• ккк ★★★★ ★★★★★
  • Buxoro viloyati
  • Surxondaryo viloyatining
  • Qamariddin usmonov




    Download 0,59 Mb.
    bet3/5
    Sana01.04.2017
    Hajmi0,59 Mb.
    #2823
    1   2   3   4   5
    qonun chiqaruvchi hokimiyatOliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat — Prezident rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir.
    O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
    Qonun chiqaruvchi hokimiyat - hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi.
    Sud hokimiyati — Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76—88- moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88—98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Va- zirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlash- tirilgan.

    To‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga so- diqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat

    barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.



    Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — Konstitutsiya va qonun- larning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15- moddasida „O‘zbe- kiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konsti­tutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan.

    Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan.



    Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar dara- jasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburi- yatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — „Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.

    Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekan- ligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

    Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan O‘zbekiston Res­publikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’i nazar bar­cha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.

    Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlari- ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaro­lar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jami- yatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi.

    Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy par- tiyalar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluv- chi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiya- lar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzi- lishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan.



    Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — O‘zbekiston Respub­likasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17- moddasida: „O‘zbekis- ton Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub- yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegara- larning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi“, deb belgilab qo‘yilgan.

    Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.



    To‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tari­xiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va sha- harlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari ken- gashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari bosh- chilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99—104- moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.

    Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105- moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan.



    O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil — odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106—116- moddalarida O‘zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va hara-


    0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING PRINSIPLARI






    KONSTITUTSIYA NORMALARI






    3- chizma


    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING O‘ZIGA XOS

    BELGILARI





    katlarning a’zosi bo‘la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin.

    Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organ­lari, jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansab- dor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan.

    O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi­ning huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlar- ning huquqiy asoslari belgilab berilgan.

    Hur O‘zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitut- siyani qabul qilish — jumhuriyatimizning yangidan tug‘ili- shidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir.

    Qabul qilingan Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz si­fatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar.

    Islom Karimov. Asarlar, 1- jild, 128-bet.

    Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huqu- qiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. Yuzlab qonunlar, ko- dekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhoka- masidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.

    O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘- yobga chiqardi. O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o‘rnatildi.

    Asosiy Qonunga kiritil- gan o‘zgartishlar va qo‘- shimchalar 2003- yil 24—25- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n birinchi sessiyasida „O‘zbekiston


    Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va qabul qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parla-




    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i.

    С'к'к'к ★★★★ ★★★★★



    ment tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimizning mazmun va mo- hiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76—88- moddalarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi (bu haqda II bobning 7-§ ida tanishasiz).

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazi­falariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97- moddalarga ham o‘zgar- tishlar kiritildi. 89- moddaning ,,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisob- lanadi“ deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi (bu haqda II bobning 8- § ida tanishasiz).

    2007-yil 11-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respubli­kasining qonuniga binoan Konstitusiyaning ayrim moddalariga qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Konstitusiyaning 89-modda- sidan Prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekani to‘g‘ri- sidagi norma chiqarib tashlandi. 89- moddada ,,O‘zbekiston Re­spublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishni va ham- korligini ta’minlaydi“, deb belgilab qo‘yildi. Konstitusiyaning 93- moddasi 15- bandi va 102-moddasi ikkinchi qismi ,,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi“, deb o‘zgartirildi.

    Muxtasar aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlandi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’- uliyatini kuchayishiga, jamiyat siyosiy hayotining faollashu- viga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.


    ^, .. „O‘zbekiston Respublikasi Davlat

    ava ayrogi bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qonun 1991-

    yil 18- noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ramzi mam- lakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli salta- natlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimiz- ning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi.

    Bayroqdagi moviyrang — mangu osmon va musaffo suv ram- zidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan.



    Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘i- mizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

    Qizil yo‘llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

    Yashil rang — serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir.

    Yarim oy — O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

    Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadim- dan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.



    Davlat bayrog‘i — bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Nyu-York shahr- ida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delegatsiyalarini O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi.

    O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsa- roy binosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan.

    Qarorgoh, rezidensiya [lat.residere - oʻrnida qolish] - davlat, hukumat boshligʻining, jumladan yirik davlat hokimiyat xizmatidagi shaxslarning turar joyi, saroyi.
    O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va ja­hon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir tomondan,

    davlatimiz shon-shuhratini ko‘tarsa, ikkinchi tomondan, bar- chamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur bag‘ishlaydi.

    ,,O‘zbekiston Respublikasining

    Davlat gerbi Davlat gerbi to‘g‘risida“gi Qonun



    1. yil 2- iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.




    O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi.
    Gerbning markazida tasvirlan- gan — qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi — baxt-sao- dat va erksevarlik ramzidir. Buy- uk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng sa- xovatlisi deb ta’riflagan.

    Gerbning yuqori qismida res- publikamizning sobit va bar- qarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U „qutlug‘“ degan ma’noni ang- latadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan.



    Quyosh tasviri — davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublika- mizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi.

    Boshoqlar — rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, op- poq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari — serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining Davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilganligi — bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligi- ning timsolidir.

    Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va „O‘zbekiston“ degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.

    Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayot- da keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplo- matik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tas-

    viri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valutamiz — so‘mda ham Davlat gerbi o‘z ifodasini topgan.

    _ , , .... „O‘zbekiston Respublikasi Davlat

    Davlat madhiyasi madhiyasi to‘g‘risida“ gi Qonun


    1. yil 10- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.

    Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomo- nidan tayyorlangan variant tasdiqlandi.

    Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI Abdulla Oripov so‘zi Mutal Burhonov musiqasi

    Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh mehribon,

    Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,

    Shuhrating porlasin toki bor jahon!

    Naqarot


    Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

    Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon Olamni mahliyo aylagan diyor!

    Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

    Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!

    Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,

    Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

    Naqarot

    Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,



    Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

    Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

    Olamni mahliyo aylagan diyor!

    Mustaqil, erkin davlatning asosiy y valuta —so.mning belgisi, asl poydevori — milliy valu- muomalaga kintahsbi tadir. O‘z valutasiga ega bo‘lmagan

    davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mus- taqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi.

    Biroq milliy valutaga o‘tish oson ko‘chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsa- tadiki, davlatlar o‘z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llar bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan.



    O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodi- yotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillik- ning dastlabki payti 1991—1993- yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi ma- konda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.
    Yalpi ichki mahsulot - umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YaIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YaIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YaIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi. YaIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YaIM imkoniyati - bu YaIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YaIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.


    1. yil may oyi boshlarida 800—900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi.
      Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi.
      Shu yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya hukumati 1993- yil 26- iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rah- barlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbekis- ton va Qozog‘istonni 1993- yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga qaror qilindi.

    Biroq, amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hu­kumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan, O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961—

    1. yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993- yil namu- nasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. To‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya Markaziy bankiga hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak edi.

    O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valuta kiri- tish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta og‘a“ ning o‘yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‘rib qo‘ygan edi. 1992- yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m- kupon nusxalari tayyorlab qo‘yilgan edi. Nihoyat, 1993- yil 1 noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtiril- gan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirish ta’minlandi. So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlab- ki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Toshkent bozorlarida bir kg go‘sht 25 ming so‘m-kupongacha ko‘tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.

    1. yil 16- iyundagi „O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida“ gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994- yil 1- iyuldan boshlab milliy valuta — so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.

    Milliy valuta —so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50,100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so‘mlik qog‘oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.

    „Milliy valuta — milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir“.

    Islom Karimov. Asarlar. 3- jild, 331-bet.


    Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayoti- da muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‘ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003- yil 15- oktabrdan boshlab, so‘m qisman konvertatsiyalanadigan valuta maqomiga ko‘tarildi.

    O‘quvchilar uchun ma’lumotlar.

    Davlat mukofotlari


    1. yil 7- mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi orden — birinchi va ikkinchi darajali „Sog‘- lom avlod uchun“ ordeni ta’sis etildi.
      Orden (lot. ordo - qator, daraja) - 1) metall nishon, takdirlash belgi-si, harbiy yoki fuqarolik xizmatlari uchun beriladigan faxriy mukofot. O.ning takdirlash belgisi sifatida vujudga kelishi ritsarlik tarixi bilan bogʻlikdir.


    2. yil 5- mayda quyidagilar ta’sis etildi:

    • „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali.
      Medal (frans. medaille, lot. metallum - metall) - biror voqea, arbob yoki joy sharafiga chiqariladigan, odatda 2 tomoniga tasvir tushirilgan va (yoki) yozuvi boʻlgan, koʻpincha, doyra, tuxumsimon yoki koʻpburchakli shakldagi, har xil oʻlchovli metall nishon.


    • „Mustaqillik“ ordeni.

    • „Do‘stlik“ ordeni.

    • „Jasorat“ medali.

    • „Shuhrat“ medali.

    1995- yil 30- avgustda quyidagilar ta’sis etildi:

    • „Mehnat shuhrati“ ordeni.

    • Birinchi va ikkinchi darajali „ Shon-sharaf “ ordeni.

    1996- yil 26- aprelda:

    • „Amir Temur“ ordeni.

    1996- yil 29- avgustda:

    • „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni.

    1998- yil 28- avgustda:

    • „El-yurt hurmati“ ordeni.

    2000- yil 30- avgustda:

    • „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni.

    1. yil 26- aprelda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari ta’sis etilgan:

    „O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi“.

    „O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi“.

    „O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi“.

    „O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti“.

    „O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi“.

    „O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri“.

    „O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi“.

    „O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi“.

    „ O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ (2000- yil). „O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi“.




    1. 33
      — Q. Usmonov

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi“.

    „ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar mu- rabbiysi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xo- dimi“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviat- siyasi xodimi“ (1996- yil 27- dekabrda ta’sis etilgan).

    „O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy, savdo so- hasida xizmat ko‘rsatgan xodim“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador“.

    „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist“.

    „ O‘zbekiston iftixori“ (1998- yil 25- avgustda ta’sis etilgan).

    O‘zbekiston Respublikasining 1992- yil 2- iyunda qabul qilin- gan „Bayram kunlari haqida“ gi qonuniga va 1995- yil 21- de­kabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 137- moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram — dam olish kunlari deb belgilandi:

    1- yanvar — Yangi yil.



    1. mart — Xotin-qizlar kuni.

    1. mart — Navro‘z bayrami.




    1. may — Xotira va qadrlash kuni.

    1- sentabr — Mustaqillik kuni.

    1- oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni.



    1. dekabr — Konstitutsiya kuni.

    Ro ‘za hayiti (Iyd al-Fitr) — diniy bayramning birinchi kuni. Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) — diniy bayramning birinchi kuni.

    ? Savol va topshiriqlar

    1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish, qabul qilish jarayonini tushuntirib bering.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillarini bilasizmi?

    3. Davlat ramzlari deganda nimalarni tushunasiz?

    4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tasvirlab bering, u qanday hollarda ko‘tariladi?

    5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang, undan qan- day paytlarda foydalaniladi?

    6. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini yoddan bilasizmi?

    7. Milliy valuta nima. Uni muomalaga kiritish zarurati-chi?

    8. O‘zbekiston Respublikasida milliy valutani muomalaga kiritish jarayoni qanday bo‘ldi?

    9. O‘zbekiston Respublikasida qanday davlat mukofotlari mavjud?

    10. O‘zbekistonning faxriy unvonlarini bilasizmi?

    1. §. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari


    O‘zbekistonning

    ma’muriy-hududiy

    tuzilishi

    O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy davlat hududiga ega bo‘lib, uning ma’muriy-hududiy tuzilishini o‘zi mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo minta-



    qasining o‘rtasida, Amudaryo bilan Sirdaryoning oralig‘ida joy- lashgan.
    Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
    O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbda Turon past- tekisligining, janubi-sharqda Tyanshan va Olay tog‘larining va ja- nubi-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi.
    Qizilqum - Oʻrta Osiyodagi qumli choʻl. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shim.gʻarbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va PomirOlay togʻ tizmalari bilan chegaradosh.
    O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv. km. ni tashkil etib, sharqdan g‘arbgacha 1425 km ga, janubdan shimol- gacha 930 km ga cho‘zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo‘riqlanadi. O‘zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g‘arb, shimol va janub orasidagi ko‘pdan ko‘p xalq- lar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog‘lovchi mamlakatdir.





    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68—69- mod­dalarida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shahar- lar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal- pog‘iston Respublikasidan iborat bo‘lib, ularning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- sining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo‘yilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Res­publikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Toshkent shahridir. Yuqoridagi 4- chizma O‘zbekiston Respubli­kasining ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko‘rsatadi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpogiston muxtor respublikasi) 1990- yil 14- ydekabrda suveren respub­lika deb e’lon qilingan. 1991-yil 31-avgustda bu holat „O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘- risida“gi Qonunda o‘z aksini topgan. Uning maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lib, 1569,9 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo‘ston,



    Mang‘it, Mo‘ynoq, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot) va 17 ta shaharcha kiradi. Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahri bo‘lib, unda 236700 kishi yashaydi.

    Andijon viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) may- doni 4,2 kv. km ni tashkil etadi, aholisi 2342,7х ming kishi. Andijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Marha- mat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘on- tepa, Paxtaobod), 11 ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytug‘, Xonobod, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa) va 5 ta shaharcha mavjud.

    Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Axoliyey 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000).
    Viloyatning markazi Andijon shahridir.

    Buxoro viloyati — (1938- yil 15- aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, aholisi 1507,6 ming kishi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, G‘ijduvon, G‘alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor) va 3 ta shaharcha bor.

    Shofirkon - Buxoro viloyati Shofirkon tumaniyaagi shahar (1995 yildan), tuman markazi (1926 yildan). Viloyat markazi (Buxoro)dan 40 km. Yaqin t.y. stansiyasi - Qiziltepa (32 km). Aholisi 17 ming kishi (2004), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.
    Qorovulbozor - Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi shahar (1981 yildan; 1958 yildan shaharcha), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Buxoro shahri) dan 65 km jan.-sharqda. Buxoro - Qarshi temir yoʻl va avtomobil yoʻli yonida joylashgan.
    Buxoro viloyati - O‘zbekiston respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan.
    Viloyatning markazi Buxoro shahridir.

    Jizzax viloyati — (1973- yil 28- dekabrda tashkil etilgan) may- doni 21,2 ming kvadrat kilometmi tashkil etadi, viloyatda 1043,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani (Arna- soy, Baxmal, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, G‘allaorol), 7 ta shahar (Dashtobod, Do‘stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, G‘allaorol) va 8 ta shaharcha mavjud.

    Yangiobod - Toshkent viloyatidagi shahar (1953 yil dan) Angren shahar Kengashiga qarashli. Yaqin t.y. stansiyasi - Angren (22 km). Aholisi 9 ming kishi (2004). Shaharda sanoat, qurilish korxonalari, avtokorxona, aloqa boʻlimi, savdo, madaniy va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari bor.
    Viloyat markazi Jizzax shahridir.

    Navoiy viloyati — (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988- yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28- iyunda qayta tiklandi) may- doni 111,0 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lib, 810,2 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Konimex, Navba- hor, Karmana, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa) va 7 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uchquduq, Karma- na, Qiziltepa) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir.

    Namangan viloyati — (1941- yil 11- martda tashkil etilgan,



    1. yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tik-

    1 Aholi soni va joylashishi 2005- yilgi ma’lumotlar asosida berildi.

    langan) maydoni 7,4 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 2073,2 ming kishi yashaydi.

    Navoiy - Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan.
    Kvadrat kilometr (km², kv. km) - kvadrat metrga karrali boʻlgan maydon oʻlchov birligi.
    Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Haqqulobod) va 12 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Namangan shahridir.

    Samarqand viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 2867,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung‘ur, Jom- boy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Qo‘shrobod), 11 ta shahar (Bulung‘ur, Jomboy, Juma, Ish­tixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, Chelak) va 12 ta shaharcha mavjud.

    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    Viloyat markazi Sa- marqand shahridir.

    Sirdaryo viloyati — (1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 672,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Gulis- ton, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos), 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangi- yer) va 6 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Guliston shahridir.

    Surxondaryo viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming kvadrat metr bo‘lib, 1894,9 ming kishi yashaydi.

    Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari- osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Qiziriq, Qum- qo‘rg‘on),8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sharg‘un, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir.

    Toshkent viloyati — (1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘r- g‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo‘ka, Do‘stobod, Keles, Olma- liq, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Piskent, To‘ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiobod, Yangiyo‘l, G‘azalkent) mavjud. Viloyat markazi Toshkent shahrida joylashgan.

    Toshkent shahrida 2135,7 ming kishi yashaydi. Toshkentda 11 ta — Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sergeli, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yak- kasaroy, Hamza tumanlari mavjud.

    Farg‘ona viloyati — (1938-yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 2840,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxun- boboyev, Rishton, So‘x, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston, Quva), 9 ta shahar (Farg‘ona, Mar- g‘ilon, Quva, Quvasoy, Qo‘qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 10 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Farg‘ona shah- ridir.

    Xorazm viloyati — (1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 1432,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog‘ot, Gur- lan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir), 3 ta shahar (Pitnak, Urganch, Xiva) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Urganch shah- ridir.

    Qashqadaryo viloyati — (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 2378,5 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroq- chi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor, Yakkabog‘, Yangi Nishon, Shahrisabz) va 4 ta shaharcha mavjud.

    Yangibozor - Buxoro viloyatining Peshku tumanitsat qishloq, tuman markazi (1950 yildan). Ya. Toshkent - Samarqand - Urganch - Nukus avtomobil magistrali yoqasida joylashgan. Yaqin t.y. stansiyasi - Kogon (42 km).
    Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob-Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Sh. jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi.
    Viloyat markazi Qarshi shahridir.

    O‘zbekiston aholisi tez o‘sib bora-



    Aholisi yotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

    1991-yilda O‘zbekiston aholisining soni 20,7 mln. kishini tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillikdan ke- yingi yillar davomida aholi soni o‘sdi va 2009- yilda 28 mln.dan oshdi.

    O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o‘zbeklarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda. Aholi tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i 1989- yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda 80- foizga yetdi.

    O‘zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va mehmondo‘st xalqidir. O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Respublika umumiy aholisining 64 foizini tashkil etadi.

    O‘zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga ega. Uning mehnat zaxiralari butun aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va mehnatga yaroqli aholi soni har yili o‘rtacha 210—220 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Respublika aholisining savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda, oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni 200 kishini tashkil etadi. Bilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli ravishda o‘qimishli mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi.

    O‘zbekistonning iqlim sharoiti qulay, Ozbekistonboy ^ uning zaminida ulkan yoqilg‘i, ener- imkoniyatlar mamlakati getika, mineral xomashyo, strategik va

    qurilish materiallari zaxiralari mavjud.

    O‘zbekiston hududida g‘oyat muhim strategik manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta kon, qimmat- baho metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Gaz zaxiralari 2 trln. kubometrga ya- qin, ko‘mir — 2 mlrd. tonnadan ortiq.

    Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi- G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarida joylashgan.

    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
    Farg‘ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida qazib chiqarilmoqda.

    Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. Chorvoq, G‘azalkent, Farhod GESlari, jami 28 gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda. Shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, An­gren va boshqa issiqlik elektrostansiyalari mavjud.

    O‘zbekistonda dunyoda juda katta oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metall zaxiralariga boy konlar topilgan va ulardan foydalanilmoqda.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik konlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo‘lib, ulardagi zaxiralar bo‘yi- cha respublikamiz dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.

    O‘zbekistonda kumush qazib olinayotgan ko‘plab kumush konlari mavjud. Shulardan eng yirigi Namangan viloyatidagi Oqtepa kumush konidir. Shuningdek, rangli metallar — mis, qo‘r- g‘oshin, rux, volfram, molibden, kadmiy, reniy, nikel va boshqalar qazib olinadi. Rangli metallar zaxiralari Olmaliq ruda konlarida ko‘proq jamlangan. Olmaliq kon-metallurgiya kombi- nati O‘zbekistondagi eng yirik inshootlardan bo‘lib, unda Qalmoqqir va boshqa konlardan qazib olinayotgan rangli metal- lar qayta ishlanadi. Qo‘rg‘oshin-rux, asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida qazib olinadi.

    Namangan viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 yil 11 martda tashkil etilgan (1960 yil 25 yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 yil 18 dek.da kayta tashkil etildi).
    Surxondaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 y. 25 yanv.da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 y. fev.

    Respublikada 20 ta marmar,15 ta granit va gabbro koni topil- gan. Ulardan eng yiriklari G‘ozg‘on, Nurota, Forish va Zar- band konlaridir. Xalq xo‘jaligida oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlardan keng foydalanilmoqda.

    O‘zbekiston fosforitlarga boy bo‘lib, fosfat o‘g‘itlar — ammo- fos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi. Shulardan eng kattasi Qizilqum fosfarit kombinatidir. Shuningdek, katta miqdordagi zaxiralarga ega kaliy tuzi, tosh tuzi konlari mavjud bo‘lib, ulardan kaliyli o‘g‘itlar, kalsiy va kaustik sodalar ishlab chiqarilmoqda. Qo‘ng‘irot soda zavodi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.

    Respublika kimyo korxonalarida g‘oyat qimmatli yarim tay- yor mahsulot — kaprolaktam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron tolalari va iplari, ulardan gazlama, gilam, noto‘qima materiallar va boshqa xalq iste’moli mollari tayyorlanmoqda.

    Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bi­lan haqli ravishda faxrlanadi — bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan mavjud bo‘lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroq baholangan.

    O‘zbekiston tuprog‘i unumdor, sug‘orma-dehqonchilik ri- vojlangan. O‘zbekistonning yer fondi 44,74 mln. gektarni tashkil etadi, shulardan 32 mln. gektari qishloq xo‘jalik ishlab chiqa- rishida foydalaniladi. Qishloq xo‘jalik yerlarining katta qismi (83,5 foizi) o‘tloq va yaylovlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln. gektar bo‘lib, ular, asosan, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalari, Mirzacho‘l massivida joylashgan.

    O‘zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo‘lgan mahsulot — paxta tolasi yetishtiriladi. Buxoro, Andijon va Farg‘ona to‘qi- machilik kombinatlari, 30 dan ortiq ip yigiruv-to‘quv fabri- kalari, ko‘plab paxtani qayta ishlash va yog‘ zavodlari ishla- moqda. Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va uni eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

    O‘zbekiston meva-sabzavot, uzum, qorako‘l teri, jun yetish- tirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Har yili 16,5 mln. dekalitr hajmida 30 dan ortiq xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O‘zbekiston vinolari xalqaro yarmarka, tanlov va ko‘rgazmalarda 92 ta medal bilan taq- dirlangan.

    Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekistonning noyob mineral- xomashyo va qishloq xo‘jalik resurslari xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, respublika iqtisodini rivojlan- tirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.



    ? Savol va topshiriqlar

    1. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga qanday respublika va viloyatlar kiradi? Ularni xaritadan ko‘rsatib bering.

    2. O‘zingiz yashayotgan viloyatda qanday shahar va tumanlar joylashgan?

    3. O‘zbekistonda qancha aholi yashaydi, aholining milliy, etnik tarkibini bilasizmi?

    4. O‘zbekiston aholisi yiliga 2 foizdan o‘sib borsa, 2005 va 2010- yillarda aholi soni qanchaga yetadi? Hisoblab ko‘ring.

    5. Nima uchun O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deb atash mumkin?

    6. O‘zbekistonning qaysi mintaqalari neft, gaz, ko‘mir zaxiralariga boy?

    7. O‘zbekistonda nodir va rangli metallarning qaysi turlari bor, ularning nomlarini ayting.

    8. Siz yashayotgan hududda qanday konlar va ular bilan bog‘liq kor- xonalar mavjud?


    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.