|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is(t) bog‘liqlik grafigi.
7. 3. Suvni yumshatish usullari
Qaynatish. Suvni yumshatishning eng oddiy usuli uni 15–
20 min davomida qaynatishdir. Bunda suvga karbonat qattiqlik be-
ruvchi tuzlar qiyin eriydigan va cho‘kma hosil qiladigan karbonat
CaCO
3
va magniy gidrooksid Mg(OH)
2
larga parchalanadi, qisman
nordon karbonat gazi va kislorod ajraladi. Keyinchalik bu tuzlar fil-
trlanadi. Qoldiq vaqtinchalik qattiqlik 1–2 mg. ekv/l dan oshmaydi.
173
Suvni kimyoviy usulda yumshatish. Suvni kimyoviy usulda
yumshatishning turli usullari ancha keng tarqalgan. Bu usullardan
biri cho‘ktirish usuli bo‘lib, bunda suv tarkibidagi kalsiy va mag-
niy kationlari, eriydigan tuzlar qiyin eriydigan birikmalarga aylan-
tiriladi. Buning uchun suvga gidroksid OH
–
va karbonat CO
2–
3
ion-
lari kiritiladi. Bu maqsadda ohak Ca(OH)
2
, kalsiylangan soda Na
2
,
CO
3
va trinatriyfosfat Na
3
PO
4
ishlatiladi. Suvga solingan reagent
20–30 min davomida suv bilan aralashtiriladi. Ishlov berilganidan
so‘ng cho‘kkan quyqalar filtrlanadi, yumshagan suv esa dvigatel
ning sovitish tizimiga quyiladi. Bu usulda ishlov berishdan so‘ng
umumiy qoldiq qattiqlik 0,5–1,0 mg. ekv/l ga teng bo‘ladi.
Kation almashtirish usuli suvda erimaydigan ba’zi moddalar-
ning (kationlarning) suvni kationlar orqali filtrlashda o‘zining ka-
tionlarini tuzlar kationlariga almashtirish xususiyatiga asoslangan.
Ishlab chiqarish sharoitida suvni glaukonit yoki sun’iy permutit
birikmasi bilan yumshatish keng tarqalgan. Suv glaukonit (permu-
tit)dan filtrlab o‘tkazilganida unda o‘zgarish bo‘ladi: mineraldagi
natriy suvga o‘tadi, suvdan ajralgan kalsiy va magniy esa unda ush-
lanib qoladi. Ishlatilganida quyqa hosil qilmaydigan yumshoq suv
shu tarzda olinadi.
Glaukonit filtr 40 kg glaukonit joylashtirilgan sig‘imdan iborat
bo‘lib, undagi glaukonit qatlami 350–370 mm bo‘ladi. Filtrning
unumdorligi suvning dastlabki qattiqligi 18 mg. ekv/l bo‘lganida
250–300 l ni tashkil etadi. Ba’zan glaukonit o‘rnida permutit ishla-
tiladi va bu permutit filtr deb yuritiladi.
|
| |