• Suv ta’ siriga chidamliligi Moylash xususiyati O‘zar o almashi - nuvchisi
  • Mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqariladigan plastik surkov moylarining ozaro almashinishi Mam- lakatimizda ishlab chiqari
  • AVTOMOBIL UCHUN MAXSUS SUYUQLIKLAR
  • Dvigatellarning sovitish tizimlarida ishlatiladigan suyuqliklar va ularga qo‘yiladigan talablar
  • Suvni sovituvchi suyuqlik sifatida ishlatish
  • o‘rtacha qattiq
  • Suv solishtirma hajmining ( V ) haroratga
  • Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    6. 1- jadval
    Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining
    asosiy turlarining tavsifi
    Moy
    Rangi
    Konsistent
    -
    lik klassi
    Tavsiya etilgan ish 
    har
    orati, °C
    Kolloid 
    turg‘unligi
    Bug‘lanuv
    -
    chanligi
    Suv ta’
    siriga 
    chidamliligi
    Moylash xususiyati
    O‘zar

    almashi
    -
    nuvchisi
    Solidol C
    Och sariq 
    r a n g d a n 
    to‘q jigar-
    ranggacha
    2
    –20–65
    5
    3
    4
    3
    Litol–24
    Press-
    solidol
    Och sariq 
    r a n g d a n 
    to‘q jigar-
    ranggacha
    1
    –30–50
    4
    3
    4
    3
    Fiol–1
    Grafitli
    Kumush-
    simon yal-
    tiraydigan 
    qora rang
    2
    –20–60
    5
    4
    3
    4
    ЛСС–15 
    ШРУС–4
    ЦИАТИМ–
    2001
    Sariq rang-
    dan och 
    jigarrang-
    gacha
    2
    –60–90
    1
    2
    3
    4
    Fiol–1
    1–13
    Och sa-
    riqdan to‘q 
    sariqqacha
    3 –20–100
    2
    3
    1
    3
    Litol–24
    Litol–24
    Jigarrang
    3 –40–120
    4
    4
    4
    3
    ЛСС–15
    165
    6. 1- jadvalning davomi
    Fiol–1
    Jigarrang
    1 –40–120
    2
    3
    4
    3
    Litol–24
    ЛСС–15
    Oq
    2 –40–130 3
    4
    4
    3
    Litol–24
    ШРБ–4
    Jigarrang-
    dan to‘q 
    jigarrang-
    gacha
    2 –40–130
    4
    4
    4
    4 ШРУС–4 
    Litol–24
    ШРУС–4
    Kumush-
    simon yal-
    tiraydigan 
    qora rang
    2 –40–120
    4
    4
    5
    5 ШРУС–4 
    Litol–24
    ВТВ–1
    Oq
    2
    –40–40
    5
    3
    5
    2
    ЛСС–15
    Uniol–1
    Jigarrang
    2 –30–150
    5
    5
    4
    4
    ШРБ–4
    ШРУ–4
    №158
    Ko‘k
    2 –30–100
    3
    5
    2
    3 ШРУС–4
    So‘nggi yillarda xorijiy mamlakatlarning bir qator firmalari to-
    monidan ishlab chiqarilayotgan plastik surkov moylaridan respub-
    likamizdagi avtomobil xo‘jaliklarida foydalanilmoqda. Shuning 
    uchun asosiy plastik surkov moylarini xorijiy firmalar tomonidan 
    ishlab chiqarilgan moylar bilan o‘zaro almashinishini belgilash 
    ham muhim (6. 2- jadval). 
    6. 2- jadval
    Mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqariladigan plastik surkov 
    moylarining ozaro almashinishi
    Mam-
    lakatimizda 
    ishlab chiqari-
    ladigan moylar
    Xorijiy firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan moylar
    Shell
    Mobil
    BP
    Esso
    Solidol C
    Uneda 2, 3 
    Lirona 3
    Mobilgrease
    AA №2,
    Greasrex D60
    Energrease
    C2, C3; En-
    ergrease GP2, 
    GP3
    Chassis XX, 
    Cazar K2
    Press-solidol
    Uneda 1, 
    Retinax С
    Mobilgrease 
    AA №1
    Energrease C1,
    CA Chassis
    L, H,
    Cazar K1


    166
    6. 2- jadvalning davomi
    Grafitli УСса
    Barbatia
    2, 3, 4
    Graphited № 3
    Energrease 
    C2G, C36
    Van Estan 2
    ЦИАТИМ–201 Aeroshell, 
    Grease 6
    Mobilgrease 
    BRB Zero

    Beacon 325
    1–13. ЯНЗ–2
    Nerita 2, 3 
    Retinax H
    Mobilgrease 
    BRB № 3
    Energrease № 
    2, № 3
    Andok M275, 
    Andok В
    Litol–24
    Retinax A,
    Alvania 3, 
    R3
    Mobilgrease 22
    Mobilgrease
    BRB
    Energrease L2,
    Multipurpose 
    Beacon 3, 
    Unirex 3
    Fiol–1
    Alvania 1
    Mobilux 1
    Energrease L2 Multi-Purpose
    Plastik surkov moylarini pasport ma’lumotlari bo‘yicha eksplu-
    atatsion baholash ham xuddi suyuq moylarni baholash kabi amal-
    ga oshiriladi. Baholash bo‘yicha xulosada moyning maksimal ish 
    harorati va ishqalanuvchi tarmoqlardagi moyning ruxsat etilgan 
    qizish harorati aniqlanadi va moyga suv ta’siri baholanadi. 
    Nazorat savollari:
    1. Qanday moylar plastik surkov moylari deyiladi?
    2. Plastik surkov moylarining tarkibiga nimalar kiradi?
    3. Surkov moylari qanday tarmoqlarda ishlatiladi?
    4. Plastik surkov moylarining qanday turlarini bilasiz?
    5. Moyning mexanik xususiyati qanday ko‘rsatkichlar asosida bahol-
    anadi?
    6. Plastik surkov moylari qanday sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi 
    lozim?
    7. Moy penetratsiyasi deganda nimani tushunasiz va u qanday aniqla-
    nadi?
    8. Moyning tomchilab tushish harorati qanday aniqlanadi?
    167
    VII BOB. AVTOMOBIL UCHUN MAXSUS
    SUYUQLIKLAR
    Avtomobillarda quyidagi maxsus suyuqliklar ishlatiladi: past 
    haroratda muzlaydigan sovituvchi suyuqliklar; tormoz, amortizator 
    suyuqliklari; ko‘tarish mexanizmlari suyuqliklari va boshqalar. 
    7. 1. Dvigatellarning sovitish tizimlarida ishlatiladigan
    suyuqliklar va ularga qo‘yiladigan talablar
    Dvigatelning ish jarayonida yonish kamerasi va silindr devorlari 
    orqali issiqlik tarqalishi tufayli, shuningdek, ishqalanishni yengish-
    ga sarflanuvchi energiyaning issiqlikka aylanishi hisobiga u nin g 
    detallari qiziydi. Dvigatelning turi va vazifasiga, shuningdek, 
    unin g ish rejimiga qarab, sovitish tizimi yonilg‘i yonganida ajra-
    lib chiqadigan issiqlikning 15–35 foizini olib ketadi. Sovitiladigan 
    detallardan olingan issiqlik, asosan, tizimdagi sovituvchi suyuqlik 
    vositasida atrof muhitga chiqarib yuboriladi. 
    Dvigatel detallari haroratining eng maqbul darajadan yuqorila­
    shishi silindrlarning yangi zaryad bilan massa bo‘yicha to‘lishini 
    kamaytirishga, moy qatlamining ko‘tarib turuvchanligining pa-
    sayishiga, chegaraviy ishqalanish paydo bo‘lish ehtimolining or-
    tishiga, ish vaqtida moyning moylash xususiyatlarining barvaqt 
    yo‘qolishiga, uning kuyindiga aylanib isrof bo‘lishiga, konstruktiv 
    tirqishlar va tarmoqlardagi detallarning o‘rnatilishi buzilishiga olib 
    keladi. Porshenlarning issiqlik ta’sirida shikastlanishi, klapan va 
    forsunkalarning o‘ta qizib ketishi, porshen halqalarining kuyishi va 
    boshqa jiddiy nosozliklar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. 
    Dvigatelning o‘ta sovib ketishi esa issiqlikning devorga o‘tib is-
    rof bo‘lishiga va yonilg‘i tejamkorligi yomonlashuviga, moyning 
    qovushoqligi ortishiga, binobarin, ishqalanishdagi isroflar ko‘payi ­
    shiga sabab bo‘ladi. Benzinda ishlaydigan dvigatellarning o‘ta so-


    168
    vib ketishi natijasida yonilg‘i bug‘lari suyuqlikka aylanishi tufay-
    li aralashmaning tarkibi o‘zgaradi, moyning sifati yomonlashadi, 
    porshen va halqalarning moylanishi buziladi, dizellarda esa ular-
    ning «qattiq» ishlashi kuchayadi. 
    Ichki yonuv dvigatellari havo bilan yoki ko‘pincha suyuqlik bi-
    lan sovitiladi. Havo oqimi yordamida sovitishda issiqlik qizigan 
    detallardan havo oqimi ta’sirida atmosferaga tarqaladi, suyuqlik 
    yordamida sovitishda esa ortiqcha issiqlik avval detallarni yuvib 
    o‘tuvchi suyuqlikka, so‘ngra atrof muhitga uzatiladi. Dvigatel ish-
    layotganida sovituvchi suyuqlik harorati 85–95°C (ba’zan 105–
    110°C)ga yetadi. 
    Suyuqlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga nis-
    batan quyidagi afzalliklarga ega:
    – eng qizigan joylarni samaraliroq sovitadi;
    – suyuqlikning issiqlik sig‘imi kattaroq bo‘lganida, turli ish sha-
    roitlarida va o‘zgaruvchan rejimlarda dvigatelning issiqlik holati 
    barqaror bo‘lishini ta’minlaydi;
    – atrof muhit havosining harorati past bo‘lganida, suyuqlik isi-
    tilishi tufayli dvigatelni ishga tushirilishi ancha ishonchli bo‘ladi;
    – tizim agregatlarini yurgizishga ko‘proq quvvat sarf bo‘ladi va 
    tizim agregatlarining ish jarayonidagi shovqinlilik darajasi pastroq 
    bo‘ladi;
    – nominal rejimda silindrlarni to‘ldirish koeffitsiyenti yuqoriroq 
    va o‘rtacha samarali quvvat qiymati hamda litrli quvvat kattaroq 
    bo‘ladi. 
    Sovitish tizimining ishonchli ishlashi ularda ishlatiladigan 
    suyuqlikning fizikaviy­kimyoviy xossalariga bog‘liq. Sovituvchi 
    suyuqliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori qay-
    nash harorati (sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15–20°C 
    yuqori bo‘lishi) va issiqlik sig‘imiga ega bo‘lishi; muzlash harorati 
    tashqi havoning eng past haroratidan (kamida 5–10°C) past bo‘li-
    shi kerak; ular sovitish tizimida sovish tezligini pasaytiradigan va 
    sovituvchi suyuqlikning tizim bo‘ylab aylanishini buzadigan turli 
    qatlamlar (quyqalar, cho‘kindilar) hosil qilmasligi, ko‘pirmasligi, 
    169
    shuningdek, metall detallarni zanglatmasligi, qistirmalarni yemir-
    masligi lozim; suyuqlikning kengayish koeffitsiyenti mumkin qa-
    dar kichik bo‘lishi lozim; shuningdek, sovitish suyuqliklari arzon, 
    yetarli, yong‘in chiqish jihatidan xavfsiz bo‘lishi va xizmat ko‘rsa-
    tuvchi shaxslar salomatligiga zarar yetkazmasligi zarur. 
    Yuqoridagi talablarga to‘la javob bermasa ham dvigatelning 
    sovitish tizimida suvdan keng foydalaniladi. Chunki u issiqlikni 
    yaxshi o‘tkazadi, issiqlik sig‘imi katta, qovushoqligi past hamda 
    ishlatishga qulay. 
    7. 2. Suvni sovituvchi suyuqlik sifatida ishlatish
    Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda suvdan keng foydala-
    niladi, chunki u boshqa suyuqliklarga nisbatan bir qator afzalliklar-
    ga ega: hamma yerda topiladi, arzon, zaharli emas, yong‘in jihatidan 
    xavfsiz, issiqlik sig‘imi katta (4,224 kJ/kg. °C), qovushoqligi past 
    (υ
    20
    = 1 mm
    2
    /s). Shu bilan bir qatorda, u ba’zi kamchiliklarga ham 
    bor. Bulardan eng asosiysi – qaynash haroratining pastligi (sovitish 
    tizimidagi bosim 0,11–0,12 MPa bo‘lganida 105–108°C)dir. 
    Suvning xossalari ko‘p jihatdan uning qayerdan paydo bo‘lishi-
    ga bog‘liq. Masalan, yog‘in suvlari (yomg‘ir, qor)da erigan tuzlar 
    va organik birikmalar deyarli bo‘lmaydi. Oqar suvlar keng tarqal-
    gan. Bu suvlarning tarkibida suv havzasi joylashgan va u o‘tadigan 
    yerdagi tuproq va jinslarga qarab, turli miqdorda erigan tuz hamda 
    organik birikmalar bo‘ladi. Daryo, ko‘l, hovuz va buloq suvlari, 
    ya’ni chuchuk suvlarda mineral va organik birikmalarning ta’mi 
    bilinmaydi. Dengiz sho‘r suv havzasi bo‘lib, ularda suvda erigan 
    turli xil moddalar ko‘p miqdorda bo‘ladi, ta’mi sho‘r-taxir. Ularni 
    dastlabki ishlovdan o‘tkazmasdan turib ishlatish mumkin emas. 
    Oqova suvlardan tashqari, ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar 
    uchun yer osti suvlari yoki sizot suvlardan ham keng foydalaniladi. 
    Sizot suvlari ko‘pincha rangsiz, ko‘rinishi juda tiniq bo‘lib, ular-


    170
    ning tarkibida ko‘p miqdorda erigan tuzlar bo‘ladi. Shuning uchun 
    ulardan sovitish tizimida foydalanish maqsadga muvofiq emas. 
    Tabiiy suvlarning sifati ularning tarkibidagi erimagan modda-
    lar, kolloid zarralar yoki erigan aralashmalar tarkibi va miqdoriga 
    bog‘liq. Suvlar erimagan mexanik aralashmalardan tindirish yoki 
    filtrlash yo‘li bilan tozalanadi. Agar shundan keyin ham suv xiraligi-
    cha qolsa, unda juda mayda zarralar qolgan bo‘ladi. Bunday suvni 
    tozalash uchun ularga turli xil moddalar – koagulatorlar qo‘shiladi 
    (masalan, temir (III)-xlorid, aluminiy sulfat). Bu moddalar ta’sirida 
    suvdagi zarralar o‘zaro birikib yiriklashadi. Yiriklashgan zarralar suv 
    tindirilganida osongina cho‘kadi, filtrlanganida ushlanib qoladi. 
    Dvigatel ishlayotganida, yuqori harorat ta’sirida suvdan tuzlar 
    ajralib, dvigatel g‘ilofining va sovitish tizimidagi boshqa tarkibiy 
    qismlarning devoriga o‘tirib quyqa hosil qiladi. Quyqalar sovitish 
    tizimi kanallari teshigining kichrayishiga sabab bo‘ladi. Quyqalar-
    ning issiqlik o‘tkazuvchanligi metallarga nisbatan bir necha barobar 
    kam bo‘lganligi uchun sovitish tizimiga issiqlik o‘tishini kamayti-
    radi va bu bilan devorlarning harorati ko‘tarilishiga, detal va tar-
    moqlarning issiqlikdan zo‘riqishi kuchayishiga, issiqlikning atrof 
    muhitga tarqalishi buzilishiga va suyuqlikning tizimda aylanishini 
    qiyinlashuviga sabab bo‘ladi. Bularning hammasi dvigatelning ish 
    ko‘rsatkichlari va moylash rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyqa 
    qatlami qanchalik qalin, zich va qattiq bo‘lsa, issiqlik almashini-
    shi shuncha yomon, yonilg‘i va moylash materiallari sarfi shuncha 
    ko‘p bo‘ladi. Quyqa qalinligi 5 mm gacha yetishi va undan ham or-
    tishi mumkin. Bunda quyqaning issiqlik o‘tkazuvchanligi yomon-
    lashishishi hisobiga dvigatelning issiqlik rejimi buziladi. Natijada 
    yonilg‘i sarfi (25–30 foizgacha), moy sarfi (30–40 foizgacha) ortadi 
    va dvigatel quvvati (20–25 foizgacha) pasayadi. 
    Suvning qattiqligi tarkibidagi kalsiy va magniy ionlari miqdori 
    bilan aniqlanadi. Suvning umumiy, karbonatli (vaqtinchalik) va 
    nokarbonat (doimiy) qattiqliklari farqlanadi. 
    Suvning umumiy qattiqligi deganda, undagi kalsiy va magniy 
    ionlarining umumiy miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlik bir litr 
    171
    suvga to‘g‘ri keladigan kalsiy (Ca
    ++
    ) va magniy (Mg
    +4
    ) ionlari ning 
    milligramm ekvivalentlar (mg. ekv/l) miqdori bilan o‘lchanadi. 
    1 mg. ekv/l – bir litr suvdagi 20,04 mg kalsiy (Ca
    ++
    ) yoki 12,16 mg 
    magniy (Mg
    +I
    ) ioniga to‘g‘ri keladi. 
    Suvning vaqtinchalik qattiqligi uni tarkibidagi erigan nordon 
    karbonat tuzlari Ca(HCO
    3
    )
    2
    va Mg(HCO
    3
    )
    2
    miqdori bilan baho-
    lanadi. Bu tuzlar 80–85°C dan yuqori haroratlarda parchalanadi va 
    kalsiy karbonat CaCo
    3
    , magniy gidroksidi Mg(OH)
    2
    cho‘kmalari, 
    nordon karbonat gazi va suv hosil qiladi. Shuning uchun karbonatli 
    qattiqlik vaqtinchalik qattiqlik deyiladi. 
    Suvning doimiy qattiqligi uning tarkibidagi kalsiy va magniy 
    qoldiq tuzlari (xlorid tuzlari CaCl, MgCl
    2
    ; sulfat tuzlari CaSO
    4

    MgSO
    4
    ; silikat tuzlari CaSiO
    3
    , MgSiO
    3
    va nitratlar) miqdori bilan 
    baholanadi. Suv qaynatilganida, bu tuzlar erib, cho‘kma hosil qil-
    maydi, shuning uchun nokarbonat qattiqlik suvning doimiy qat­
    tiqligi deyiladi. 
    Qattiqligiga binoan suvlar 3 guruhga ajratiladi: suv tarkibi-
    da 3 mg. ekv/l gacha miqdorda tuzlar bo‘lsa, u yumshoq suv hi-
    soblanadi va uni sovitish tizimida ishlatish mumkin. Tarkibida 
    3–6 mg. ekv/l miqdorda tuz bo‘lgan suv o‘rtacha qattiqlikdagi
    6 mg. ekv/l dan ortiq miqdorda tuzlar bo‘lgan suv esa qattiq suv 
    hisoblanadi. 
    Dvigatellarni sovitishda sovituvchi suyuqlik sifatida yumshoq 
    suvdan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki yumshoq suvdan 
    foydalanilganida quyqa hosil bo‘lmaydi. O‘rtacha qattiqlikdagi 
    suvdan foydalanilganida esa tizim hosil bo‘ladigan quyqalardan 
    tozalab turilishi lozim. Tozalash yiliga kamida 2 marta amalga 
    oshi rilishi lozim. Qattiq suvlarni yumshatmasdan sovitish tizimiga 
    quyish tavsiya etilmaydi. 
    Dvigatellarning cho‘yan va po‘lat detallarini zanglatishi ham 
    suvning asosiy kamchiliklaridan biridir. Suvni sovituvchi suyuqlik 
    sifatida ishlatishdagi asosiy noqulaylik uning muzlash harorati ning 
    nisbatan yuqoriligidir (0°C). Shu bilan birga, dvigatel havoning 


    172
    harorati manfiy bo‘lgan tabiiy sharoitda ishlaganida, sovitish tizimi-
    dagi suv muzlashi mumkin. Ma’lumki, muzning zichligi suvnikiga 
    qaraganda kichikroq bo‘ladi va shu sababli u suvga nisbatan taxmi-
    nan 10 foiz kattaroq hajmni egallaydi (7. 1- rasm). Buning oqibati-
    da muz metall detallar (silindrlar blokining kallaklari, radiator)ning 
    shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu holat manfiy haroratlarda 
    dvigatellarni ishlatishni qiyinlashtiradi, shuning uchun qish faslida 
    muzlash harorati past bo‘lgan maxsus sovituvchi suyuqliklar (anti-
    frizlar)dan foydalanish zarur. 
    7. 1- rasm. Suv solishtirma hajmining (V) haroratga

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish