• Moyning himoyalovchi xususiyatlari.
  • uchraydigan moylash turlarining sxematik ifodasi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    uchraydigan moylash turlarining sxematik ifodasi. 
    Juda ham og‘ir ish sharoitlarida ishlaydigan uzellarda, masa­
    lan, gipoidli uzatmalarda quruq ishqalanish hosil bo‘lishi hisobiga 
    yemirilish va timalishlarning kelib chiqishiga to‘la barham beril-
    magan. Tirnalishga qarshi qo‘llaniladigan usullarning eng sama-
    ralisi moy tarkibiga tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shishdir. 
    Tirnalishga qarshi qo‘shilmalarning ta’sir mexanizmi yemirilishga 
    qarshi qo‘shilmalar kabi bo‘lib, sirpanuvchi detal sirtida tirnalishga 
    qarshi moy pardasini hosil qiladi. 
    145
    Odatda, ishqalanishning bunday aralash rejimi mexanizmlarni 
    ishga tushirishda, yuklanish va ish harorati ortib ketganida, qo-
    vushoqligi mos kelmaydigan moy ishlatilganida yoki ishqalanuv-
    chi sirtlarga yetarli moy berilmaganida yuzaga keladi. Suyuqlikli 
    ishqalanish ko‘pincha moyga abraziv mexanik aralashmalar tush-
    ganida buziladi. Suyuqlikli ishqalanish mexanizm, agregat, uzel-
    ning barcha ish rejimlarida ta’minlanmaydigan hollarda moy par-
    dasi qancha mustahkam bo‘lsa, detallar shuncha kam yeyiladi. 
    Moyning himoyalovchi xususiyatlari. Moylarning bu xususi-
    yati transmissiya detallarining elektrokimyoviy yemirilishining ol-
    dini olishi bilan baholanadi. 
    Amaliy kuzatishlarning ko‘rsatishicha, tarkibida korroziya in-
    gibitorlari bo‘lmagan transmission moylar uzluksiz (uzoq muddat 
    to‘xtatmay) ishlatiladigan mashinalarning transmissiyasi detalla-
    rini elektrokimyoviy korroziyadan himoyalash xususiyatiga ega. 
    Ishchi-himoyalovchi moylar, ya’ni tarkibida korroziya ingibitorlari 
    bo‘lgan moylar, mashina detallarini 3–5 yil va hatto 10 yil va un-
    dan ham ortiq muddat ishlatilganida yoki saqlanganida himoyalash 
    xususiyatiga ega. 
    Transmission moylarga ularni kimyoviy aktivligi, adsorbsion 
    xossalari va termodinamik noturg‘unligini oshirish uchun ko‘p 
    miqdorda qo‘shilma va komponentlar qo‘shiladi. Moyning tarki-
    bidagi qo‘shilmalar va komponentlar cho‘kib qolmasligi kerak va 
    moy asosi bilan fizikaviy turg‘un bo‘lgan aralashma hosil qilishi 
    lozim. 
    Agar moy tarkibiga quyultiruvchi polimer qo‘shilmalar qo‘shi-
    ladigan bo‘lsa, bunda moy qovushoqligini kamaytirish qaytmas ja-
    rayon bo‘lish ehtimoli borligini hisobga olish lozim. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    uchraydigan moylash turlarining sxematik ifodasi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish