• Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi.
  • Polipropilen, asosan, elektrotexnika va radiotexnikada foydalaniladi.
  • Kauchuk tabiiy YMB sinfiga kiradi va uning monomeri izoprendir (2-metilbutadien
  • Yuqori molekular birikmalar (ymb) xossalari jihatidan past molecular birikmalardan tubdan farq qiladi




    Download 3.61 Mb.
    Sana15.05.2023
    Hajmi3.61 Mb.
    #60059
    Bog'liq
    Yuqori molekul
    Real vaqt tizimlari tushunchasi Real vaqt tizimi. Dasturiy tizim, fizika, nazariy-mexanikadan-masalalar-yechish-usullari

    Yuqori molekular birikmalar (YMB) xossalari jihatidan past molecular birikmalardan tubdan farq qiladi..


    Bu hol YMB molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi

    Tabiiy YMB larga o‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi.


    selluloza
    kraxmal
    tabiiy kauchuk

    Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi.


    Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.

    Molekulalari o‘zaro kovalent bog‘lar orqali birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekular moddalar monomerlar deyiladi.

    Polimer molekulalari makromolekula ham deyiladi. Makromolekulada ko‘p marta takrorlanadigan atomlar guruhini elementar zveno deyiladi.

    Polimer molekulasidagi n qiymati monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko‘rsatadigan son bo‘lib, polimerlanish darajasi deyiladi.

    Molekular massaning ortib borishi bilan quyi molekular moddalar uchun xarakterli bo‘lgan diffuziya, uchuvchanlik singari xossalar asta-sekin yo‘qolib, makromolekulalarning o‘ziga xos (bo‘kish, yuqori qovushqoqlik, qizdirilganda haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo‘ladi.


    Polietilen
    Polipropilen

    Propilenni polimerlash yo‘li bilan olinadi. Polipropilen rangsiz va qattiq bo‘lib, o‘zining mexanik xossalari jihatidan polietilendan yuqori turadi.

    Polipropilen, asosan, elektrotexnika va radiotexnikada foydalaniladi.


    So‘nggi yillarda polipropilendan xossalari jihatidan eng pishiq tabiiy tolalardan qolishmaydigan kimyoviy tola ishlab chiqarish mumkinligi isbotlandi.

    U qattiq polimer bo‘lib, kristallana olmaydi. U alanga ta’sirida suyuqlanmaydi va yonmaydi, balki parchalanadi. Polivinilxlorid oddiy sharoitda organic erituvchilarda qiyin eriydi.

    Тurli agressiv moddalar ta’siriga chidamli bo‘lgani uchun texnikada, asosan, har xil trubalar yasash, reaktorlarning ichki tomonini qoplashda ishlatiladi.

    Kauchuk tabiiy YMB sinfiga kiradi va uning monomeri izoprendir (2-metilbutadien-


    Tabiiy kauchuk izoprenni polimerlanish mahsuloti ekanligi aniqlandi.

    Sintetik kauchukning monomeri butadien-1,3 bo’lib, xalq xo‘jaligining birorta tarmog‘i yo‘qki, kauchuk va uning vulkanlanish mahsuloti—rezina ishlatilmagan bo‘lsin.

    Lekin o‘simlikdan olinadigan kauchuk xalq xo‘jaligining kauchukka bo‘lgan talabini qondira olmaydi. Shu sababli, sintetik kauchuk olishning sanoat usullarini topish zaruriyati tug‘ildi: CH2 = CH - CH = CH2 → (-CH2 - CH = CH - CH2- )n


    Download 3.61 Mb.




    Download 3.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori molekular birikmalar (ymb) xossalari jihatidan past molecular birikmalardan tubdan farq qiladi

    Download 3.61 Mb.