|
Mehnat shartnomasi
|
bet | 1/2 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 21,73 Kb. | | #140855 |
Bog'liq umida ishga kirdi
9«1»2024 yil. 1-13-190-DUM/2024-son
Mehnat shartnomasi
To‘rtko‘l tumanidagi 37-son umumta’lim maktabi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi direktor Karimov Kaxramon Nizamaddinovich keyingi o‘rinlarda «Ish beruvchi» deb ataladi va fuqaro Safarova Umida Sattar qizi keyingi o‘rinlarda «Xodim» deb ataladi, mazkur shartnomani Safarova Umida Sattar qizi quyidagilar haqida tuzdik:
Xodim Safarova Umida Sattar qizi kasbi bo'yicha Toʻrtkoʻl tumani 37-sonli maktabiga matematika fani o'qituvchisi lavozimiga 0.5 stavka ishga qabul qilinadi.
Shartnoma asosiy ish bo‘yicha tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.
Shartnoma bo‘yicha ishning boshlanishi 2024-yil 5-yanvardan hisoblanadi.
Xodim sinov muddatsiz ishga qabul qilindi.
Xodimning majburiyatlari: a) mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish; b) ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish; v) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish; g) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish; d) YaTMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish; y) qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish; j) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish; z) ish faoliyatiga doir konfidentsial ma’lumot (axborot)larni tarqatmaslik ya’ni sir saqlash; i) insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi; k) ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini mehnat kodeksda belgilangan tartibda va doirada qoplashi; m) xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
XODIMNING HUQUQLARI: a) Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish; b) mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan ta’minlanish; g) mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega bo‘lish; e) o‘z malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda ish haqi olish; n) ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat ta’tillari berish orqali ta’minlanadigan dam olish; i) xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, shuningdek ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish; j)
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga,mehnat shartnomasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; k) o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish; l) jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi to‘g‘risida axborot olish, shu jumladan o‘z vakillari orqali olish; m)mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xodimga mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish; n) o‘z mehnat huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; o) mehnat nizolarini mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hal qilish. p)xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka,mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
ISh BERUVCHINING MAJBURIYATLARI: a) mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi; b) xodimlarni ishga qabul qilishda, mehnat jarayonida va xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda ushbu Kodeksning mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi; v) majburiy mehnat va bolalar mehnatining og‘ir shakllari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymasligi; g) xodimlarni o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, asboblar, texnik hujjatlar va boshqa vositalar bilan ta’minlashi; d) xavfsiz va samarali mehnati uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni o‘qitish, unga mehnatning xavfsiz shartsharoiti to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish; j) qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga hamda jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish; z) davlat mehnat inspektorlarining, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari mansabdor shaxslarining ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarishi; i) ish haqini o‘z vaqtida to‘lash; q) xodimlar davlat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ularning ish joyi saqlanib qolgan hollarda ushbu ish beruvchi ilgari mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni ishga qabul qilishi; s) o‘z mehnat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan xodimlarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hamda shartlarda qoplashi; s) mehnat shartnomalarini, shuningdek ularga doir o‘zgartish va qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat majmuida o‘z vaqtida ro‘yxatga olishi; u) xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari va jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish; x) ish beruvchi qo‘yidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi mumkin: -alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida; -mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda; - majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda; a)xodim tomonidan mehnat shartnomasidashart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq
qarshi aniqlanganda; b)tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra 4 oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;v)xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda g)ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
ISh BERUVCHINING HUQUQLARI: a)ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish; b) jamoa muzokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini tuzish; g) xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish; e) xodimlardan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishini va ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu molmulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini, ichki mehnat tartibiga rioya etishini talab qilish; f) xodimlarni mehnat kodeksida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish; n)xodimlarni ular tomonidan ham ish beruvchiga bevosita yetkazilgan, ham boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash natijasida ish beruvchida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish; i)ichki hujjatlarni qabul qilish (bundan yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan, jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchilar mustasno);
j) o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish beruvchilar birlashmalarini tashkil etish hamda ularga a’zo bo‘lish. k) Ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ish kuni rejimi: haftasiga 36 soatdan oshmagan. Haftada 6 kunlik ish.
Mehnat haqi to‘lash.
Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi:
ish haqi shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lanadi. (ish haqi miqdori qonun hujjatlariga asosan o‘zgarishi mumkin);
amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar to‘lanadi.
v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar buyruqqa asosan to‘lanadi.
Xodimga 56 kalendar kunidan iborat bo'lgan mehnat ta'tili belgilanadi.
b) qo'shimcha ta'til qonunchilikda belgilanadi.1
Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.
Korrupsiyaga qarshi qoidalarning asosiy shartlari mehnat shartnomasiga ilova qilinadi mazkur mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo`lib qoladi.
Ushbu shartnoma bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi.
|
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang.
|
Imzolovchi F.I.SH.
|
KAXRAMON KARIMOV
NIZOMIDDINOVICH
|
Imzolangan sana
|
09.01.2024 16:42
|
Hujjat kodi
|
|
|
| |