186
7. 1- jadvalning davomi
oq tunuka
po‘lat
aluminiy qotishmalari
cho‘yan
latun
mis
0,2
0,2
0,1
0,2
0,4
0,4
0,1
0,1
0,1
0,1
0,4
0,4
0,1
0,1
0,1
0,1
0,1
0,2
0,1
0,1
0,1
0,1
0,4
0,4
7. 7. Amortizator suyuqliklari
Avtomobillarning gidravlik amortizatorlarida, odatda, amortiza-
tor suyuqliklaridan foydalaniladi.
Avtomobilning amortizatorlari turli harorat oralig‘ida ham ishga
layoqatli bo‘lishi uchun ularga quyiladigan suyuqlik past harorat-
da (minus 40°C dan yuqori emas) qotadigan bo‘lishi, qovushoqligi
yuqori bo‘lmasligi (20°C da 30–60 mm
2
/s; 50°C da 10–16 mm
2
/s;
100°C da 2,5–6 mm
2
/s), harorat o‘zgarishi bilan juda kam o‘zgara-
digan darajada bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, amortizator suyuq-
liklarining moylash va korroziyaga qarshi xususiyatlari yuqo‘ri
bo‘lishi lozim. Shuningdek, amortizator suyuqliklarining qovu-
shoqligi yilning sovuq davrida uchraydigan ixtiyoriy haroratlarida
2000 mm
2
/s dan ortmasligi lozim. Amortizatorlar uchun suyuqlik
sifatida yo qovushoqligi kichik bo‘lgan neft moyidan (masalan,
АУ – urchuq moyi), yoki ularning kremniyorganik birikmalari
hamda oksidlanishga va yeyilishga qarshilik ko‘rsatuvchi qo‘shil-
malar (masalan, АЖ–12Т yoki МГП–10 suyuqligi) bilan aralash-
malari ishlatiladi.