222
IX BOB. ASOSIY EKSPLUATATSION
MATERIALLARNING ZAHARLILIGI
VA TEZ ALANGALANUVCHANLIGI
(YONG‘IN JIHATDAN XAVFLILIGI)
9. 1. Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus
suyuqliklarning zaharliligi
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning barcha
turlari birorbir darajada zaharli va yong‘in jihatidan xavflidir. Shu
ning bilan birga, yonilg‘i va organik erituvchilar
portlash jihatidan
ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun avtotransport korxonalari
(ATK) ishchi xodimlari avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarning
ekologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari lozim. Yonilg‘i-moylash
materiallari va maxsus suyuqliklarning ekologik xususiyatlari de-
ganda, ularni tashish, saqlash, quyish yoki almashtirish jarayon-
larida odam va atrof muhitga ta’siri tushuniladi. Muhim ekologik
xususiyatlarga zaharlilik, yong‘in jihatdan va portlash jihatidan
xavflilik hamda elektrlanish xususiyatlari kiradi.
Avtomobil benzinlari zaharli material bo‘lib, inson organizmi-
ga nafas olish yo‘llari, teri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushi-
shi mumkin. Benzin bug‘larining havodagi konsetratsiyasi 0,3 mg/
l
dan oshmasligi lozim. Odam tarkibida 5–10 mg/
l benzin bug‘lari
bo‘lgan havodan qisqa muddat nafas olganida kuchli zaharlanishi
mumkin, buning xarakterli belgilari quyidagilardir: bosh og‘rig‘i,
tomoq tirnalgandek bo‘lishi, yo‘tal tutishi, ko‘z va burun achishi-
shi, yurganida qalqib ketish, bosh aylanishi, hushdan ketish. Za-
harlangan kishi toza havoga olib chiqilganidan keyin ma’lum vaqt
o‘tganidan so‘ng bu belgilarning ko‘pchiligi barham topadi. Bun-
dan tashqari, benzin bug‘laridan kuchli zaharlanishning dastlabki
belgilari tana haroratining pasayishi,
yurak urishining sekinlashi-
223
shi, arteriya qon bosimining (yuqorigi va quyi ko‘rsatkichlarining)
pasayishi va odam organizmidagi boshqa fiziologik o‘zgarishlar.
Benzin bug‘larining konsentratsiyasi 35–40 mg/
l bo‘lgan havo-
da 5–10 minut nafas olish odam sog‘lig‘i uchun xavflidir. Benzin
bug‘lari konsentratsiyasi bu chegaradan yuqori bo‘lganida odam
tezda hushdan ketishi va hatto o‘lishi mumkin.
Kuchli zaharlanishga shamollatilmaydigan xona va sexlardagi
sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan tozalash sabab bo‘ladi.
Bunday xonalar yetarli darajada shamollatilmasligi oqibatida xona
havosi benzin bug‘lariga tezda to‘yinadi va xavfli konsentratsiya
hosil qiladi. Shuning uchun sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan
tozalash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy
amal qilish lozim. Kuchli zaharlanish benzin shlang yordamida
og‘izda so‘rilganida yoki yonilg‘i apparaturalari og‘izda purkal-
ganida ham kelib chiqishi mumkin. Buning natijasida og‘ir kasal-
lik – zotiljam kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bunda o‘pkaning
oraliq to‘qimasi va bronxlarning juda mayda tarmoqlari yallig‘la-
nadi. O‘tkir zotiljam kasalligi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: krupoz zotil-
jam (bunda o‘pkaning bir bo‘lagi zararlanadi, et uvishib, tana haro-
rati ko‘tariladi, nafas olganida ko‘krak qafasi og‘riydi), o‘choqli
yoki interstitsial zotiljam (yo‘tal tutib, bemor shilliq yiring aralash
balg‘am tashlaydi, tana harorati 37–39°C bo‘ladi).
Yuqorida aytib o‘tilganidek (2- bob), etillangan benzinlar tarkibi-
da antidetonator sifatida kuchli zaharli modda tetraetilqo‘rg‘oshin
ishlatiladi. Etil suyuqligi toza tetraetilqo‘rg‘oshin
kabi organizmga
kuchli ta’sir etuvchi zahardir. Etil suyuqligi bilan bajariladigan bar-
cha ishlar, asosan, uni benzinga aralashtirish (etillash) zaharlanish-
ni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bu ishlarni bajarish-
da profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Shu maqsadda
benzinlarni etillash zavod sharoitida maxsus aralashtirish quril-
malarida bajariladi. Benzinlarni maxsus aralashtirish qurilmalari
bo‘lmaganida etillash qat’iy taqiqlanadi.
Etillangan avtomobil benzinlarida tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori
etil suyuqligiga nisbatan juda kam va benzinning zaharliligi bir
224
necha barobar past bo‘lishiga qaramay, ulardan ehtiyot bo‘lib foy-
dalanish lozim. Etillangan benzinlardan foydalanish qoidalariga
rioya etilishi etillangan benzinlardan odatdagi benzinlar kabi foy-
dalanishga imkon beradi.
Etillangan avtomobil benzinlarini ishlatishda tetraetilqo‘rg‘os-
hin ta’sirida zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga
qat’iy rioya qilish lozim.
Etillangan avtomobil benzinlarini faqat dvigatel uchun yonilg‘i
sifatida ishlatish lozim. Etillangan benzinlarni yoritish shamdonla-
rida, primuslarda, kavsharlash lampalarida (koviya), zajigalkalar-
da, benzin yonilg‘isida ishlaydigan arralarda, shuningdek, texnik
maqsadlarda erituvchi sifatida, mashina detallarini va qo‘l
yuvish-
da ishlatish taqiqlanadi.
Etillangan benzindan tasodifan zaharlanishning oldini olish
va uning faqat belgilangan maqsadlarda ishlatilishini ta’minlash
uchun etillangan benzin saqlanadigan sig‘imlarga «Etillangan ben-
zin. Zaharli!» degan yozuv (yuvilib ketmaydigan bo‘yoqda) yozib
qo‘yilishi lozim.
Etillangan benzinlarning organizmga ovqat hazm qilish yo‘llari
orqali tushishi natijasida odam kuchli zaharlanishi mumkin. Shu-
ning uchun etillangan benzinni og‘iz bilan so‘rish va ta’minlash
tizimiga haydash (puflash) taqiqlanadi. Benzinni so‘rish va hay-
dash uchun maxsus moslamalar (nasoslar, noksimon rezinalar)dan
foydalanish kerak.
Etillanmagan benzinni har qanday holatda oziq-ovqat mahsulot-
lari, turli xil yuklar, odamlar bilan birga, shuningdek, avtobuslar,
yengil avtomobillar va yuk avtomobillarining kabinalarida tashish
taqiqlanadi. Go‘sht, non, un, yog‘lar tetraetilqo‘rg‘oshinni osongi-
na yutish xususiyatiga ega. Benzinning bexosdan to‘kilishi oziq-
ovqat mahsulotlarida zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari qaynatilganida ham uning za-
harliligi kamaymaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashishda etillangan ben-
zindan bo‘shatilgan idishilarni ishlatish maqsadga muvofiq emas,
225
chunki bunday idishlarda doimo ma’lum miqdorda tetraetil-
qo‘rg‘oshin bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari orqali zaharlanishning oldini
olis h
uchun haydovchilarning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qaratish
lozim. Etillangan benzin kiyim-kechakka yoki badanga tekkanida
uni zararsizlantirish uchun terini yoki kiyim-kechakning o‘sha jo-
yini issiq suvda sovunlab yuvish kerak.
Etillangan benzinni ishlatadigan xodimlar maxsus kiyim kiyib
olishlari va shaxsiy himoya vositalarini (ko‘zoynak, qo‘lqop, niqob
va boshqalar) olib yurishlari lozim.
Etillangan benzindan zaharlanish xavfi tetraetilqo‘rg‘oshinning
atrofdagi buyumlar (bino devorlari hamda poli, kiyimlar, idishlar
va boshqalar)ga o‘tirib qolish xususiyati hisobiga yana-da ortadi.
Etillangan benzin ta’sirida zararlangan buyumlarni zararsizlanti-
rishda degazatorlar – dixloramin (benzindagi 1,5 foizli eritmasi) va
xlorli ohakdan foydalaniladi. Xlorli ohak bo‘tqa ko‘rinishida ish-
latiladi, bunda 1 qism ohakka 3–5 qism suv qo‘shiladi. Etillangan
benzin to‘kilgan joyga qum sepib, supuriladi, so‘ngra xlorli ohak
bo‘tqasi (1 m
2
ga 1,5
l hisobida) bir tekis surtiladi va 4–5 soatdan
keyin yuvib tashlanadi. Etillangan benzin to‘kilgan
joylarni quruq
xlorli ohak bilan zararsizlantirish taqiqlanadi, aks holda, yong‘in
chiqishi mumkin.
Dvigatelni va ta’minlash tizimini ta’mirlashda barcha ajra
tib olin gan detallarni (yonilg‘i nasosi, filtrlar, karburator, benzin
o‘tkaz gichlar, porshen kallagi, klapanlar va klapan uyalari, chiqa-
rish quvur o‘tkazgichlari) ishqorli qaynoq eritmada yoki kerosin da
yuvish va artish shart.
Benzin teriga tushsa, uni kerosinda ho‘llangan latta bilan artish,
keyin iliq suvda sovunlab yuvish lozim. Etillangan benzin ko‘zga
tushganida, ko‘zni 2 foizli soda eritmasi yoki toza iliq suv
bilan
yuvish, so‘ngra davolash muassasasiga murojaat qilish lozim.
Etillangan benzin tasodifan oshqozonga tushganida, oshqozonni
ichimlik sodasi eritmasi bilan chayish va majburan qayt qilish
lozim.
226
ATKning etillangan benzin ishlatiladigan hamma joylarida iliq
suv, kerosinli idish, sovun, toza latta va sochiq turishi kerak. Etil-
langan benzin bug‘lari ham benzinning o‘zidek zaharli ekanligini
yodda tutish zarur.
Neft mahsulotlari ta’sirida zaharlangan kishini, avvalo, toza
havoga olib chiqish lozim. Agar u kuchsiz zaharlangan bo‘lsa,
shifokor kelguniga qadar uni tinch qo‘yish va unga valerianka ichi-
rish kerak. Og‘ir hollarda (nafas olish keskin kamayganda, hushdan
ketganda) unga novshadil spirti hidlatish va toza kisloroddan nafas
oldirish zarur. Nafas olish keskin susayib ketganida yoki to‘xtaga-
nida sun’iy nafas oldirish zarur.