorlik jamiyatlari
mustahillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko`rsatmoqda. Nizom jamg`armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat qissadorlik jamiyati hisoblanadi. Qissadorlik jamiyati a`zolari jamiyatning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar, biroq o`zlariga tegishli bo`lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko`rishlari mumkin.
Qissadorlik jamiyatlarining ijobiy jiqatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar -
aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun
javobgarligining aktsiyalar qiymati qajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik
kapitalining qajmi va a`zolar sonini osonlik bilan o`zgartirish imkonini beruvchi
Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo`jalik faoliyatini
boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini Jahon iqtisodiyotida o`z o`rniga ega bo`lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.
Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo`jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu
tuzilmaviy birliklarining moqiyatini qisqacha ko`rib chihamiz. Kontsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo`shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog`liq bo`lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi.
Konsortsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag`ni birgalikda
joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi.
Konsortsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Xo`jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o`zaro hamkorlik
yuritish maqsadida ko`ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga
kiruvchi sub`ektlar o`z mustahilligini saqlab qoladilar. Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida birlashib, mustahil huquqiy sub`ekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig`indisini tavsiflaydi. Ko`pincha ular aktsiyadorlik (qissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi.
Korxonalarning kontsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va
moliya-sanoat guruqlari ko`rinishida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo`yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi.
Integratsining bu shaklida korxonalar mustahillikni saqlab qolgan qolda
kooperatsiya asosida birlashadilar. Sindikat – tijorat faoliyatini (ta`minot, sotish, narxning paydo bo`lishi) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo`jalik yuritish mustahilliklarini saqlab qoladilar. Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustahilliklarini yo`qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.
Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni
ko`zlaydi:
• resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish;
• kooperatsiya asosidagi alohalarini yangilash va mustahkamlash;
• mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi;
• ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish;
• ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida narx va sotish bo`yicha yagona siyosat yuritish.



Download 41,56 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash

Download 41,56 Kb.