K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

sion (himoya) moylar deyiladi. Texnikada asosiy vazifasi detallar 
orasidagi tirqishlarni zichlashdan iborat bo‘lgan zichlash moylari-
dan ham keng ko‘lamda foydalanilmoqda. 
Antifriksion moylar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, sirpanib ishqala-
nishdagi tutashma detallarining yeyilishini kamaytirish uchun ish-
latiladi. 
Antifriksion moylar dastlab suyuq moyning oqib ketishini ger-
metiklash qiyin bo‘lgan va tashqi muhitdan suv, chang, qum va 
boshqa korrozion va abraziv materiallar kirishi ehtimoli bo‘lgan 
tarmoqlarda (g‘ildiraklar podshipniklari, turli uzatmalar sharnirlari 
va boshqalar) qo‘llanila boshlangan. Tarmoqlar plastik moy yor-
damida moylanganida, tarmoqning ish jarayonida moy o‘z o‘rnidan 
siljimaydi, moy turi to‘g‘ri tanlanganida ish paytida hosil bo‘ladi-
gan inersion kuchlar ta’sirida sochilib ketmaydi va o‘z-o‘zidan 
mexanizmdan oqib ketmaydi. Natijada tarmoq uzoq vaqt moylash 
materiali bilan ta’minlangan hisoblanadi. 
O‘z navbatida, antifriksion moylar indekslar bilan belgilanadi-
gan kichik guruhlarga bo‘linadi: С – umumiy ishlar uchun mo‘ljal-
langan; O – yuqori haroratlarda ishlatiladigan (110°C gacha); M 
– ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan (minus 30°C dan +130°C haro-


156
ratda) hamda o‘ta nam sharoitda ham ishlay oladigan; Ж – issiqlik 
ta’siriga chidamli (150°C va undan yuqori haroratlarga chidamli); 
X – sovuqqa chidamli (minus 40°C dan past haroratlarga ham chi-
damli). 
Konservatsion yoki himoya moylari З harfi bilan belgilanadi. 
Ular mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida metall sirtlarini 
korroziyalanishdan saqlash uchun surtiladi. 
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, surkov moylari o‘z xususiyatla-
rini sezilarli darajada yo‘qotmagan holda uzoq vaqt ishlashi mum-
kin. Bugungi kunda asosan mukammal ta’mirgacha yoki ma’lum 
miqdordagi yo‘lni (20–30 ming km) bosib o‘tgunga qadar almash-
tirish talab etilmaydigan agregatlar yaratilmoqda. 
Plastik surkov moylari har xil sharoitlarda ishonchli ishlashi 
uchun quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim: yuqori 
chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi va qiya tekisliklarda, harakat-
dagi va qiyin zichlanadigan ishqalanish tarmoqlarida ushlanib turi-
lishi, ya’ni oqib ketmasligi lozim; ma’lum harorat chegaralarida o‘z 
xususiyatlarini saqlashi, ya’ni ma’lum tomchilab oqish haroratiga 
ega bo‘lishi; bir jinsli bo‘lishi, ya’ni tarkibida erimay qolgan qism-
lar, abraziv aralashmalar va suv bo‘lmasligi; yaxshi barqarorlikka 
ega bo‘lishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim. 

Download 6,9 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish