• Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi.
  • Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kis- lotalar, mexanik aralashmalar miqdori.
  • Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    mexanik turg‘unlik deb ataladi. Mexanik turg‘unlik xususiyati 
    haqida batafsil to‘xtalamiz. 
    Surkov moylarining ishlatilish imkoniyatining pasayishi va 
    korrozion aktivligining ortishi kimyoviy ta’sirlar (birinchi navbat-
    159
    da, quyultirgich va moyning havo kislorodi ta’sirida oksidlani-
    shi) natijasida amalga oshadi. Shuning uchun yuqori haroratlarda 
    (100 °C dan yuqori) va agressiv muhitlarda ishlatish uchun zarur 
    kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘lgan moylar tanlanadi. 
    Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi. Bu ko‘rsatkich 
    surkov moyining suvda erishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati-
    ni tavsiflaydi. Suvda erimaydigan litiyli (masalan, Литол–24) va 
    kalsiyli sovunlar (solidollarning barcha markalari) bilan quyuq-
    lashtirilgan antifriksion surkov moylari nam ta’siriga chidamlidir. 
    Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tayyorlangan himoya 
    surkov moylari suvda mutlaqo erimaydi. Kalsiy-natriyli sovunlar 
    asosida tayyorlangan antifriksion surkov moylari, masalan, ЯМЗ–2 
    moyi, namga chidamsizligi bilan ajralib turadi. Bu moylarni nam-
    dan ishonchli himoyalangan (g‘ildirak gupchaklari, ventilator tas-
    malarini taranglash roliklari va hokazo) ishqalanuvchi tarmoqlarni 
    moylashda ishlatish mumkin. 
    Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kis-
    lotalar, mexanik aralashmalar miqdori. Surkov moylarining kor-
    rozion aktivligini belgilovchi erkin ishqorlar moy tarkibida, massa-
    si bo‘yicha 0,1–0,2 foizdan oshmasligi kerak. Detallarning abraziv 
    yeyilishiga sabab bo‘luvchi erkin organik kislotalar va mexanik 
    aralashmalar moy tarkibida bo‘lmasligi lozim. 
    6. 5. Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi
    Plastik surkov moylarining markasi ishqalanuvchi tarmoqning 
    konstruksiyasi (ochiq yoki yopiqligi), bir-biriga ishqalanuvchi 
    sirtlarning ish harorati, ularni yuklanish darajasiga, shuningdek, 
    avtomobildan foydalanishdagi iqlim sharoitlariga qarab tanlanadi. 
    Ishlab chiqarilishi va avtomobil xo‘jaligida ishlatilishi bo‘yicha 
    umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kalsiyli surkov moylaridan 
    keng foydalaniladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardir: solidol 
    – С (sintetik); press­solidol – C; solidol – Ж (yog‘li); press­solidol 


    160
    – Ж va grafitli – УСс–А. Bu moylar neft moylari va kalsiyli sovun 
    asosida tayyorlanadi. Bunda yog‘li solidollarni tayyorlashda qu-
    yultirgich sifatida tabiiy moylardan olingan sovundan, qolgan so-
    lidollarni olishda sintetik yog‘lardan foydalaniladi. 
    Kalsiyli surkov moylarining, shu jumladan, solidollarning o‘zi-
    ga xos xususiyati ularning tarkibida suvda erimaydigan quyultir-
    gich (kalsiyli sovun)ning mavjudligidir. Bu moylar suv ta’siriga 
    barqaror. Shuning uchun bu moylarni ish jarayonida suv kirishi 
    mumkin bo‘lgan tarmoqlarda ishlatish mumkin С solidollarni ish-
    latish mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat +65°C, С press­solidollar 
    uchun esa +50°C. Eng past harorat esa mos ravishda minus 20°C 
    va minus 30°C. 
    Yog‘li solidollar muayyan xususiyatlari bo‘yicha kalsiyli sinte-
    tik moylardan birmuncha afzalroq, ammo bu ikki turdagi moylar-
    ni avtomobillarda o‘zaro almashinuvchi moylar sifatida ishlatish 
    mumkin. Shuning uchun avtotransport korxonalarida yog‘li so-
    lidollar va yog‘li press-solidollardan foydalanilganida solidol va 
    press-solidollarga tegishli tavsiyalarga amal qilish lozim. Barcha 
    turdagi solidollar, asosan, ochiq ishqalanuvchi tarmoqlarni moy-
    lash uchun ishlatiladi. 
    Grafitli surkov moyi УСс–А tarkibida 10 foiz miqdorida mayda-
    langan grafit qo‘shilgan solidoldir. Bu moylarni tarkibiga aktivator 
    qo‘shilganligi tufayli ularning markasi belgisiga A harfi kiritilgan. 
    УСс–А moyidagi grafit himoya vositasi hisoblanadi. Mexanizm-
    lar katta yuklanish ostida va zarb ta’sirida ishlaganida, moy detal-
    lar orasidagi tirqish orqali sizib chiqqanida grafit detal yuzalarida 
    yupqa parda hosil bo‘lishini ta’minlaydi. УСс–А avtomobil ressor-
    larini, turli xil troslarni, vintli uzatmalarni (masalan, domkratlarni), 
    ochiq shesternyalar va sirpanish tezligi katta bo‘lmagan katta yuk-
    lanish ostida ishlaydigan mexanizmlarni moylashda foydalaniladi. 
    Ularni minus 20°C dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin. 
    Yuqori haroratlarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan, umumiy 
    maqsadlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga natriyli va natriy-
    li-kalsiyli surkov moylari kiradi. Bunday moylardan biri yog‘li 
    161
    konstalin УТ–1 bo‘lib, uning tomchilab tushish harorati 130°C va 
    penetratsiyasi 225–275 oralig‘ida bo‘ladi. Uning o‘ziga xos aso-
    siy xususiyati uning tarkibidagi quyultirgich (natriyli sovun)ning 
    suyuqlanish harorati yuqoriligi va uning suvda erishidir. Shuning 
    uchun yog‘li konstalin УТ–1 ni suv kirmaydigan, lekin yuqori 
    haroratlarda (115–120°C gacha) ishlaydigan tarmoqlarda qo‘llash 
    tavsiya etiladi. Bunday moylar g‘ildirak gupchaklari, kardanli val-
    lar, boshqarish pedallari o‘qlari va sharnirlari, elektrodvigatelning 
    dumalash podshipniklari uchun mo‘ljallangan. 
    Avtomobillarning bir qator tarmoqlari tarkibida natriyli-kalsiyli 
    sovun aralashmasi bo‘lgan moylar yordamida moylanadi. Bu tur-
    dagi moylarning dastlabkilaridan biri 1–13 moyi bo‘lib, bu moy 
    tarkibidagi asosiy quyultirgich (natriyli sovun)ga 1–2 foiz miqdorida 
    kaisiyli sovun aralashtiriladi (bu ikki turdagi sovun kanakunjut moyi 
    asosida tayyorlanadi). Natijada suyuqlanishi bo‘yicha konstalin bi-
    lan bir xil, suv ta’siriga turg‘unligi esa konstalindan yuqori bo‘lgan 
    surkov moyi olinadi. 1–13 moyidan g‘ildirak podshipniklarini va 
    avtomobilning boshqa tarmoqlarini moylashda foydalaniladi. 1–13 
    moyiga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi va bu moyni tayyorlashda 
    foydalaniladigan kanakunjut moyining kamyobligi sintetik kis-
    lotalar asosidagi natriyli-kalsiyli moylarning ishlab chiqarilishi-
    ga sabab bo‘ldi. Bulardan biri ЯНЗ–2 surkov moyi bo‘lib, u qi-
    yin suyuqlanadi va suv ta’siriga chidamsiz. Bu moy minus 30°C 
    haroratgacha g‘ildirak gupchaklari, suv nasoslari podshipniklarini, 
    kardanli vallarning oraliq tayanchlarini, ventilator yuritmasining 
    tayanchini va suv kirishidan zichlamalar yordamida himoyalangan 
    boshqa podshipnikli tarmoqlarni moylash uchun ishlatiladi. 
    Tarkibida litiyli sovun bo‘lgan moylar eng istiqbolli plastik 
    surkov moylari hisoblanadi. Ular bir qator ijobiy xususiyatlarga ega, 
    jumladan, suv ta’siriga chidamliligi bo‘yicha solidollarga yaqin, 
    suyuqlanish darajasi bo‘yicha qiyin suyuqlanadigan konstalinlarga 
    yaqin va past haroratlardagi xususiyatlari bo‘yicha bu ikki turdagi 
    moylardan afzaldir. Mamlakatimizda ishlatiladigan dastlabki litiyli 
    surkov moyiga ЦИАТИМ–201 markasi berilgan. ЦИАТИМ–201 


    162
    moyi qiyin suyuqlanadigan moy bo‘lib, barcha mavsumlarda 
    taqsimlagich valigi vtulkalarini, generator podshipniklarini, spi-
    dometrning egiluvchan valini, eshiklarning oshiq-moshiqlarini, 
    g‘ilof ichiga olingan yuritma tortqisini, rul tortqisi sharnirlarini 
    moylash uchun ishlatiladi. Ular kam qovushoqlikka ega bo‘lgan va 
    past haroratlarda qotadigan МВП moyida tayyorlangani uchun ular 
    o‘z xususiyatlarini minus 60°C haroratgacha saqlab qoladi. 
    Yuqori sifatli ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan Литол–24 moyi 
    keng tarqalgan. Uning tarkibiga steorin kislotadan tayyorlangan 
    litiyli sovun qo‘shilgan bo‘lib, natijada minus 40°C dan 130°C 
    gacha haroratlarda ishlatish mumkin bo‘lgan universal moy olin-
    gan. Литол–24 universal moy bo‘lib, uni barcha turdagi solidollar, 
    kons talin, 1–13, ЯНЗ–2, № 158 lardan foydalaniladigan tarmoqlar-
    da yil davomida ishlatish mumkin. 
    Avtomobil generatorlari va statyorlari, elektrodvigatellar, kar-
    danli birikmalar hamda oyna tozalagichlarning podshipniklarini 
    uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash uchun qiyin suyuqla-
    nadigan (tomchilab tushish harorati 130°C dan ortiq) va suv ta’si-
    riga chidamli bo‘lgan № 158 moyidan foydalaniladi. № 158 moyi 
    kaliyli va litiyli sovunlar asosida tayyorlanadi. Ularga ko‘k rang 
    beruvchi pigment qo‘shiladi. 
    Kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan sovun yordamida quyul-
    tirilgan neft asosidagi yoki sintetik moylar istiqbolli hisoblanadi. 
    Bunday moylar jumlasiga kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan 
    kalsiyli quyultirgichli Униол–1 va uning sovuq ta’siriga chidamli 
    Униол–ЗМ variantlarini keltirish mumkin. Ular odatdagi kalsiyli 
    moylar (masalan, solidol)ga nisbatan bir qator ijobiy xususiyatlar-
    ga ega, jumladan, issiqlik ta’siriga chidamliligi yuqori (150–170°C 
    haroratgacha ishlatish mumkin). 
    Konservatsion (himoya) moylaridan BTB–1 va ПВК moylari 
    ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. BTB–1 himoya moyi tolali texnik 
    vazelin bo‘lib, bu surkov moyi korroziyalanmasligi uchun simlar-
    ning uchlariga va akkumulatorlar batereyasining qutb chiqish sim-
    lariga, kanat tirgagiga, eshik ochilishini cheklagichga, yonilg‘i baki 
    163
    qopqog‘ining prujinasiga hamda sharnirlarga surtiladi. ПВК moyi 
    ham BTB–1 moyi ishlatiladigan tarmoqlarda ishlatiladi. Ular neft 
    moylariga qattiq uglevodorodli quyultirgichlar (parafin va sere ­
    zin) aralashmasini qo‘shib tayyorlanadi. Himoyalash xususiyatini 
    yaxshilash uchun 1 foiz miqdorda qo‘shilma qo‘shiladi. Suvda eri-
    maydi va himoya qatlami 2–4 mm bo‘lganida himoyalanadigan de-
    tallarni 5–10 yil davomida (harorat minus 50°C dan +50°C gacha 
    bo‘lganida) korroziyadan saqlashni ta’minlaydi. 
    Moylarning tasnifiy belgisida ularning vazifasi va ishlatilish so-
    hasidan tashqari, quyultirgich turi, ishlatish tavsiya etiladigan haro-
    rat diapazoni hamda quyuqlik darajasi ko‘rsatiladi. 
    Quyultirgich sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki ik-
    kita harfi bilan belgilanadi: Ka – kaliyli, Li – litiyli, Na – natriyli 
    yoki Li-Ka – litiy-kalsiyli aralash. Ishlatish tavsiya etilgon haro-
    rat diapazoni kasr ko‘rinishida beriladi, kasrning suratida minus 
    ishorasiz, 10 marta kichraytirilgan minimal harorat, maxrajida esa 
    10 barobar kichraytirilgan maksimal harorat ko‘rsatiladi. Moyning 
    quyuqlik darajasi 0 dan 7 gacha bo‘lgan shartli son bilan belgila-
    nadi. 
    Masalan, Литол–24 nomi bilan chiqariladigan litiyli moyning 
    belgisini keltirish mumkin: M Li 4/13–3. Harflar ko‘p maqsadlarda 
    ishlatiladigan antifriksion moy ekanligini (M), litiyli sovun bilan 
    (Li) quyultirilgan, namligi yuqori bo‘lgan sharoitda ishlay oladigan 
    moy ekanligini bildiradi. Moyni minus 40 dan +130°C gacha (4/13) 
    haroratlar oralig‘ida ishlatish mumkin. 3 raqami harfli son bo‘lib, 
    moyning quyuq-suyuqligini bildiradi. Bu qiymat penetratsiya soni 
    bilan belgilanadi. 
    Keyingi yillarda bir qator yangi plastik surkov moylari ishlab 
    chiqarilmoqda. Bulardan litiyli surkov moyi Фиол–1 kardanli val­
    ning shlitsali birikmalariga va o‘rindiqni surish moslamalariga sur-
    tishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ШРБ–4, ШРУС–4, ЛСС–15 
    markali zamonaviy maxsus moylar ishlab chiqarilmoqda, ular ba’zi 
    xususiyatlari bo‘yicha (ish harorati va mexanik turg‘unligining 
    yuqoriligi) solidollar, 1–13 va ЦИАТИМ–201 moylariga nisbatan 
    muayyan afzalliklarga ega. 


    164
    Tarmoqlarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlari va o‘zaro 
    almashinuvchanligi moy markasini tanlashda muhim ahamiyatga 
    ega. Moylash materialini va o‘zaro almashuvchisini tanlash ja-
    rayonini yengillashtirish maqsadida avtomobillarda ishlatiladigan 
    moylarning xususiyatlarini 5 balli tizimda baholash tavsiya etiladi 
    (6. 1- jadval). 1 ball – ushbu mezon bo‘yicha xususiyatlari qoniqar-
    siz; 2 ball – qoniqarli emas; 3 ball – qoniqarli; 4 ball – yaxshi; 
    5 ball – a’lo. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish