Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari




Download 278.91 Kb.
bet1/3
Sana17.04.2024
Hajmi278.91 Kb.
#198817
  1   2   3
Bog'liq
Без названия, Kompozisyon Konuları, resmi kelimeler (2), Дўстлик Йул харита шакли махалла зам хоким 2, Бином Ньютона. Свойства биномиальных коэффициентов, Ergergherryjm6u, 1 ISLAM DINI, AQLIY XUJUM, Reja Nano o’lchamli yupqa qatlamlarning tuzilishi Nano o’lchaml, Mustaqil ishi 2023-yil mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarnin, Fizika fanidan mustaqil ish, Optik kvant generatorlar(lazerlar), file (4), Презентация Microsoft PowerPoint


Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari.

Signallarni zamonaviy raqamli signallarga aylantirish va ishlov berish vositalari yuzlab megagerslargacha chastotalarli raqamli modulyasiyalangan YuCh yoki O’YuCh signallarni olishga imkon beradi. Ma’lumki, uzatgich quvvat kuchaytirgichning kirishiga yoki signalni quvvat bo‘yicha kuchaytirishgacha uning chastotasini zarur qiymatgacha oshiradigan o’zgartirgichning kirishi(filtr orqali) uchun raqamli signalni analog shaklga o‘tkazishga imkon beradigan yuqori sifatli tezkor modulyatorlar mavjud. Ularning kamchiligi sifatida nisbatan past tejamkorlik va uzatilayotgan signallarning sezilarli shovqinlari borligidadir.


Uzatilgan axborot modulyatsiya qiluvchi signalga joylashtirilgan va axborot tashuvchisi rolini tashuvchi (modulyatsiyalangan) deb ataladigan yuqori chastotali tebranish bajaradi. Shuning uchun modulyatsiya — bu yangi modulyatsiyalangan signalni olish uchun maʼlum tashuvchiga maʼlumot toʻlqinini olish jarayonidir. Modulyatsiya natijasida past chastotali boshqaruv signalining spektri yuqori chastotali hududga oʻtkaziladi. Bu barcha qabul qiluvchilarning turli chastotalarda ishlashini ular bir-biriga xalaqit bermasligi uchun sozlash imkonini beradi.
Yuqori chastotali (YuCh) va o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) generatorlarning ishlash prinsipi dinamik boshqariladigan elektronlar oqimlari rezonans va elektromagnit tebranishlarining o‘zaro ta’sirlashishiga asoslangan, bu detsimetrli, santimetrli va millimetrli diapazonlarda yaxshi ishlaydigan magnetronli va klistronli generatorlar, to‘lqin va teskari to‘lqin lampalaridagi generatorlarni yaratilishiga olib keldi.
O‘YuCh diapazonda generatsiyalanadigan tebranishlar davri elektrodlararo oraliqlarda elektronlarning uchib o‘tish vaqtiga teng. Elektrodlararo bo‘shliqda elektron harakatlanganida uning energiyasidan hosila quyidagicha:

𝑑𝑊



𝑑𝑡
= −𝑒
𝜕𝑈



𝜕𝑡

Past chastotalarda 𝜕𝑈/𝜕𝑡 qiymat kichik, nolga yaqin, uning to‘liq energiyasi o‘zgarmaydi, O‘YuCh diapazonda 𝜕𝑈/𝜕𝑡 qiymat noldan sezilarli farqlanadi va elektronning to‘liq energiyasi ham kinetik energiyaning o‘zgarishi ham potensial energiyaning o‘zgarishi hisobiga o‘zgarishi mumkin, ya’ni elektronlar o‘z kinetik va potensial energiyasini elektromagnit maydonga berishi mumkin.
PCh qurilmalarda elektron oqim yo‘lida tezkor lokal joylashgan tirqish hosil bo‘ladi, u juda kichik energiya sarfi yo‘li bilan elektronlar oqimining zichligini rostlaydi. Bunday boshqarish statik boshqarish deyiladi. O‘YuCh asboblarda

dinamik boshqarish har doim ham lokal xarakterga ega bo‘lavermaydi. O‘YuCh elektron asboblarda elektronlar energiyasini elektromagnit maydonga uzatish elektronlarning harakatlanish trayektoriyasiga urinma bo‘lgan maydonning elektr tashkil etuvchisi bilan elektron oqimning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida bo‘lib o‘tadi. Elektronlar va maydon orasida energiyani almashlash uchun o‘zaro ta’sirlashish zonasida bo‘lgan elektronlar doimo maydon orqali sekinlashtirilishi zarur. Buning uchun, o‘z navbatida, modulyatsiyalangan elektron oqimni hosil qilish va qurilmada ham fazo bo‘yicha, ham vaqt bo‘yicha kerakli fazaviy nisbatlarni ta’minlash zarur.
Zichlik bo‘yicha modulyatsiyalangan elektron oqimni hosil qilish prinsipial shart hisoblanadi, chunki bir tekis oqimda umumiy energetik balans nolga teng. Zichlik bo‘yicha modulyatsiyalangan elektromagnit oqimni hosil qilish fazaviy fokuslash deyiladi. Modulyatsiyalangan oqim elektronlarning harakat yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Agar oqim va O‘YuCh maydon orasida fazaviy nisbatlar elektronlar yig‘indilari o‘zining harakatlanishida sekinlashtiruvchi maydon ta’sir qiladigan bo‘shliqning o‘sha vaqtlarida bo‘lishi ta’minlansa, u holda umumiy energetik balansi musbat bo‘ladi va elektronlar energiyasi elektromagnit tebranishlar energiyasiga o‘zgaradi.

Download 278.91 Kb.
  1   2   3




Download 278.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari

Download 278.91 Kb.