138
tarkibidagi mavjud aktiv qo‘shimchalar ham chiqarib tashlanadi,
vaholanki, ishlatilgan moyning tarkibida 50–60 foiz aktiv qo‘shil-
malar bo‘lib, ular hali ishga yaroqli hisoblanadi.
Ikkinchi texnologiya, asosan, ko‘chma mobil moyini qayta
tiklash qurilmalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avtotransport kor-
xonalari sharoitida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Moylarni qayta
tiklash ВИМ–25, ВИМЕ–30, УРМ–100, УРИМ–100, СУРМ–250
kabi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Xorijda «Kavakama»
(Yaponiya), «Rejelyub» (Fransiya) va FIN (Italiya) kabi firmalar
ning moyni qayta tiklash qurilmalari muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
XX asrning 80- yillarida suyuqliklarni tozalash sohasida tub bu-
rilish bo‘lib, murakkab kimyoviy usullar o‘rniga membrana usuli
kirib keldi. Membrana usulining kimyoviy usuldan afzalligi shun-
dan iboratki, moy tarkibidagi iflosliklarning tarkibiga qarab teskari
osmos, ultrafiltratsiya yoki mikrofiltratsiya jarayonlarini qo‘llash
mumkin. Bunda qo‘shilmalarning o‘lchamlariga qarab membrana
filtrining tirqish o‘lchamlarini tanlash mumkin. Bu esa, o‘z navbati-
da, moyning tarkibida aktiv qo‘shilmalarni saqlab qolishga imkon
beradi.
Qayta tiklangan moylarning kukun
miqdori va ishqor soni kam-
ligi ularni dvigatelda ishlatishga imkon bermaydi. Shuning uchun
bu ko‘rsatkichlarni tiklash maqsadida tozalangan moylarga har xil
qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Qayta tiklangan moy barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi moy-
ga deyarli yaqin bo‘lib, Davlat standarti talablariga javob beradi.
Yuqorida qayd etilgan usul asosida moy xususiyatlarini kamida
80 foizgacha qayta tiklash mumkin.