|
Plastik surkov moylarining mustahkamlik chegarasi va qo-Bog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isPlastik surkov moylarining mustahkamlik chegarasi va qo-
vushoqligi. Plastik surkov moylarining mustahkamligi deganda,
tarmoqlarni moylashda quyultirgichlar asosida hosil qilingan pan-
jarani buzilish paytida hosil bo‘ladigan siljish zo‘riqishning mini-
mal bo‘lishini ta’minlay olish xususiyati tushuniladi.
Surkov moylari yumshoq moylash materiallari jumlasiga kirsa-
da (odatda, xona haroratidagi mustahkamlik chegarasi 0,5–2 kPa),
ularning mustahkamlik xususiyati avtomobillarni ishlatishda
muhim ahamiyatga ega. Aynan moylarning mustahkamlik chega-
rasi ularni tarmoqlarda (aylanuvchi detallarda) tura olish xususi-
yatini belgilab beradi. Surkov moylarining qovushoqligi moyning
suyuqliklarga xos bo‘lgan xususiyatlarini aks ettiradi. Uning qiy-
mati moylangan detallarni siljitish uchun sarflanadigan energiya
miqdori bilan aniqlanadi. Mustahkamlik chegarasi bir xil bo‘lgan
(ish sharoiti bir xil) ikki xil surkov moyining qaysi biridan foyda-
lanish maqsadga muvofiq ekanini aniqlash uchun ularning qovu
shoqligini o‘zaro solishtirish lozim va qovushoqligi kichik bo‘lgan
moyni tanlab olish zarur.
Surkov moylarining chegarasi va qovushoqligi bo‘yicha yuqori-
da aytilgan fikrlarga asosan ularning mexanik xususiyatiga qo‘yi
ladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin: surkov moylari
155
ma’lum mustahkamlik chegarasiga va berilgan ish sharoiti uchun
imkon qadar kamroq qovushoqlikka ega bo‘lishi lozim.
6. 3. Plastik surkov moylarining vazifasi va
ularning sifatiga qo‘yilgan asosiy talablar
Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi huddi suyuq moy-
lar vazifasi kabi: detallarning yeyilishini kamaytirish, ishqalanish
koeffitsiyentini pasaytirish va metallarni korroziyadan saqlashdan
iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan birinchi ikkita vazifani yoki bu
ikki vazifaning birini bajara oladigan moylar antifriksion moylar
deyiladi. Metall buyumlarni korroziyadan saqlash (saqlashda, ta-
shishda va hokazo) uchun ishlab chiqariladigan moylar konservat
|
| |