• Chiqish kaskadlari haqida tushuncha. Umumiy ma’lumotlar.
  • Kuchaytirgich
  • 6- mavzu. Ims chiqish kaskadlari. Reja




    Download 300.5 Kb.
    bet1/8
    Sana19.05.2023
    Hajmi300.5 Kb.
    #62110
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    6-Маъруза ЭваС2 21-22
    Ko\'makova Dilshoda Shirinqulovna, Modernity ppt

    6- mavzu. IMS chiqish kaskadlari.


    Reja:

    1. Chiqish kaskadlari haqida tushuncha.

    2. Bir taktli chiqish kaskadlari.

    3. Ikki taktli chiqish kaskadlari.




      1. Chiqish kaskadlari haqida tushuncha.



    Umumiy ma’lumotlar. Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama RYu deb ataluvchi yuklama vazifasini bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron-nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
    Kirish signali manbaida yoki datchikda, turli noelektr kattaliklar elektr signaliga birlamchi o‘zgartiriladi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik» qiladi.
    Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati bo’lgan kirish quvvati PKIRni PChIQga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
    (6.1)
    Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
    Bu shart ideal kuchaytirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.
    Kuchaytirgich deb, manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.
    Kuchaytirishni ta’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z tarkibida kirish signali ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartiruvchi elementga ega bo‘lishi zarur. Lekin hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o‘zgartiruvchi kuchaytirgich elementlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan boshqariluvchi element sifatida BT va MTlar ishlatiladi. Nochiziqli VAXga ega bo‘lgan holda, tranzistor amalda boshqariladigan qarshilikni ifodalaydi. Qarshilik qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal qiymati va ishorasiga bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo‘lib VAXining nochiziqligi va temperaturaga bog‘liqligi hisoblanadi.
    Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 6.1-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, u kirish RKIR va chiqish RChIQ qarshiliklari hamda kuchlanish manbaidan tashkil topgan. Kuchaytirish kaskadi, ko‘p kaskadli kuchaytirgich yoki OK kuchaytirgich bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kuchaytirgichning 1 va 2 kirish elektrodlariga kuchaytirilishi zarur bo‘lgan signal manbai (datchik) ulanadi. Datchik E.Yu.K generatorli EG ekvivalent ikki qutblilik (6.1,a-rasm) yoki ichki qarshiligi RG bo‘lgan tok generatori IG (6.1,b-rasm) sifatida ko‘rsatiladi.
    Agar RKIR>>RG bo‘lsa, kuchaytirgichni boshqarish kuchlanish bilan amalga oshiriladi. Bu holda kirish toki e’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kam va kuchaytirgich kirishida UKIR signal EG ga yaqin bo‘ladi. RKIR<G bo‘lganda esa, EG/RGga yaqin kirish toki IKIR bilan ifodalanadi, bu vaqtda kirish kuchlanishini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda kuchaytirgichni boshqarish tok bilan, RKIR ≈ RG bo‘lganda esa, boshqarish quvvat bilan amalga oshiriladi.

    a) b)



    6.1-rasm. Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi.


    Yuklama 3 va 4 elektrodlarga ulanadi. Agar RYu>>RChIQ bo‘lsa, kuchaytirgich yuklamada kuchlanish manbai EYuK EG ga qadar UChIQ kuchlanish hosil qiladi, bunda chiqish toki e’tiborga olmaydigan darajada kam bo‘ladi. Bunday rejim potensial chiqish deb ataladi. RYu<ChIQ bajarilganda esa, chiqishda kuchaytirgich qisqa tutashuvga yaqin rejimda ishlaydi va chiqish toki EG/RChIQga qadar, chiqish kuchlanishi esa e’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kichik bo‘ladi. Bu rejim tokli chiqish deb ataladi.



    Download 300.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 300.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6- mavzu. Ims chiqish kaskadlari. Reja

    Download 300.5 Kb.