SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy
rahbariyatidagi o‘zgarishlar
• Mamlakat siyosiy hayotida 1982 – 1985-yillarda ko‘plab o‘zgarishlar
yuz berdi. Siyosiy rahbariyatdagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonni
ham chetlab o‘tmadi
• 1982-yil noyabrda KPSS
MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti
Prezidiumi raisi
Leonid Brejnev vafot etdi. U mamlakat va partiyani 18
yil davomida boshqargan edi. 1982 – 1984-yillarda
Yuriy Andropov,
1984 – 1985-yillarda
Konstantin Chernenko Sovet Ittifoqiga rahbarlik
qildi. 1985-yil 11-martda
Mixail Gorbachyov KPSS MK Bosh sekretari,
2-iyulda
Andrey Gromiko SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
lavozimlariga saylandi. 1985-yildan mamlakatda qayta qurish siyosati
boshlandi.