118
pardalar hosil qiluvchi sirt-aktiv moddalar bo‘ladi. Bunday qo‘shil-
malar jumlasiga tarkibida passiv oltingugurt va fosfor kislotasi efiri
bo‘lgan birikmalar kiradi.
Tirnalishga qarshi qo‘shilmalar ishlatilganida, ularning parcha-
lanishidan hosil bo‘lgan mahsulot yuqori
ishqalanish haroratida
metallga ta’sir etadi. Natijada sof metallga nisbatan yemirilish-
ga
qarshiligi kam, erish harorati past birikmalar hosil bo‘ladi va
ishqalanayotgan sirtlarning bir-biriga yopishishining oldini oladi.
Tirnalishga qarshi qo‘shilma sifatida oltingugurt, fosfor va xlordan
foydalanish mumkin.
Moyning qovushoqligini oshiradigan qo‘shilmalar. Surkov
moylarining qovushoqlik-harorat xususiyatlariga, yuqori qovu-
shoqlik xususiyatiga ega bo‘lishi va past haroratlarda oquvchan-
ligi yaxshi bo‘lishini ta’minlash maqsadida ular
yuqori molekular
birikmalar yordamida quyultiriladi. Bunday qo‘shilmalar jumlasi-
ga poliizobutilenlar,
polivinilalkilli efirlar, polimetakrilatlar va
boshqalar kiradi. Poliizobutilenlar moyning qovushoqligi va qo-
vushoqlik indeksini oshirish bilan
bir paytda moyning moylash
xususiyatini ham yaxshilaydi. Moy qovushoqligini oshirishda poli-
metakrilatlardan keng foydalaniladi. Ular
yordamida quyultirilgan
moyning qovushoqligi turli xil haroratlarda yaxshi bo‘ladi va past
haroratlarda dvigatelni ishga tushirishni yengillashtiradi. Shu bilan
birga, bu moylarni barcha mavsumlarda ishlatish mumkin.
Quyultirilgan moylarning kamchiligi shundaki, ular 100°C dan
yuqori haroratlarda polimerisizlantiriladi, ammo ularga antifriksion
qo‘ shil malar qo‘shib bu jarayon to‘xtatiladi.