Qamariddin usmonov




Download 0,59 Mb.
bet5/5
Sana01.04.2017
Hajmi0,59 Mb.
#2823
1   2   3   4   5

  • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vako- latlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni;

  • barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavf- sizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etishni;

  • O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga chiqarishni;

  • ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquq- larini himoya qilish, ularning madaniyati, tili, milliy urf-odat- lari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlashni;

  • bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligi- dan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xil- ma-xilligini tan olishni;

  • chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi si­fatida ko‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi.

    Iqtisodiy sohada:

    • milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;

    • ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bos- qichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilar- monlikni rivojlantirishni;

    • mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;

    • iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokim- likka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqil- ligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita ara- lashuvidan voz kechishni;

    • mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni;

    • tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi.

    Ijtimoiy va ma’naviy sohada:

    • umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquq- lariga doir xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni;

    • ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning va- tanparvarlik his-tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklar- ni saqlash va ta’mirlashni;

    • o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga chiqarishni;

    • hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni;

    • ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;

    • hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni;

    • yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o‘tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berishni;

    • ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’- dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yara- tish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi.

    Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuv- likni ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror topti- rishdir.

    Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi

    ham, so‘zi ham qonundir... Qonunni buzishga hech kimning

    haqqi yo‘q.



    1. A. Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992- yil 4- yanvarda so‘zlagan nutqidan

    O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimov- ning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-maz- mun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi.

    1. yilda nashr etilgan „O‘zbekiston — bozor munosabat- lariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.

    1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo- satdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.

    2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori.

    3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baro- barligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi.

    4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqala- rini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.

    5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.

    Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot- ning ,,o‘zbek modeli“ deb qabul qilindi.

    Tanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shoshar- likka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tkazish lozim edi.

    O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar.

    Yurtboshimiz I. A. Karimov ana shunday keng qamrovli is- lohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh- qosh bo‘ldi. Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan

    19 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohot-

    lar, yangilanish yo‘lidan borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham



    qiyin bo‘lgan ulkan zafarlarga erishildi.

    o

    « Savol va topshiriqlar

    1. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani tushunasiz?

    2. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib qoldi?

    3. Prezident Islom Karimovning ,,O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ nomli asarini o‘qing va mazmunini qisqa qilib daftaringizga yozib qo‘ying.

    4. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nima- lar asos qilib olindi?

    5. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz?

    6. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?

    7. Iqtisodiy sohada-chi?

    8. Ijtimoiy va ma’naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi?

    9. Taraqqiyotning ,,o‘zbek modeli“ mavzusida insho yozib ko‘ring.

    10. Besh tamoyil nima?


    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.