• Annotatsiya
  • Integratsiyasi




    Download 272.25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana06.11.2023
    Hajmi272.25 Kb.
    #94589
      1   2
    Bog'liq
    Ko\'makova Dilshoda Shirinqulovna
    6-Маъруза ЭваС2 21-22, Modernity ppt


    BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYA VA 
    INTEGRATSIYASI 
     
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7026858
     
    Ko'makova Dilshoda Shirinqulovna 
    Toshkent shahar Bektemir tumani 
    345 maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
    CHDPI talabasi 
    Annotatsiya:Ushbu maqolada maktablarda boshlang‘ich ta’limning samaradorligini 
    oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali 
    foydalanish usullari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, maqola koʻp yillik tajriba 
    natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali taʼlimni eng ilgʻor-effektiv 
    yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi va tahlill qiladi.  
    Kalit so’zlar: Boshlang’ich ta’lim, mehnat, tarbiya, texnologiya, islohot, pedagogik 
    texnologiya, ilgʻor-effektiv yoʻllar, pedagogik tahlil va tajriba.  
    KIRISH
    Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda 
    rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash 
    zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning 
    ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj 
    kuchaydi. Ta’lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan 
    hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya 
    sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib 
    berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta 
    ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim mazmunini 
    yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va 
    ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el 
    tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
    O‘quvchilarga bilim berishda samarali qo‘llansa bo‘ladigan interfaol uslublar, 
    didaktik o‘yinlar, o‘quvchilarga mos metodlar, ta’limiy mashqlardan kiritilgan. Bu 
    o‘yin mashqlaridan darslarda ta’limiy musobaqa tarzida ham foydalansa bo‘ladi 
    va ular 25-35 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bevosita, o‘zim ish faoliyatimda yaratgan 
    innovatsion g‘oyalarimdan ham namunalar keltirganman. Oʻquvchilarga 
    darslarda singdirilgan kompetensiyaviy yondashuvlar, ular hayotida, albatta, 
    asqotadi degan umiddaman. Xullas, o‘quvchialarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, 


    bilim sifatini oshirishda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim sifat 
    samaradorligini oshishida bu maqola yaxshi xizmat qila oladi, deb o‘ylayman. 
    Zero, bugungi kunda o‘qituvchining qilayotgan mehnati, albatta, ertaga o‘z 
    samarasini beradi.
    MUHOKAMA VA NATIJALAR
    Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
    islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va 
    huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun 
    ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy 
    bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning 
    munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga 
    chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Aynan shu vazifa va topshiriqlarni 
    amalga oshirish uchun “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
    rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” 
    tashkil etildi va uning taʼlimga bagʻishlangan ustuvor yoʻnalishlari sifatida 
    ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan gʻoyalarni oʻz tarkibiga oladi.
    O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va 
    yo‘nalishlarini belgilab berdi. “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’limni 
    tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. Unda “Uzluksiz 
    ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali 
    raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar 
    yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg‘or 
    pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv – uslubiy majmualarini yaratish va 
    o‘quv – tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning 
    asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. Darhaqiqat, innovatsion 
    yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining 
    unumdorligini oshiradi. Oʻquvchilarga kompetensiyalarni har bir dars ko‘lamida 
    puxta singdirib borishimiz kerak. Bunda biz o‘qitishda yangi ped 
    texnologiyalardan, innovatsion g‘oyalardan, interfaol uslublar va kreativ 
    yondashuvlardan o‘rinli ravishda o‘z vaqtida foydalana bilishimiz lozim. 
    O‘quvchilar biz yaratgan innovatsiyalar orqali yetarli bilim egallaydi, deb 
    o‘ylayman.
    Men o‘z ish faoliyatim davomida ko‘pgina innovatsion g‘oyalardan,turli xil 
    didaktik o‘yin mashqlardan keng ko‘lamda foydalanaman.Oddiygina yaratgan 
    o‘yin mashqimiz ham o‘quvchi uchun juda qiziqarli va esda qolarli bo‘ladi. Men 


    o‘qish darslarida ayniqsa, “Yosh aktyorlar”, “Quvnoq quyonchalar”, “Bu meniki”, 
    “Charxpalak”, “Zanjir”, “Davom ettir”, “Maqollar zanjiri”, “Yosh suxandon”,
    “Sinkveyn” metodi, “Venn diagrammasi”, “Zig-zag” texnologiyasi, “Topib 
    o‘qi” kabi usul va ta’limiy mashqlardan ko‘p foydalanaman. Bu o‘yinlar 
    o‘quvchilarga juda yoqadi. Hattoki o‘quvchilar o‘zlari ham yangi o‘yin mashqlari 
    yaratib, kartochkalar yozib kelishadi.Bundan juda quvonaman. Bu albatta, 
    ko‘pincha kreativ fikrlashdan kelib chiqadi. Matematika darslarini o‘quvchilar 
    juda yaxshi ko‘radilar.Bu darsga men juda puxta tayyorgarlik ko‘raman. Chunki 
    o‘quvchilar bilimi juda yaxshi, shuning uchun ular mendan yangi narsalar 
    so‘raydilar, mantiqiy mashqlar berishni iltimos qiladilar. Bunda men ko‘pincha 
    “Kim birinchi”, “Mohir hisobchi”, “Atamani top”, “Uchqur kema”, “Ziyrak 
    quyonlar”, “Orzular kemasi”, “Tez javob”,
    “Mo‘jizalar maydoni”, “Baliqchalar tutish”, “O‘zim tekshiraman”, “BBB”, 
    “Ortiqchasini top” kabi metod va o‘yin usullaridan juda ko‘p foydalanaman. 
    Bularni davom ettirsak juda ko‘p, bu o‘qituvchining dars o‘tish mahoratiga bog‘liq.
    Ona tili darslarida esa “Qoidani top”, “Karvon”, “Quruvchilar”, “Kim zukko, 
    kim tezkor”, “Noto‘g‘ri jumla”, “Qarsak chaldi”, “Hikoya”, “Boshqotirma”, 
    “Tushunchalar tahlili”, “So‘z ichida so‘z”, “Quvnoq alifbo”, “Rasmli diktant”, 
    “Boshqotirma”, “Ha yoki yo‘q”, “So‘z yozish”, “Baliq skleti” kabi didaktik o‘yin 
    va ta’limiy mashqlarlardan keng foydalanaman. “Quruvchilar” o‘yiniga to‘xtalib 
    o‘taman. Bunda o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va har bir guruhga “Zamonaviy 
    uylar” qurish uchun “g‘ishtchalar” taqdim etiladi. “Tom” chalarga so‘z turkumlari 
    nomlari yoziladi.O‘quvchilar so‘z turkumlariga doir so‘zlarni aralash tartibda 
    berilgan g‘ishtchalardan topib,tegishli uychalarni qurishi kerak bo‘ladi.Albatta,bu 
    o‘yinda bilim,tezkorlik va hamkorlik juda muhimdir.Muhimi o‘quvchilarning 
    o‘sha fanga,maktabga va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi yanada oshadi.
    “Innovatsiya” – bu yangilik demakdir. Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga, 
    albatta, biror yangiliklar yaratib bilim berib borsak, natijasi yaxshi bo‘ladi. 
    Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi 
    faoliyati doirasida aniq belgilanadi. Bu ta’limni tashkil etishning aniq 
    texnologiyasini ko‘rsatadi.
    Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga 
    joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi 
    kunning vazifasiga aylandi. Men ko‘pincha darslarimda “Blits-o‘yin” 
    texnologiyasidan keng foydalanaman. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni harakatlar 
    ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan 
    narsanng ko‘p xilma-xil ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga 


    qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil 
    fikrlarini boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit 
    yaratib beradi. Bu texnologiya yettita bosqichda amalga oshiriladi. O‘quvchilar 
    buni juda qiziqib bajaradilar va ularning yodida mavzu uzoq saqlanib qolishiga 
    sabab bo‘ladi. Darslarda axborot texnologiyalarining ishlatilishi, innovatsion 
    g‘oyalardan va yangi pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish 
    o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini, ularning qiziquvchanligini, 
    mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Bulardan samarali foydalanish 
    o‘qituvchidan juda yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. Biz o‘qituvchilar har 
    doim jajji o‘quvchilarimz uchun izlanishda, yangiliklar yaratishda bo‘lishimiz 
    lozim va bizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir.
    XULOSA
    Xulosa qilib aytganda, didaktik o‘yinlar, interfaol uslublar, ta’limiy mashqlar, 
    yangi-yangi metodlar barchasi o‘quvchini yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishga va 
    ta’lim sifatini oshishiga xizmat qiladi. Biz pedagog muallimlarning ham 
    maqsadimiz shudir. O‘quvchilar qanchalik kreativ fikrlab, mustaqil bajara olsalar 
    biz maqsadga erishgan bo‘lamiz. O‘quv jarayonida motivatsiyadan foydalanish va 
    rag‘batlar berish ham, albatta, innovatsion yondashuvda juda qo‘l keladi. Har bir 
    o‘qituvchi darslarga innovatsion yondashib, yangi zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanib darslar o‘tsa bu o‘z natijasini beradi. Mustaqil 
    O‘zbekistonimiz kelajagi bilimli, mustaqil fikrlaydigan tadbirkor va tashabbuskor 
    kadrlarga bog‘liq. Ular esa maktablarda tarbiyalanadi.

    Download 272.25 Kb.
      1   2




    Download 272.25 Kb.
    Pdf ko'rish