140
tez o‘tishini va ishqalanuvchi juftlarning ishonchli moylanishini
ta’minlashi;
– harorat ta’sirida va vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam o‘zgar-
tirishi;
– tarkibidagi abraziv mexanik aralashmalar va suv, shuningdek,
korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi (detallarning mexanik
va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi);
– rezina zichlamalarni yemirmasligi va ko‘pirishga turg‘un
bo‘lishi.
17479. 2–85 sonli Davlat standartiga binoan, transmission
moylar qovushoqligi va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha sinf
va guruhlarga ajratiladi.
Transmission moylar to‘rtta qovushoqlik sinfiga bo‘linadi:
9 qovushoqlik sinfi uchun 100°C dagi kinematik qovushoqligi
70–10,9 mm
2
/s; 12 qovushoqlik sinfi uchun 11,0–13,9 mm
2
/s; 18-
qovushoqlik sinfi uchun 14,0–24,9 mm
2
/s; 31 qovushoqlik sinfi
uchun 25,0–41,0 mm
2
/s.
Tishli uzatmalarning ish jarayonida yuklanishiga yoki moylar-
ning ekspluatatsion xususiyatlariga ko‘ra transmission moylarni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– qo‘shilmalarsiz yoki yumshoq yeyilishga qarshi qo‘shilma-
lar qo‘shilgan moylar. Bunday moylarning urinish kuchlanishi
1000 MPa gacha va ish harorati 90°C gacha bo‘lgan silindrik,
konussimon va chervyakli uzatmalarda (uzatmalar qutisi), orqa
ko‘prik, bort uzatmalari) ishlatish mumkin;
– o‘rtacha aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shil-
gan moylar. Bunday moylarni kuchlanishi 2000 MPa gacha va ish
harorati 12°C gacha bo‘lgan konussimon va boshqa turdagi uzat-
malarda (gipoidli uzatmalardan tashqari) ishlatish mumkin (bunda
moyning aosiy vazifasi uzatma tishlari sirtini yemirilishdan asrash-
dan iborat);
– yuqori aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shilgan
moylar. Bunday moylar yengil va yuk avtomobillarining gipoidli
uzatmalarida ishlatiladi;
141
– avtomobillarning gidromexanik va gidrohajmiy uzatmalari
uchun moylar;
– umiversal moylar. Bunday moylar barcha turdagi tishli uzat-
malar va transmissiya agregatlarining boshqa sirpanib ishlaydigan
detallarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Iqlim sharoitiga qarab yuqorida keltirilgan barcha guruhdagi
moylarning yozgi, qishki, barcha mavsumlarda ishlatiladigan, shi-
moliy va arktik turlari ishlab chiqariladi.