I bob. Beshariq tumanining geografik joylashuvi




Download 4.84 Mb.
bet1/8
Sana04.04.2024
Hajmi4.84 Mb.
#187791
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nazirjonova BMI YAKUNIY
2-Laboratoriya ishi, transfer-receipt-16 11634520971, Kurs ishi F.A, 2, Aylanma pech, Qo’shma gaplar yuzasidan test topshiriqlari, Inv3 mustaqil, Azizbek, TAT (Sillabus), Intellektual o\'lchov texnikasi 4-kurs 7-8-semestr (Sillabus), menejment va markenting mustaqil ish Boshqaruv mehnatini tashkil qilish, STATISTIKA 1MUSTAQIL ISH G\'ULOM AKA, Prinsipal, Shoxrux BMI oxirgisi 2023

MUNDARIJA
KIRISH.........................................................................................................
I BOB. BESHARIQ TUMANINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI
I.1 Beshariq tumanining geografik o’rni va xususiyatlari..................................
I.2. Beshariq tumanini tabiiy sharoiti va resurslari………………..................
I.3 Beshariq tumani aholisi va mehnat resurslari……………….....................
I.4 Beshariq tumani xo’jaligi………………………………………………...
II BOB. BESHARIQ TUMANIDA GEOGRAFIYA TA’LIMI VA ISTIQBOLLARI
II.1 Beshariq tumani ta’lim tizimi......................................................
II.2. Beshariq tumanida geografiya fan olimpiadalarining tashkil etilishi va natijalari…………………………………………………………………
II.3 Beshariq tumani ta’lim tizimi istiqbollari.......................................
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: geografik bilim, geografik madaniyatli, о’z burchini tо’liq tushunishga qodir, ishining kо’zini biladigan, tabiatga, tabiatda bo’layotgan voqea hodisalarni tushunib yetadigan, atrof-muxitga g’amxо’rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab-asraydigan, boyitadigan, eng asosiysi tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo’ladigan barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. О’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab chuqur bilim va kо’nikmalarga ega bо’lgan yuqori intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimida tub islohotlar о‘tkazila boshlandi. Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak maʼnaviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda taʼlim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. SH. Mirziyoyev prizidentligi faoliyati davomida maktab taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan fikrini alohida taʼkidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bog’cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib bo’lmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir. Maʼlumki, murakkab oʻtish yillarida maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, oʻqituvchi kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab taʼlimi tizimi tiklandi. Soʻnggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi. Ulugʻ allomalarimiz – Mirzo Ulug’bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi taʼlim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun taʼlim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Ushbu islohotlar zamirida ta’lim mazmuni va uni о’qitish jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga kо’tarish alohida ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston Respublikasining prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ta’lim to’g’risidagi siyosato’zining barcha asarlarida tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik masalalari Respublikamizdagi eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni hal qilishning samarali yo’llarini, jumladan, ekologik ta’lim va tarbiyaning ustivorligini alohida ko’rsatib o’tganlar. О’quvchilarni Vatanga, millatga va milliy qadriyatlarga hurmat, ularga sodiqlik ruhida tarbiyalashda geografiya fani о‘qituvchisining hissasi katta. Chunki geografiya butun geografik qobiqni,quruqlik va okeanlarni, vatanini, о’z о’lkasini о’rganishdan boshlanar ekan, о’quvchi har bir geografik hududdagi tabiiy, ijtimoiy hamda ekologik sharoit bilan tanishib boradi,”Vatanparvarlik-Vatanni о‘rganishdan boshlanadi”. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko’p jihatdan barkamol yoshlarning geografik savodxonlik darajasi, geografik madaniyatiga bog’liq. O’quvchilarda geografik savodxonlik darajasini oshirish shu kunning eng ustivor vazifalaridan iboratdir. Geografik savodxonlikka erishish faqatgina uzluksiz geografik ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqaligina muvafaqqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
BMIning Maqsadi: Maktablarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanini o’qitish jarayonida keng geografik dunyoqarashni shakllantirish, geografiya fanining kelgusidagi istiqbollarini belgilash hamda geografik fikr yuritishni rivojlantirishdir.
BMIning vazifalari:

  • O’quvchilarga geografik ta’lim tarbiya berishning didaktik asoslarini;

  • Geografik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini;

  • Geografiya darslarida ilg’or geografik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlarini;

  • Maktab geografiyasi darslarida tabiiy-iqtisodiy-ijtimoiy geografik ta’lim-tarbiya berish texnologiyalarini;

  • O’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalarini tahlil qilishdan iborat.

  • Kelgusidagi geografiya fani istiqbolining yo’llarini o’rganish.

BMI ob’yekti: Beshariq tumani ta’lim tizimi.
BMI predmeti: Geografiya fani o’qitishda geografik tarbiya berish mazmuni, metodi, usul, shakl va texnologiyasi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, ikkita bob, 2 ta rasm yetti band o’z ichiga olgan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

II.1. Beshariq tumanining geografik o’rni va xususiyatlari, ta’rixi
1_rasm Farg’ona viloyati Beshariq tumani xaritasi
Beshariq tumani O’zbekistonning durdonasi bo’lmish Farg’ona vodiysining chekka g’arbiy qismida joylashganligi bilan ajralib turadi. Umumiy maydoni 0,778 kv.km. Bo’ysinuvchi shaharlar soni 10 ta. Beshariq tumanida 62 ta mahalla fuqarolar yig’inlari, 96 ta aholi yashash punktlari mavjud. Aholi soni 2023-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 238478 kishini tashkil etadi, erkaklar 120846 ta, ayollar esa 117632 ta. Men geografik o’rin atamasini shunday tariflamoqchiman, bu ustozlar o’rgatganidek, muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va, hatto, hovlining o’ziga xos joylashgan o’rni bo’lib, ularning yer yuzidagi betakror o’rnidir. Bular geografik o’rin deb ataladi. Geografik o’rin mohiyatan tabiiy geografik o’rin, iqtisodiy geografik o’rin va siyosiy geografik o’rin tarzida guruhlanadi. Tabiiy geografik o’rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog’, cho’l, o’rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o’rniga ko’ra belgilansa, iqtisodiy geografik o’rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo’llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Tuman hududining geografik o’rni o’ziga xos va shuning uchun uning iqlim hosil qilishidagi ro’li ham bir muncha o’zgacha sanaladi. Hududning geografik o’rni, uning Yevrosiyo quruqligining ichki qismida joylashganligi, yer yuzasi tuzilishining harakteri, quyoshli va atmosfera serkulyatsiyasiga bog’liq holda, unda issiq, quruq va uzoq davom etadigan yoz, yumshoq va qisqa qish borligi va yog’inlari asosan bahor va qish fasllarida bo’ladigan mo’tadil iqlimning kontinental tipini shakllanishiga olib kelgan. Siyosiy geografik o’rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro’y berayotgan yoki ro’y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko’ra baholanadi. Beshariq tumanining tabiiy geografik o’rniga qisqacha tarif beradigan bo’lsak O‘lkamiz ob-havosi yilning talay qismida ochiq va quruq bo’ladi. E’tibor qilinsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi «Serquyosh hur o’lkam...» deya boshlanadi. Tabiiy geografik o’rin sharofati ila serquyosh va issiq kunlaming uzoq davom etishi tumanning qishloq xo’jaligi, transport va maishiy hayotda mehnat va moliyaviy sarf-harajatlaming tejalishiga imkon beradi. Mamlakatimizning bulutsiz osmoni singari, tumanimizning atmosferasida bulutsiz kunlar ko’p bo’lishligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy geografik o’rni. Har qanday davlatning rivojlanishini tashqi iqtisodiy aloqalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa xalqaro mehnat taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografik o’rin imkoniyatlariga bog’liq. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo yo’llari muhim omil bo’lgan. Iqtisodiy geografik o’rin imkoniyatlari davr o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Bunga siyosiy voqealar, yirik tabiiy boylik zaxiralarining topilishi va ishlab chiqarilishi, transport vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo’ladi. Buni yurtimiz iqtisodiy geografik o’rnida ro’y bergan o’zgarishlar misolida ko’rib chiqamiz. Farg’ona viloyatidagi beshariq tumani. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan Beshariq tumani O’zbekistondagi eng katta tog’ oralig’i botiqlaridan biri bo’lmish, Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida joylashgan. Farg’ona viloyatining Beshariq tumani O’zbekiston va Furqat tumanlari, G’arbida Konibodom va Asht tumani bilan Sirdaryo orqali chegaradosh. Beshariq tumanida 1 shahar (Bsshariq) va 8ta qishloq fuqarolari yig’ini (Andarxon, Beshariq, Vatan, Rapqon, Tovul, Yakkatut, Qashqar, Qorajiyda) bor. Markazi- Beshariq shahri. Tabiati. Relyefi pasttekislik, qir, Toshloq va qumli chala cho’llardan iborat. Janubi g’arbida qum barxanlari, sharqida Markaziy Farg’onaning So’xIsfara massivi bor. Yer yuzasi shimolga NishabMarkazi Beshariq shahri. Viloyat markazidan uzoqligi 115 km. G’arbda Mo’giltog’, shimoliy-g’arbda Sirdaryo orqali Boboiyob cho’qqisi joylashgan Qurama tog’ining qirg’oqlar bilan Sirdaryo orqali chegaralanadi. Tuman g’arb tomondan Tojikiston orqali torgina (eni 9-40 km) Xo’jand yo’lagi orqali Dalvarzin va Mirzacho’l tekisliklariga tutashib ketadi. Yer yuzasi past-baland tekislikdan iborat, relyefi janubdan shimolga to sirdaryo qirgo’qlarigacha pasayib boradi. Sharqdan markaz va g’arb tomonga pasayib boradi. Janubdagi adirlarning dengiz sathidan balandligi 600-800 m. Adirlar ortidagi tog’oldi balandligi 1200-200 m. Tog’ zonasi balandligi 2000-5000 m gacha yetadi va ular qo’shni davlatlar hududida joylashgan. Relyefi pasttekislik, qir, Toshloq va qumli chala cho’llardan iborat.
II.2. Beshariq tumanining tabiiy sharoiti va resurslari
Tuman iqlimini vujudga kelishida, Mirzacho’l va Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik rayonlarida tarkib topgan ob-havo ta’sirida shakllanadi. Bunda havo massalarining yuqoridagi hududlarga kirib kelishi va ularning bu hududda hukumron bo’lishi, atmosfera bosimining yuqori bo’lishi, uning Farg’ona vodiysi tomon harakatlanishiga sabab bo’ladi. Bu havo massalari to’g’ridan to’g’ri Beshariq tumani iqlimini shakllanishiga asosiy sabab bo’ladi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining ning o’rtacha temperaturasi -2°, iyulniki 28°. Yiliga 100-200, ayrim yillari 50-100 millimetr yog’in tushishi mumkin. Janubiy qismiga ko’proq yog’in yog’adi. Bahorda g’arbdan sharqqa kuchli (ba’zan sekundiga 30 metr tezlikda) shamol esadi. Bu shamol Qo’qon shamoli deb nomlanadi. Ayrim holatlarda vodiyning sharqidan g’arbiy qismiga kuchsiz shamol esadi. Bu shamol Bekobod shamoli deb ataladi. Har ikki shamol tuman iqlimini shakllanishida kuchli ta’sir etadi. Vegetatsiya davri 205-230 kun. Tumanning shimolda Sirdaryo, Janubda Isfara daryosi oqadi, g’arbida Tojikiston mamlakatiga qarashli bo’lgan Qayroqqum suv ombori bor. Bu suv omborning borligi ham hududga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qish oylarida tuman tushishiga sabab bo’ladi. Shimoliy qismida Sariqamish ko’li joylashgan bo’lib, Sirdaryoning o’zan ko’li hisoblanadi. G’arbiy qismida joylashgan Qayraqqum suv omborining suv sathi o’zgarib turadi. Suv sathi ko’tarilganda tuman hududining g’arbiy qismini kichik maydonini suv bosadi. Beshariq tumani yerlari Katta Farg’ona kanalidan sug’oriladi. Isfara soyidan kelgan suvlar Katta Farg’ona kanaliga quyiladi. Tuman hududidan So’x-Isfara kollektori o’tgan. O’simliklaridan asosan shuvoq, turli xil sho’ralar, yantok, qamish, qo’g’a, oq miya, qizil miya, yulg’un, saksovul, to’rangul o’sadi. Hayvonotidan yumronqoziq, quyon, echkemar, bo’ri, tulki, har xil ilonlar yashaydi. Tuman yerlarida faqat sug’orib dehqonchilik qilish mumkin. Qum bosmagan yerlar keng sho’rxokli maydonlarni xosil qiladi. Qum massivlari kelib chiqishi va hosil bo’lishii jihatidan tumanda turli hududlarida turlichadir. G’arbiy qismida asosan Sirdaryoning burilish qismida, uning chab sohili bo’yida cho’kish natijasida hosil bo’lgan alliviual qumoq jinslar Qum maydonlari xosil bo’lishi va kelib chiqishi (Middendorf, Nalivkin, Drobov, Rozanov) kabi tadqiqodchilar o’rganganlar va bu hakda ko’pi ma’lumotlar qoldirganlar. G’arbiy va Markaziy, Janubiy va Shimoliy Farg’ona qumliklarini shamol va daryo yotqiziqlari ekanligini tasdiqlaydigan dalillar yetarli. Eng katta qumli maydonlar va relyefning eol shakllari Markaziy Farg’onada to’plangan. Farg’ona viloyatining chekka rayonlarida ham relyefning eol shakllari keng tarqalgan. Relyefning bu shakillari viloyat hududining tekislik qismida hamma joyda bir xilda tarqalmagan. Qum barxanlari va gryadalari, qum tepalarining geografik tarqalishida ma’lum qonuniyat bor. Shamollar ko’pi takrorlanadigan viloyatning g’arbiy hududlarida va shimolida relyefning ko’proq shamol yaratgan shakillari - Qum barxanlari, gryadalari, qum tepalari kabilar ustunlik qiladi. Relyefning bunday shakllari ayniqsa Chilmaxram, Sarson qum, Tolquduq qum atrofida ko’pi uchraydi. Do’m tepalari, barxanlari va gryadalarining balandligi 6-2 m dan 10-12m Qum massivlarini xosil qilgan navbatdagi o’choq tumanda joylashgan Gumxona qirlaridir. Bu qirlarni tashkil qiluvchi qatlamlar nuraganda shamollar yordamida uchirib vodiyning ichki qismiga olib borib yotqizilgan. Shuningdek, tumanning janubidagi tog’lardan oqib keluvchi Isfara soyining yoyilmalarini tashkil etuvchi prolyuviyal yotqiziqlardir. So’x va Isfara soylarini yoyilmalarini qum toshli jinslardan tashkil topganligi buning dalilidir. Qum tepalari, gryadalari va barxanlari o’ziga xos qiyofaga ega bo’lib, ular oralig’idagi qumli va qumoqli tekis maydonlar navbatlashib keladi, shunday tekisliklarning ba’zilarini yuzasidagi qumlar shamol yordamida uchirib ketilib, loy yotqiziqlar taqirsimon ko’rinishda ochilib qolgan. O. K. Langening ma’lumotlariga ko’ra qumli maydonlar xosil bo’lishiining navbatdagi omili sug’orish tarmoqlari olib kelib yotqizgan qumlardir. Ularning bir qismi voxalar bo’yicha sochilib, yana shamollar yordamida tekisliklarning yani vodiyning ichki, markaziy va, sharqiy rayonlarigacha olib borib yotqizilgan. Isfara soyining yoyilmasi tumanning chekka g’arbini egallab Sirdaryo vodiysiga tomon pasayib boradi. Yoyilmaning hamma qismi shag’alli maydonlardan iborat va meridian yo’nalishidagi eski soy va adirning quriq o’zanlari bilan bo’lib-bo’lib tashlangan. Yoyilmalarning etagi uncha qalin bo’lmagan qumoq va qum yotqiziqlaridan tuzilgan, ayrim xollarda ular kichik-kichik tepachalarni xosil qiladi. Eski o’zanlarning o’rnidagi pastliklarning o’rta qismida shag’allar, quyi qismida esa tindirma jinslardan iborat loyqali yotqiziqlar keng tarqalgan. Tuman hududining relyefida soylarning yoyilmalari oralig’ida kengligi bir necha kilometr bo’lgan meridian yo’nalishdagi past tekisliklar alohida ajralib turadi. Relyefning bu shakllari yassiligi va shimolga tomon nishabligi bilan harakterlanadi. Bu pasttekisliklarini qum va gildan iborat ko’l yotqiziqlari qoplab olgan. O‘zlashtirilganga qadar bu yerlarni fasliy va doimiy ko’llar ishg‘ol kilib loyli ko’l yotqiziqlarini qoldirgan. Adirlar tuman hududining janubdan o’rab turadigan tizmaning oldingi qirlari bilan adir orti botiqlaridan ajralib turadi. Adirlarning balandligi garbdan sharqqa tomon ortib boradi, yonlari juda tik va shimoliy yonbag’irlari yassi, Adirlar hamma joyda kuchli titilgan errozion relyef shakllari bilan ajralib turadi. Adirlar soy va ariqlar hamda jarliklarining quruq o’zanlari meridional yo’nalishda kesib o’tadi, ular ba’zi joyda chuqur darasi vodiylar ko’rinishiga ega. Adirlar neogen va to’rtlamchi davrda shakllangan. Oloy - Turkiston tog’ tizmalari ko’tarilayotgan bir davrda vodiyning tekislik qismi cho’ka boshlagan, bu bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan harakatda daryolar tomonidan olib kelingan nuragan jinslar yotqizila boshlagan va so’ng yangi tektonik jarayonlarga tortilib adirlar ko’rinishidagi burmaliklar hosil bo’lgan. N.P. Vasilkovskiyning fikricha adirlar asosan subaeral va kontinental tipdagi ko’l fatsiyasi yotqiziqlaridan iborat. Tashqi tomondan qarag’anda adirlar polasasida koglomeratlarning keng tarqalaganligini, shimoliy hududlarga borgan sari esa qumtosh, glina va mergellar bilan almashinishini ko’ramiz. Adirlarini qoplab yotgan jinslar- elyuviy asosiy hususiyati bu erda 20-40 sm dan boshlab gipslashganligidadir. Adirlarni kesib o’tgan daryo vodiylari ko’pi joyda asosan 2-3 terassalardan tashkil topgan. Tuman hududining janubiy - garbida yuzasi kuchli nuragan qirlar ko’zga tashlanadi. Bu Gumxona qirlaridir. U Sirdaryoning o’ng sohilidagi Oqbel, Oqchop va Supatov bilan bir davrda xosil bo’lgan. bu qirlarni Sirdaryo ikkiga bo’lib tashlagan, uning bir bo’lagi Gumxona nomi bilan chap sohilida qolgan. Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki relyef shakllari nihoyatda xilma-xil, bunda turli xil balandlikdagi va turlicha qiyalikdagi hamda ekspozitsiyadagi qirlardan tortib, ularni qirqib o’tayotgan soylar va ostida suvi yuzaga chiqib turgan buloqli jarliklar bor. Tuman hududining chekka janubi ensiz polasalar holida Oloy -Turkiston tog’ tizmalari yonbag’ridagi daryo vodiylari bo’ylab ichkariga kirib boradi. Bu hududa qadimdan dehqonchilik qilinishi va ayniqsa so‘nggi yillarda yerlarni keng masshtabda o‘zlashtirilishi oqibatida tuman hududi tekislik qismining relyefi keskin o’zgartirib yuborildi. Tekislik relyefining relikta shakllari juda oz qoldi. Hozir hamma joyda sug’rishsh va melyorativ shoxobchalari bilan ‘‘ralgan kartalashtirilgan yerlar, kollektor-zovurlarning ikki shxilidagi grunt uyumlaridan iborat qirgoq bo‘yi ko’tarilmalari, har xil kattalikdigi errigatsion jarliklargina ko‘zga tashlanadi. Tekislik va pasttekisliklar mikro relyefidagi ayrim notekisliklarni va tuproq gruntini g’ovakligini hisobga olinmasa, sug’orish kanallari, kollektor-zovurlar, avtomobil yo’llari, qishloq va shaharchalar, sanoat korxonalari va boshqa inshootlar qurish hamda rekreatsion maqsadlarda foydalanish mumkin bo’lgan yaroqli va qulay yerlarning ko’piligi aniq ko’zga tashlanadi. Adir orti tekisliklarida zarur bo’lgan xollarda rekreatsion inshootlari bilan birga suv omborlari qurish ham mumkin. Adirlarning shimoliy yonbag’irlari hamma joyda yassi, 10-25 daraja nishablikka ega, tepalari esa yanada yassi, bu yerlarda uy-joy va sanoat obyeklari qurish, terassalar hosil qilib meva bog’lari holda inshootlari qurish imkoniyati kattadir. Qumliklar va qum tepalarida quyosh nuri, quruq iqlim bilan davolaydigan sanatoriylar va dam olish uylari barpo qilish uchun imkoniyatlar cheksizdir. Daryolar va soylarning vodiylari, quruq o’zanlari esa shabbodali barhavo va salqin so’lim joylar qiymatiga ega shuning uchun bu yerlar - doimiy va davriy o’choqli bo’lib qolish mumkin. Tuman hududining geografik o’rni o’ziga xos va shuning uchun uning iqlim hosil qilishidagi ro’li ham bir muncha o’zgacha. Hududning geografik o’rni, uning Yevrosiyo quruqligining ichki qismida joylashganligi, yer yuzasi tuzilishining harakteri, quyoshli va atmosfera serkulyatsiyasiga bog’liq holda, unda issiq, quruq va uzoq davom etadigan yoz, yumshoq va qisqa qish, yog’inlari asosan bahor va qish fasllarida bo’ladigan mo’tadil iqlimning kontinental tipini shakllanishiga olib kelgan.
2 _rasm Farg’ona viloyati Beshariq tumani iqlim xaritasi
Tuman hududida yil davomida quyoshli kunlar ko’p bo’lib, yozda quyoshli ufqdan ancha baland ko’tariladi. quyoshlili kunlar ham uzoq davom etadi va tumanning hamma qismida o’rta hisobda 2600-2800 soatga to’g’ri keladi. Quyoshning ufqdan balandda turadigan kunlarining hamda quyoshli kunlarning ko’pi bo’lgani sababli tuman hududida quyosh radiatsiyasini ko’pi olishi 90 barbarga. Beshariq tumani maydonining har santimetr kvadrat yuzasi yil davomida o’rtacha 145 kilokalloriya issiqqikni qabul qiladi. Shuncha issiqlikning 58 kilokalloriyasi yozga, 16 kilokalloriyasi qish oylariga to’g’ri keladi. Demak, yozda qishdagiga nisbatan 4 marta ko’pi issiqlik oladi. Qish faslida quyoshli radiatsiyasi susayganligidan tuman hududiga kirib kelgan bir havo massasi harorat va umuman ob-havoni tez o’zgartiradi. Shuningdek, noyabrning o’rtasidan toki fevral oyining o’rtasigacha quyoshning nur sochishi yo’li bilan yo’qotadigan issiqligi issiqlikning oshib ketishi ham, qish oylarining bir muncha sovuq bo’lishiiga ma’lum darajada sababchidir. Havo massalarining almashinib turishi ham muhim o’rin tutadi. Sovuq faslda mo’tadil mintaqaning kontinental havo massasi hududini qoplab olib siklonik harakatlarni kuchaytiradi. Buning natijasida sovuq faslning ob-havosi o’zgaruvchan, yog’inli va sovuq bo’ladi. Iliq faslda kontinental tropik havosi hududni egallab olib past bosimli oblastni hosil qiladi. Boshqa o’lkalardan kelgan havo massalari ham tezda o’zgaradi, havo ochiq, yog’insiz, issiq va quruq antisiklonik ob-havo kuzatiladi. (2-rasm) Iqlim xaritasi orqali ko’rganimizda havo massasining kelishi hududlarning hammasida yanvar oyidagi o’rtacha havo harorati no’ldan past, shu oydagi eng past harorat -1.-2 daraja darajadan pastga tushmaydi. Ayrim yillari, jumladan bu yilgidek qishdagi harorat 16-17 gradusgacha pasayib ketishi kuzatiladi. Bu yilgi animal sovuq, o’tgan asrning 60-70 yillar orasida ham kuzatilgan. Hudud iqlimining shakllanishida tumanning relyefi katta ta’sir ko’rsatadi. Tuman hududi turli qismlarning yer yuzasini turli balandliklarda joylashganligi ayrim rayonlar o’rtasidagi maxalliy iqlimda farqlar, ayniqsa issiqlik, namlikning tarqalishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Eng katta tafovut tumanning tekislik va adir qismlari o’rtasida yaqqol ko’rinadi. Tumanning g’arb tomoni ochiq bo’lganligidan havo massalari shu tomondan kirib keladi. Tekislikdan iborat bo’lishi, tor bo’lishi, 9-km dan iborat ochiqlik havo massalarini tez o’tib ketishiga, yog’in miqdorining kam bo’lishiga sabab bo’ladi. Tumanning mahalliy iqlimiga insonning xo’jalik faoliyati ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatmoqda. Katta maydonlarni egallagan sug’oriladigan maydonlarning bo’lishi yozgi yuqori haroratni pasaytiradi, nisbiy namlikni ortiradi va garmsellar kuchini sindiradi. Tuman hududining tekisliklarida o’rtacha yillik harorat 13-14 daraja, adir oldi va adirlarida10-12 daraja bo’ladi. Tumanda eng sovuq oy yanvardir. Garbdan keladigan, esadigan sovuq havo qishda tuman hududida yanvarning o’rtacha harorati minus-3 darajagacha pasayadi. Shimol va shimoliy- sharqdan esgan oylarda, ayrim yillari (yanvar) harorat 30 darajagacha pasayadi. Havoning isishi iyulgacha davom etadi va eng yuqori harorat +46 daraja tuman hududida, Beshariqda kuzatilgan. Tumanning tekislik rayonlarida yillik o’rtacha harorat amplitudasining kattaligi ko’proq yozgi yuqori harorat hisobiga bo’ladi. Sovuq bo’lmaydigan davr va tekisliklarda o’rta hisobda 200-230 kun, tog’larda esa 190 kun davom etadi. Shu davrdagi musbat haroratning yig’indisi 3800 -5000° ga boradi. Havoning nisbiy namligi tekislik va adir, adir oldilarda bir xil emas, havoning o’ta namligi va quruqligi odam organizmiga turlicha ta’sir etadi.Tekisliklarda havoning o’rtacha yillik nisbiy namligi kunduzi soat 13 00 da 55% tog’larda 45 % bo’ladi. Ertalab esa namlik tekisliklarda 75-80 foiz, tog’larda 60 foizga ortadi. Qish faslida haroratning pasayishi va yog’ingarchilikning ko’p bo’lishi natijasida nisbiy namlik bir muncha ortadi. Tekisliklarda yanvarda kunduzi nisbiy namlik 70 foiz atrofida bo’ladi. Adir va adir oldilarida 50-55 foiz atrofida bo’ladi.Bahorning o’rtalaridan to iyulgacha nisbiy namlik tekisliklarga deyarli bir xil bo’ladi. May oyidan boshlab nisbiy namlik kamaya boshlaydi. Nisbiy namlik 30 foizdan kam bo’lgan havo quruq hisoblanadi. May va Iyun oylarida nisbiy namlik tekisliklarda 30-35 foiz, etadi. Iyul oyida tuman hududining hamma qismida nisbiy namlik deyarli tenglashadi (30-40 foiz ). Bunda kunduzi quruq va issik vodiy shamolini esishi sabab bo’ladi. Yozning ikkinchi yarmida (avgust -sentyabr ) tekisliklarda nisbiy namlik 37-45 foizga ko’tariladi, Bulutlilik tuman hududida, viloyat hududiga nisbatan kam hisoblanadi. Qish oylari bulutlilik 65-70 foiz, bahorda 55-­60 foiz, yozda 20-40 foiz, kuzda 25-56 foizgacha boradi. Tuman hududida tumanli kunlar 20-30 kunni tashkil etadi. Atmosfera yog’inlarining tarqalishi hudud bоyicha ham fasllar bo’yicha ham notekis. O’rtacha yillik yog’in miqdori tekisliklarda 90-200mm, Eng kam yog’in (80-100 mm) eng kam yog’in Sho’rsuv posyolkasi atrofida yogadi. Sho’rsuv hududi Farg’ona vodiysining “Ustyurti” deb ataladi. Yillik yog’inning 30-39 foizi bahorda, 30-36 foizi qish oylarida, 12-14 foizi yozda va 12-18 foizi kuz oylarida tushadi. Tekisliklarda eng ko’pi yog’in martda- may oyida yog‘adi. Shunday bo’lsada bahordagi holatda jala yog‘ish ob-havoning noqulay tomonidir. Eng ko’p yomg‘irli kunlar ham bo’lib turadi, ayrim kunlari bir sutkada 25 mm yog’in tushadi. Tumanning hamma hududlarida qor yog’adi, ammo qor uzoq saqlanmaydi. Shuning uchun tekisliklarda doimiy qor qoplami bo’lmaydi. May-iyul oylarida kunning ikkinchi yarmida chaqmoqlar yuz berib turadi. tumanda 8-10 kundan ortmaydi. Landshaft resurslari ob-havosiga ko’p hollarda bu hududdagi shamollar rejimi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Havo oqimlari uning orografik holati bilan bo’g’langan. Shamollarning bunday esishiga sabab qishda vodiyning sharqidagi tog’larda maxalliy antitsiklonlarning hosil bo’lishi, yozda esa vodiyning qizib ketishi natijasida bu yerda mahalliy past bosim oblasti (termik depressiya) vujudga kelishi sababchidir. Shunday qilib “Farg’ona darvozasi” rayondagi har ikki tomonga esib turadigan shamollar tizimi vujudga keladi. Dekabr, yanvar va fevral oylarida hamma joyda kam holatlarda sharqiy shamollar, ya’ni surish rejimi hukmronlik qiladi. Martda tumanning garbiy rayonlarida shamollar kuchayib, aprelda hamma joyda (tekisliklarda) bu shamollar, ya’ni xaydash rejimi hokimlik kiladi. “Farg’ona darvozasidan” vodiyga tomon esuvchi garbiy shamollar Qo’qon shamoli deyiladi. Bu shamollar may noyabr oylarida ham xokilik qiladi. Qo’qon shamoli yiliga o’rta hisobda 53 kun esadi, 2020 yillardan boshlab bunday shamolar soni va kuchi anchagina kamayganligi sezilmoqda. Shamolning qo’zgalishi g’arbdan kelgan sovuq frontlarga bog’liq bo’lib bosim oshganda g’arbiy shamollar kuchayadi (sekundiga 15-25 m ) havo ancha sovib nisbiy namlik kamayadi. Kuchli shamollar g’arbda mart -may, sharqda esa may- iyul oylariga to’g’ri keladi. Kuchli shamolli kunlar garbda 40-50 kun, sharqda 10-25 kunga boradi. Tog’oldi va tog’ mintaqasida tog’ vodiy va fyon kabi shamollar kuzatiladi. Tog’-vodiy sirko’lyasiyasi tizimida tog’ shamollari hokimlik qiladi. Tog’ shamollari kechasi, vodiy shamollari kunduzi esadi. Qish va baxor faslida fyon shamollari pastga qarab esadi. Tog’larda pastga esayotgan havo zichlashib isiydi, oqibatda havoning harorati 20-24 darajagacha ko’tarilib, qor qoplami tez eriy boshlaydi. landshaftlari resurslarini baholashda ob-havo va iqlimining fasllarga ko’ra o’zgarishi hususiyatlarini bilish katta ahamiyatga eta. shuning uchun iqlimning fasllarga ko’ra o’zgarishlariga aloxida to’htab o’tamiz. Tuman hududida yil fasllarining boshlanishi va davom etishi o’ziga xosdir. O’zbekistonda respublika bo’yicha o’rtacha sutkalik harorat 5 darajadan yuqori bo’lgan kunni qishning oxiri va bahorning boshi deb hisoblaydilar, chunki shu davrdan o’t-o’lanlar vegetatsiyasini boshlaydi. Kuzda sutkalik harorat 5 darajadan pasaygan kun esa kuzning oxiri va qishning boshlanishi hisoblanadi, chunki shu davrdan boshlab o’simliklarning vegetatsiyasi tugaydi.

II.3. Beshariq tumani aholisi va mehnat resurslari.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, Beshariq tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 238 478 kishini tashkil qildi. Va yil boshidan 3 865 kishiga yoki 1,6 %ga ko’paydi. Shuningdek, 2023- yilning 1-yanvar holatiga Beshariq tumanida 117,6 ming kishi ayollarni va 120,8 ming kishini erkaklarni tashkil etgan. Tug’ilish darajasi. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tug’ilganlar soni 5571 kishini tashkil etdi va 2021- yilning shu davriga (5 520 kishi) nisbatan 51 kishiga ko’paydi. Tug’ilish koeffitsienti mos ravishda 23,6 promilleni tashkil qildi (2021- yilning shu davrida 23,7 promille). O’lim darajasi. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida o’lganlar soni 1190 kishini tashkil etdi. Va 2021- yilning shu davriga (1018 kishi) nisbatan 72 kishiga ko’paygan. Mos ravishda o’lim koeffitsienti 5,0 promilleni tashkil qildi (2021- yilning shu davrida 4,4 promille). Tabiiy o’sish 2021- yilning shu davri (4 502 kishi) ga nisbatan 121 kishiga kamaygani aniq ekanligi ma’lum. Nikohlar va ajralishlar. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlarida 1 843 ta nikohlar va 226 ta ajralishlar ro’yxatga olindi. Mingta aholiga nisbatan 7,8 nikoh (2021- yilning tegishli davrida 8,0) va ajralishlar 1,0 (2021- yilning tegishli davrida 0,8) to’g’ri keladi. Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tuman bo’yicha ko’chib kelganlar soni 213 kishini, shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 729 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig’i minus 516 kishiga (2021- yilning shu davrida minus 580 kishi) teng bo’ldi. O’rtacha oylik ish haqi. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida Farg'ona viloyatida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2900,5 ming so’mni, Beshariq tumanida esa 2074,3 ming so’mni tashkil etdi. Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud. (2022- yil yanvar - dekabr oylarida)

Ko’rsatkich nomi

2022- yil yanvar-dekabr

O’zbekiston Respublikasi

Farg’ona viloyati

Beshariq tumani













Doimiy aholi soni, ming kishi

36 024,9

3 976,5

238,5

shundan, shahar joylarda

18 335,7

2 231,6

83,8

qishloq joylarda

17 689,2

1 744,9

154,7

Tug‘ilganlar soni, kishi

932 192

101 377

5 571

Vafot etganlar soni, kishi

172 075

18 460

1 190

shundan, bir yoshgacha bolalar o’limi

8 088

576

34

Tuzilgan nikohlar soni, kishi

296 689

31 992

1843

Ajrimlar soni, kishi

48 735

5 445

226

Ko‘chib kelganlar soni, kishi

214 821

8 618

213

Ko‘chib ketganlar soni, kishi

221 288

11 422

729


II.4.Beshariq tumani xo’jaligi
Korxona va tashkilotlarning umumiy tavsifi. Korxonalar va tashkilotlar yagona registr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlar (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 2 046 tani tashkil qilib, shundan 1 849 tasi yoki 90,4 %i faoliyat ko‘rsatmoqda. Yil boshidan jami 441 ta korxona va tashkilotlar ro’yxatdan o’tkazilgan bo‘lsa, 70 ta korxona va tashkilotlar tugatilgan. 2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi, %da


Faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2023-yil 1- yanvar holatiga ko‘ra 1849 tani tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga solishtirilganda 257 taga ko‘paygan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 29,5 % savdo, 16,0 % sanoat, 6,3 % qurilish, 4,5 % yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 6,5 % qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo’jaligi, 3,6 % tashish va saqlash, 2,3 % axborot va aloqa, 2,9 % sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 28,4 % boshqa faoliyat turlari hissasiga to’g’ri keladi. Faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklarining yo‘nalishlar bo’yicha tarkibiy bo’linishi Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Beshariq tumanida faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 830,5 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 108,9 %ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 100,0 %i kichik biznes subyektlari hissasiga to’g’ri keladi
Ko

’rsatkichlar

2022-yil yanva dekabr oylari







Sanoat korxonalari, jami

312

Yirik

0

kichik korxona va mikrofirmalar

312










Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha sanoat ishlab chiqarish tarkibi (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga nisbatan, %)

2021-yil yanvar-dekabr



2 022-yil yanvar-dekabr








Tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar tomonidan 2022- yil yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4,7 mlrd. So’mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqaradigan sanoat (qayta ishlash sanoati) 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 793,6 mlrd. So’mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 95,6 %ni tashkil etdi. Elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 26,1 mlrd. So’mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,1 %ni) tashkil etdi. Suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish. Suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6,1 mlrd. so‘mni, (ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,7 %)ni tashkil etdi. Hisobot davrida xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish hajmi 272,8 mlrd.so’mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati esa 100,2 %ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 66,7 mlrd.so’mi (24,4 %) oziq-ovqat mahsulotlari, 206,1 mlrd.so‘mi (75,6 %) nooziq-ovqat mahsulotlari ulushiga to’g’ri keladi. Hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 101,6 %ni, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi esa 99,7 %ni tashkil etgan. Tarmoq va hududiy korxonalarning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlari.Beshariq tumani bo‘yicha yuqori ulush savdo xizmatlari (34,0 %), moliyaviy xizmatlar (15,2 %) va transport xizmatlari (20,7 %)da qayd etildi. Uncha yuqori bo‘lmagan ulush me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,2 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,6 %)da qayd etildi. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar hajmi 748,3 mlrd.so’mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 114,9 %ga to’g’ri keldi. Hisobot davridagi jami xizmatlar hajmida yirik korxonalarining hajmi 271,1 mlrd.so‘mni (o‘tgan yilning mos davrida 141,1 %), mikrofirma va kichik korxonalarining hajmi 136,6 mlrd.so‘mni (o‘tgan yilning mos davrida 114,5 %) va yakka tartibdagi tadbirkorlarining hajmi 340,5 mlrd.so‘mni (o‘tgan yilning mos davrida 100,3 %)ni tashkil etdi. Beshariq tumani bo‘yicha yuqori ulush savdo xizmatlari (34,0 %), moliyaviy xizmatlar (15,2 %) va transport xizmatlari (20,7 %)da qayd etildi. Uncha yuqori bo‘lmagan ulush me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,2 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,6 %)da qayd etildi. Mulkchilik shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) umumiy sonining 211 tasini yoki 5,4 %ini davlat korxonalari tashkil etib, qolgan 3 676 tasi yoki 94,6 %ini nodavlat korxonalar ulushiga to‘g‘ri keladi. 2023- yilning 1- yanvar holatiga Beshariq tumanida jami 309 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 284 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 13 taga ko‘paygani kuzatilgan. Beshariq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalarning viloyatda tutgan ulushi 4,3 %ga teng bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 0,3 %ga kamaygan, mos ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning viloyatdagi ulushi 0,4 %ga kamayib, 4,3 %ni tashkil etgan. Yil boshidan 37 ta oilaviy korxonalar tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu vaqtgacha 7 ta oilaviy korxona tugatilgani kuzatish mumkun. Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga ro‘yxatga olingan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 737 tani tashkil etib, shundan 1 546 tasi yoki 89,0 % i faoliyat ko’rsatmoqda. Yil boshidan 428 ta kichik tadbirkorlik subyektlari yangi tashkil etilgan bo’lsa, 62 ta kichik tadbirkorlik subyekti esa tugatilgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 737 ta (36,6 %i), sanoat 342 ta (20,0 %i), qurilish 110 ta (7,6 %i) hamda boshqa turdagi xizmat ko’rsatish 176 ta (12,1 %i) sohalariga to’g’ri keladi. Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 13 tani tashkil etib, 13 tasi faoliyat ko’rsatmoqda. Yil boshidan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 3 tani tashkil etilgan bo’lib, xech qanday xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxona tugatilmagan.





Download 4.84 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 4.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Beshariq tumanining geografik joylashuvi

Download 4.84 Mb.