• 1.2. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati………………….12 II.Bob. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi…………….24
  • Xulosa…………………………………………………………………………….37 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………38 KIRISH
  • Kirish I. Bob. Qashqadaryo viloyatining tabiiy-iqtisodiy salohiyati




    Download 86.25 Kb.
    bet1/7
    Sana18.04.2024
    Hajmi86.25 Kb.
    #200689
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari
    Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi, Zokirov Dasturlash xx, Роль компьютера в жизни современного человека, Шахсий компютернинг асосий компонентларилот, Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari, 40 IELTS Listening Tests - Section 3 (with answers), Murodali, 4-deadline, Deadline 3(21-30), Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya, 1 амалий машгулотга топширик, 2 амалий машгулотга топширик, 1-mavzu Qattiq jismlarda diffuziya xodisasi, round-up-0, 5G security

    Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari

    Mundareja:


    Kirish………………………………………………………………………………2
    I.Bob. Qashqadaryo viloyatining tabiiy-iqtisodiy salohiyati………………..…4
    1.1. Qashqadaryo viloyatining Respublika iqtisodiyotidagi tutgan o'rni ……4
    1.2. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati………………….12

    II.Bob. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi…………….24
    2.1. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalari……………24
    2.2. Qashqadaryo viloyatining muammolari va istiqbollari………………...29
    Xulosa…………………………………………………………………………….37
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………38

    KIRISH
    Bugungi Qarshi ko‘p funksiyali shahar hisoblanadi. Shahardagi sanoat tarmoqlari tarkibida yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati yetakchi o‘rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog‘-sut zavodi, tikuv fabrikasi, qurilish materiallari, metallarga ishlov beruvchi kombinatlar viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush qo‘shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Qarshi shahrida 20 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatadi. "Mevalar kamalagi” O‘zbekistonBritaniya, "Qarshiyog‘” O‘zbekiston-Singapur qo‘shma korxonalari mahalliy xomashyoni qayta ishlash yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqaradi.Qarshi va uning tevaragida paxta, ipak, yog‘ zavodlari, metal ishlash korxonalari, tikuvchilik fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi korxonalar qurilib, Qarshi sanoat tuguniga aylandi. Cho‘lni o‘zlashtirishda Qarshi tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo‘l va avtomobil yo‘llari Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon,Koson kabi shahar va shaharchalarning ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali va boshqa ta’lim muassasalari bor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Qarshi shahridagi Islom Karimov koʻchasida joylashgan Bolalar bogʻi nomini “Vatanparvarlar” deb oʻzgartirish, bu yerda ana shu sharafli nomga uygʻun ruhda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan topshiriq bergan edi. Bogʻni barpo etishdan maqsad yoshlarda tariximiz va madaniyatimizdan gʻururlanish tuygʻusini kuchaytirish, Vatan ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini abadiylashtirish, armiyamiz qudrati va salohiyatiga ishonchni kuchaytirishdan iborat.
    Qarshi shahri viloyatimizning eng boy tarixga, rivojlangan madaniyatga ega bo’lgan O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Qashqadaryo deb atala boshlagan."Qarshi" nomining kelib chiqishi to‘g‘risida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi mo‘g‘ul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qadimgi turkiychada "saroy" ma’nosini anglatgan) bilan bog‘liq deb ta’kidlaydi. "Qutadg‘u bilig" ("Saodatga yo‘llovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" ma’nosida qo‘llangan. "Boburnoma"da ham bu nom mo‘g‘ul tilidan olinganligi ta’kidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr ma’nolari ko‘proq qo‘llanadi. Zamonaviy Qarshi shahri - mamlakatimizning janubiy-g‘arbiy qismida, Qashqadaryoning sohilida dengiz sathidan 378 metr balandlikda joylashgan yer usti tekisligidan iborat bo‘lib, ayrim joylarda ya’ni sharq tomondan sezilar sezilmas to‘lqinsimon ko‘rinishdadir. Qashqadaryo sharoitida mehnat resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va tabiiy boyliklardan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shaharda mehnat resurslarining o‘sishi, aholi sonining o‘sishi uning tarkibi va migrasion harakatiga bog‘liq. Shahar aholisining o‘sishi 1960 yillardan keyin tez ko‘payib bordi. Masalan, 1959 yil aholi ro‘yxati bo‘yicha shaharda 33 ming kishi yashagan bo‘lsa, 2022 yilda 289,6 ming kishiga yetdi. Aholining bunday ko‘payishi birinchi navbatda Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish munosabati bilan hamda viloyat hududidan tabiiy manbalarning ko‘plab topilishi shahar xo‘jaligining rivojlantirish imkonini yaratadi, bu esa shaharga ko‘plab kishilarning kelib joylashishiga sabab bo‘ldi. Aholining ko‘payishi bilan mehnat resurslari (158,6 ming kishi) ham ko‘payib bordi. Umumiy aholining 47,1 % ijtimoiy mehnatda band. Qolgan qismi yosh bolalar, o‘smirlar, nafaqaxo‘rlar hisoblanadi. Qarshi shahrida mehnatga layoqatli yoshlarni umumiy soni (165,5 ming kishi) o‘sib bormoqda. Shuning uchun ham yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida shaharda tadbirkorlikni shakllantirish o‘rta va kichik biznes va boshqa sohalarni rivojlantirishni talab etadi. Mana shu yo‘l bilan o‘sib kelayotgan mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashda xalq iste’mol buyumlarini ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatini tug‘diradi. O‘zbekistonning janubiy mintaqa shaharlariga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri aholining tabiiy o‘zgarishi bo‘lib, shahar aholisi turmush sharoitini yaxshilanganligi tug‘ilishni o‘sib borganligidan dalolat beradi. Qarshi shahrida tug‘ilish darajasi (har 1000 kishiga nisbatan) 29,7 promilleni, o‘lim.


    Download 86.25 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 86.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I. Bob. Qashqadaryo viloyatining tabiiy-iqtisodiy salohiyati

    Download 86.25 Kb.