200
hisobga olgan holda yig‘ish mumkin bo‘lgan ishlatilgan moyning
texnikaviy asoslangan miqdoridir. Bu me’yorlar yakka tartibda
yoki uskunalar, dastgohlar birligi uchun va guruhli bir turdagi tex-
nikalarga, sex, uchastka, korxonalar uchun turlicha bo‘ladi.
Yakka tartibdagi yig‘ish me’yori mashinani, mexnizmni, agre-
gatni toza moy bilan bir marta to‘ldirish
miqdoridan foydalanish
davrida sarflangan moy miqdorining ayirmasiga teng.
Foydalanish jarayonida sarflangan moy dvigatelda kuygan moy,
siqilgan havo bilan chiqarilgan moy, texnologik oqishlar, tizimdan
to‘kilmasdan qolgan moy va boshqa miqdorlarning yig‘indisidan
iborat.
Ishlatilgan ma’lum turdagi texnika uchun guruhli me’yor tegish-
li yakka tartibdagi me’yorlarni qo‘shib, texnikani ishlatish davrida
ish ko‘rsatkichlari, belgilangan almashtirishlar va yo‘qotishlarni
hisobga olgan holda aniqlanadi. Guruhli me’yorlar ma’lum uchast-
ka, sex va korxona uchun ham belgilanadi va o‘tkaziladi.
8. 4. Avtotransport korxonalarida neft mahsulotlari
va texnik suyuqliklarning sifatini nazorat qilish
Barcha neft mahsulotlarining fizikkimyoviy xossalari standart
yoki texnik shartlar talablariga javob berganidagina ulardan foyda-
lanish mumkin. Shuning uchun neft mahsulotlari bilan ta’minlov-
chi tashkilotning neft omboridan olinadigan har bir neft mahsulo-
ti uchun uning sifat pasportini talab qilish zarur. Neft omborining
mudiri bu sifat pasporti asosida hisob-kitob jurnalini to‘ldirib bora-
di. Jurnalga yonilg‘i olingan kun, partiya tartib raqami, yonilg‘i
yoki moy markasi, asosiy fizikkimyoviy ko‘rsatkichlari
hamda
ularning standart talabiga mos kelish yoki kelmasligi qayd qilina-
di. Olingan mahsulotlar navlari bo‘yichagina emas, balki markalari
bo‘yicha hamda alohida-alohida saqlanishi zarur.
Benzin, motor moylari va plastik surkov moylarining sifati ka-
mida yiliga ikki marta, dizel yonilg‘isi va boshqa moylarniki esa
201
har yili tekshirib turilishi kerak. Nazorat-tekshirish uchun (sifat
pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar doirasida) yonilg‘i va moy-
lash materiallarining namunalarini neft mahsulotlari bilan ta’min-
lovchi tashkilotlarning neft bazalaridagi laboratoriyalarga yuborish
mumkin.
Bundan tashqari, neft mahsulotlarining sifati bevosi-
ta xo‘jalikning yoki korxonaning o‘zida oddiy usullar bilan ham
aniqlab turilishi zarur. Bu tadbirlar neft mahsulotlarini tejashgagina
emas, balki texnikaning buzilmasdan, ishonchli va samarali ishlash
muddatini uzaytirishga, ehtiyot qismlar sarfini kamaytirishga im-
kon beradi.
Ko‘pgina mashinalarni sinash stansiyalarida neft mahsulotlari-
ni tekshirish uchun yarim jihozlangan laboratoriyalar mavjud. Bu
laboratoriyalar yangi yonilg‘i va moylash
materiallarini sinovdan
o‘tkazish, shuningdek, yaqin atrofdagi korxonalar va xo‘jaliklar
mashinalarida ishlatiladigan neft mahsulotlari sifatini tekshirish
uchun mo‘ljallangan.
8. 1- rasm. Namuna olish uchun ruletkali lot:
1 – chizg‘ich;
2 – rezba;
3 – shtutser;
4 – ruletka;
5 – rezina naycha;
6 – qopqoq;
7 – stakan.
Bundan tashqari, qo‘lda olib yuriladigan РЛ va РЛ–2М labora-
toriyalari keng tarqalgan. Bu laboratoriyalarning jihozlari, sig‘im-
lar, sisternalar va boshqa idishlardan yonilg‘i va moylash mate-
riallarining namunalarini olib, ularning sifatini, ya’ni zichligini,
202
mexanik aralashmalar, suv, smolali birikmalar borligini,
moylar-
nnig kinematik qovushoqligini tekshirish imkonini beradi.
Laboratoriya jamlanmasiga sig‘im, sisterna va boshqa katta
idishlardan namuna olish uchun ishlatiladigan lot (8. 1- rasm) ki-
radi. Namuna olish vaqtida rezina naycha 5 ning yuqori uchi qisib
qo‘yiladi va ruletka
4 yordamida lot kerakli chuqurlikka tushiriladi.
So‘ngra naycha ochiladi, shunda neft mahsuloti stakan
7 ni to‘ldira-
di. Namuna olgich ko‘tariladi, qopqog‘i burab ochiladi va yonilg‘i
quruq, toza idishga to‘kiladi. Agar sig‘im tubidagi suv
qatlamining
qalinligini aniqlash lozim bo‘lsa, chizg‘ich
1 ga yupqa qilib pasta
surtiladi yoki unga suvga sezgir qog‘oz mahkamlanadi.
Kichikroq idishdan namuna olish uchun laboratoriya qop-
qog‘ining ichki tomoniga qo‘yilgan namuna olgichlardan foydala-
niladi (8. 2- rasm). Yonilg‘i aluminiy naycha
1 yordamida, moy esa
naycha
2 yordamida olinadi. Ular namuna olgichning yuqorigi qis-
miga oraliq detal vositasida biriktirib tutashtiriladi. Plastik surkov
moylaridan namuna olish uchun ularga namuna olgich
3 burab
kirgiziladi. Teshikka qo‘yiladigan kurakcha
5 yordamida namuna
bankaga tushiriladi va yaxshilab aralashtiriladi.
8. 2- rasm. Namuna olgichlar:
a, b, d – mos ravishda yonilg‘i, moy, surkov
moyi olish uchun naycha-
lar;
e – kurakcha.
203
Sig‘imlarda neft mahsulotining uchta sathidan, ya’ni neft mah-
sulotining yuzidan 200 mm chuqurdan (1 qism), o‘rta sathidan
(3 qism) va rezervuar tubidan 250–300 mm chuqurlikda joylashgan
pastki sathidan (1 qism) olingan namunalar aralashtirilib, neft mah-
sulotining o‘rtacha namunasi olinadi. Har bir namunaga uning mar-
kasi va olingan kuni ko‘rsatilgan yorliq yopishtirladi. Uzoq muddat
saqlashda har 3 oyda o‘rta qatlamdan hamda idish tubidan namuna
olinib, yonilg‘ining ifloslanganligi tekshiriladi.
Laboratoriyada, namuna
olgichdan tashqari, areometrlar (zich-
likni aniqlash uchun), termometrlar, spirtometr, gidrometr (anti-
frizning qotish haroratini aniqlash uchun) kabi qator o‘lchash ji-
hozlari ham bo‘ladi. Laboratoriyada jihozlar ro‘yxati bilan birga
ulardan foydalanish qoidalari yozilgan yo‘riqnoma ham mavjud.