• Qashqadaryo viloyati
  • §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti




    Download 0,59 Mb.
    bet4/5
    Sana01.04.2017
    Hajmi0,59 Mb.
    #2823
    1   2   3   4   5
    §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti

    O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizi- mini shakllantirishga kirishildi. Huquqiy demokratik davlat barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat boshlig‘i — Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi.






    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINI SAYLASHNING ASOSIY PRINSIPLARI

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken- O zbekiston Prezidenti gashining 1991- yil 18- noyabrda bo‘l- saylovi gan VIII sessiyasida ,,O‘zbekiston Res­

    publikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonundan.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18- noyabrda bo‘lgan VIII sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida“ qaror qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuniga belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komis-

    siyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komis- siyalari tuzildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada birinchi bor o‘tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyush- qoqlik bilan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyalari tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina vakillar kiritildi.

    Markaziy saylov komissiyasi 1991-yil 22-noyabrda O‘zbe- kiston Prezidentligiga O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov hamda „Erk“ demokratik partiyasi­dan ko‘rsatilgan Salay Madaminov nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.

    Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlar- ni, 11 mln. nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida ta’minlandi. Prezi- dentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Say- lovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta’sis etgan mustaqil mamlakatlardan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Tur- kiya, Malayziya va boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi.

    Malayziya (Persekutuan Tanah Malaysiu) - Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M. (Malayya) Malakka ya. o.ning jan.da, Sharkiy M. Kalimantal o.ning shim.
    Ular O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar.

    1. yil 29- dekabrda demokratik me’yor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi aso- sida tarixda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln. 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi.

    Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 mln. 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi.

    1. yil 30-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35- moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni




    O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov.


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.



    1. yil 4- yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O‘zbe- kiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chi- qildi va mazkur masala bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi- ning qarori tasdiqlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risi- dagi qonunning 38- moddasiga muvofiq Islom Abdug‘a- niyevich Karimov 1991- yil 31- dekabrdan boshlab O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroridan. 1992-

    yil 4- yanvar

    Oliy Majlisning mazkur sessiyasida Islom Karimov so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan ishonch uchun butun respublika xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi va qasamyod qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini baja- rishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sado- qat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkin- liklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman.



    1. yil 4- yanvar

    Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi- ning umumxalq saylagan birinchi Prezidenti bo‘ldi.

    O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov- ning tarjimayi holi.



    Islom Abdug‘aniyevich Karimov — 1938-yil 30-yan­varda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma ’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xojaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexa- nik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojalik mashinasozligi zavodida boshlagan.

    1. yildan 1966-yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.

    1966- yilda O‘zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o ‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

    1983-yilda I. Karimov O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986- yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi.

    1986—1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
    Qashqadaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.


    1. yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

    2. yil 31-avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea — O‘zbe- kiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.

    1. yil 29-dekabridan muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Pre­zidenti etib saylandi.

    1. yil 26- martida bo ‘lib o ‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar uzaytirildi.

    2000-yil 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.

    2002- yil 27- yanvarda bo ‘lib o ‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yillga uzaytirildi.

    2007- yil 23- dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. I.A. Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1994- yil), o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universitet va akademiya- larining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga say- langan.

    I. Karimov O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali sohibi (1994), Mustaqillik“ (1996), Amir Temur“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

    I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mus- tahkamlash, ma’naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasida- gi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xori­jiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

    U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A. Karimova — iqtisodchi ilmiy xodim.

    O‘zbekiston Respublikasi Kons- O‘zbekiston Prezidentining titutsiyasining 19-bobida O‘zbe- Konstitutsiyaviy maqomi kiston Prezidentining Konstitutsiya­viy maqomi aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 89- moddasida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi, deb belgilab qo‘yilgan. Prezidentning shaxsi daxl- sizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.

    Konstitutsiyaning 93- moddasida O‘zbekiston Prezidentining vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilab berilgan.

    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:



    • fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Res­publikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

    • O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi ma- salalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur cho- ra-tadbirlar ko‘radi;

    • mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekis- ton Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

    • muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasi­ning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga ri- oya etilishini ta’minlaydi;

    • o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

    • respublika Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

    • viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi;

    • O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi, qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qayta- rishga haqli;

    • Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayin­laydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

    • O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

    • O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asosla- nib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

    Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezi­dent umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.

    1. yil 26- martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va- kolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.

    „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini

    1. yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?“ degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi, yoki ovoz berishda qatnash- ganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi.

    Referendum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI





    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19— 20- avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XV sessiyasi 2000- yil 9- yan­varda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston „Fido- korlar“ milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdu- g‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.




    1. 49
      — Q. Usmonov

    2000- yil 9- yanvarda muqobillik va demokratik ta- moyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti say­lovi bo‘lib o‘tdi.

    Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foi- zi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten ha- qiqiy emas deb topildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respubli­kasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.


    1. A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi, uning mustaqillik yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumxalq tomonidan ma’qullanishi va qo‘llab- quvvatlanishi, mamlakat barcha aholisining unga bo‘lgan to‘la ishonchidan guvohlik beradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2007- yil dekabrda tugashi munosabati bilan O‘zR Prezidenti lavozimiga saylov o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Mar­kaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiya- sidan ko‘rsatilgan A. A. Rustamovni, O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan D.G. Toshmu- hamedovani, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ko‘rsatilgan A. X. Saidovni, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan I. A. Karimovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.

    2007-yil 23- dekabrda oshkoralik va ochiqlik, muqobillik va sog‘lom raqobat asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 16.297 000 nafar saylovchidan 90,6 foizi ovoz berishda qatnashdi. Saylovda ishtirok etganlarning 88,1 foizi Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini yoqlab ovoz berdi.

    2007-yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining majlisi I. A. Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi, deb hisoblashga qaror qildi.

    Respublika fuqarolari O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvini, iqtisodiy mustaqilligini, mamlakat xavfsizligining mustahkamlanishi va jahon hamjamiyatida uning obro‘-e’ti- borining ortib borishini haqli ravishda I. A. Karimov faoliyati bilan bog‘laydilar.



    1. O‘zbekiston Prezidenti saylovi qanday qonun asosida tashkil etiladi?

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kimlar saylanishi mum- kin?

    3. Prezident saylovi kunini qaysi hokimiyat organi tayinlaydi?

    4. Saylov okrugi va uchastkalari deganda nimalarni tushunasiz?

    5. Saylov byulleteni nima?

    6. O‘zbekiston Prezidentligiga birinchi umumxalq saylovi qachon bo‘ldi? Natijalarini bilasizmi?

    7. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov- ning tarjimayi holini so‘zlab bering.

    8. O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomini bilasizmi?

    9. O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddatini uzaytirish to‘g‘risi- dagi referendum qachon bo‘lib o‘tdi?

    10. 2000-yil 9-yanvarda, 2007-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar natijalarini bilasizmi?

    1. §. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li

    Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan

    Yangi yo l tanlash zarurafi Vatanimiz hayotida tarixiy burilish

    sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangi- lash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi.

    Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi.

    Ma’lumki, 90-yillar boshlarida mustaqillikka erishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda rivojlangan mamlakatlar darajasiga eri- shamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq O‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti bunday shov-shuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi.

    Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli maf- kurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmas- ligini ta’kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabat-


    larning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odam- larni tayyorlash, tarbiyalash kerak edi.

    „Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi“.

    Islom Karimov. Asarlar, 7- jild, 375-bet.

    Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mam- lakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andaza bo‘lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andazasini ishlab chiqishga intiladi. O‘zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga xos yo‘lni ishlab chiqish zarur edi.

    Vatan, millat taqdiri hal bo‘layotgan MUUy taraqqiyotning mustaqillikning dastlabki murakkab, „Ozbek modeli“ mas’uliyatli pallasida Prezident Islom

    Karimov o‘zining hayotiy tajribasi, boshidan kechirgan achchiq-chuchuk voqealardan olgan saboq- lari va har bir voqeaga ilmiy asosda yondashish, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyatiga tayanib O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishga bosh-qosh bo‘ldi.

    Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respubli­kasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiya­sida (1992-yil 4-yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda


    1. yil avgust oyida nashr etilgan „O‘zbekistonning o‘z is- tiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi.

    O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi?

    O‘zbekiston yo‘li, birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraq- qiy topgan davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo‘lini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan foydalanish, degan ma’noni bildiradi.

    Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larza- larsiz, evolutsion yo‘l bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish — tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir.

    Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xusu- siyatlari, davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda belgilandi.

    To‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda Islom dini, uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati hisobga olindi.

    Islom (arab. - boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi.

    Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geo- strategik mavqeyi, mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy im- koniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy resurslari asos qilib olindi.

    Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi.

    Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur edi, albatta.

    Milliy istiqlolning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, har qanday „izm“ lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi.

    O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir.

    Xalq davlat hokimiyatining manbayidir. Uning xohish- irodasi davlat siyosatini belgilab beradi.

    I. A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.

    T. ,,O‘zbekiston“, 1992, 15—16-betlar.

    Kelajagi buyuk O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jamiyatning erkinligini, fuqarolarning farovon turmushini ta’minlashga qaratilgan. Yurtboshimiz o‘zining mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, iqti­sodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini ka- folatlaydigan darajada isloh etish, tubdan yangilash vazifa- larini belgilab berdi.



    Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:

    • xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni, xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq im- koniyatga ega bo‘lishini;

      Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti

    Download 0,59 Mb.