6-laboratoriya ishi maydoniy tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichni tadqiq qilish




Download 466.52 Kb.
Sana28.02.2024
Hajmi466.52 Kb.
#164054
Bog'liq
6-laboratoriya ishi
ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi

6-LABORATORIYA ISHI
MAYDONIY TRANZISTOR ASOSIDAGI BIR KASKADLI KUCHAYTIRGICHNI TADQIQ QILISH




Ishdan maqsad:



  1. Maydoniy tranzistorlarning tuzilish va ishlash prinsiplarini o‘rganish;

  2. Maydoniy tranzistorlarni VAXsini olish va tahlil qilish;

  3. Maydoniy tranzistorlarning parametrlarini aniqlash.



Nazariy qism:


p-n o‘tish bilan boshqariladigan MT yoki kanali qurilgan MDYa - tranzistorlar asosidagi kuchaytirgichlar asosan kirish kaskadlari sifatida qo‘llaniladi. Bu hol MTlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:

  • katta kirish qarshiligiga egaligi yuqori Omli signal manbai bilan moslashtirishni osonlashtiradi;

UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad. n - kanali p-n o‘tish bilan boshqariladigan UI ulangan kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 6.1-rasmda keltirilgan.
Kirish signali manbai UG ajratuvchi kondensator C1 orqali, yuklama qarshiligi RYu esa kaskadning chiqishiga C2 ajratuvchi kondensator yordamida ulangan. Zatvorning umumiy shina bilan galvanik bog‘lanishi Rz ≈ 1 MOm rezistor orqali amalga oshiriladi. Bu galvanik aloqa zatvordagi manfiy siljituvchi kuchlanishni hosil qilish uchun zarur.



6.1-rasm. UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad


Bunday tranzistor ishlash prinsipi kanal qarshiligini p - n о’tishga teskari siljitish berib o‘zgartirishga asoslanadi. n - kanalli tranzistor uchun kuchlanish manbai zatvorga esa dagi manfiy kuchlanish pasayishi beriladi. Bitta kuchlanish manbai ishlatilganda zatvordagi kuchlanishni sokinlik rejimida avtomatik siljituvchi ta’minlaydi. kuchlanish qarshilik orqali sokinlik toki oqib o‘tishi hisobiga hosil bo‘ladi . Keng dinamik diapazonga ega bo‘lgan kuchaytirgich holatida, ya’ni kirish signali amplitudasi bir necha voltni tashkil etganda, tabiiyki kuchlanishning sokinlik rejimdagi qiymati va (tranzistor pasport ko‘rsatmalari) kuchlanishlar yig‘indisining yarmiga, ya’ni .
va larning sokinlik rejimdagi qiymatlarini stok-zatvor xarakteristikasidan aniqlab, ning qiymatini topish qiyin emas.
Ko'rilayotgan sxemada rezistor ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, u sokinlik rejimida ishchi nuqta boshlang‘ich holatini ta’minlaydi va ikkinchidan, unga yuklama toki bo‘yicha (UE ulangan sxemada Re dek) ketma-ket manfiy TAni kiritadi. Bu o‘z navbatida kaskad kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishiga olib keladi va sokinlik rejimini temperatura bo‘yicha barqarorlaydi. O‘zgaruvchan tok bo‘yicha manfiy TAni yo‘qotish uchun rezistor kondensator bilan shuntlanadi.
A rejimda ishlovchi kuchaytirgichlar uchun sokinlik rejimida tranzistorning istoki va stoki orasidagi kuchlanish teng qilib olinadi. Bunda (pasport ko‘rsatmasi) dan ortmasligi kerak.



6.2-rasm. UI ulangan n — kanali p - n o‘tish bilan boshqariladigan MTning umumlashgan dinamik xarakteristikalari


Katta signal rejimi uchun kuchaytirgichning statik uzatish xarakteristikalarining uchta parametrlarini o‘zaro bog‘lovchi umumlashgan grafik sifatida ifodalash mumkin. VS264D tranzistorli kaskadni parametrlari , bo‘lgandagi umumlashgan grafigi 6.2-rasmda keltirilgan.
Bu yerda A nuqta koordinatalari bir vaqtning o‘zida barcha uchta parametrlar: chiqish toki hamda kirish va chiqish kuchlanishlarini aniqlaydi. Berilgan signal amplitudasi uchun kuchlanish bo'yicha kuchaytirish koeffitsiyentini topish mumkin.
US sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad (istок qaytargich). US ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 6.3-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada n - kanali p - n o‘tish bilan boshqariladigan MT qo‘llanilgan.
Sxemada stok elektrodi umumiy shinaga kuchlanish manbai EM ning juda kichik qarshiligi orqali ulangan, ya’ni stok elektrodi kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiydir.
Istok qaytargichda chiqish signali amplitudasi kirishdagi signal amplitudasi va fazasini qaytaradi. Bu ikki omil kaskadning kuchlanish qaytargich deb atalishiga asos bo‘ldi. Kuchaytirish koeffitsiyentining birga yaqin qiymati 100 % li manfiy ТА hisobiga hosil bo‘ladi.



6.3-rasm. US ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning sxemasi


p-n o‘tish bilan boshqariladigan MTni kuchlanish qaytargichning kirish qarshiligi teskari siljitilgan boshqaruvchi p-n o‘tishning differensial qarshiligidan iborat bo‘ladi.
MDYa – tranzistor asosidagi kuchlanish qaytargichning kirish qarshiligi bundan ham katta bo‘ladi, chunki u zatvor ostidagi dielektrik parda qarshiligi bilan aniqlanib, ~100 MOmni tashkil etadi.

Ishni bajarish tartibi:


Ushbu tajriba ishini Proteus dasturida amalga oshiramiz.



    1. US ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning sxemasini tekshirish, xarakteristikalarini olish.

  1. Elementlar kutubxonasidan foydalanib 6.4- rasmda keltirilgan sxemani chizing.

  2. Sxema ishlashi uchun ushbu tugmani bosish kerak. O‘zgaruvchan qarshilikni 0 va 100 oralig’ida o‘zgartirib, MT toki ning MTdagi kuchlanish ga bog’liqlik grafigini tuzing va uni 6.1-jadvalga kiriting.

6.1-jadval



Istok toki , мА

0,1

0,2

0,5

1

2

5

10

, V bo‘lganda zatvor-istok kuchlanishi , V

0






















1






















10
























Olingan ma’lumotlar asosida (6.1-jadval) IRF44N МТning VAXsini chizing va parametrlarini hisoblang.

6.4- rasm. Maydoniy transistor asosidagi bir kaskadli (UI) kuchaytirgichning xarakteristikasini olish sxemasi

MTlar kuchaytirgich sifatida kichik signal rejimida ishlaganda chiqish xarakteristikalarining to‘yinish sohasi ishlatiladi. Bu sohada signallar minimal nochiziqli buzilishlar bilan kuchaytiriladi.


Xarakteristika tikligi:
bo‘lgandagi
Ichki (differensial) qarshilik:
bo‘lgandagi
Kuchlanish bo ‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti:
bo‘lgandagi
n-kanali qurilgan MDYA - tranzistorning stok-zatvor va stok xarakteristikalari grafiklarini quring.

Hisobot mazmuni

  1. Laboratoriya ishining bayoni.

  2. O’lchash natijalari jadvallari.

  3. MT VAX grafigi.

Nazorat savollari:



  1. MT Ichki (differensial) qarshiligi deganda nimani tushinasiz?

  2. MT xarakteristika tikligi nima?

  3. MT Kuchlanish koeffitsiyenti nimaga teng?

  4. MTU sodda kuchaytirgich kaskadi ishchi nuqtasini qaysi parametrlar belgilaydi?

  5. Ко‘p kaskadli kuchaytirgich deganda nimani tushunasiz?

  6. MT yana qanday turlarini bilasiz?

  7. MT qo’llanish sohasi?

  8. Sxemada keltirilgan elementlarning vazifalari?

Download 466.52 Kb.




Download 466.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-laboratoriya ishi maydoniy tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichni tadqiq qilish

Download 466.52 Kb.