• Ishlatilgan gazlarning zaharliligi.
  • Uglerod (II)-oksidi
  • Dizel yonilg‘isi bug‘larining zaharliligi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Dizel yonilg‘isi bug‘larining zaharliligi, odatda, benzinning 
    za harliligidan yuqori bo‘ladi, ammo dizel yonilg‘isining bug‘la-
    nuv chanlik darajasi pastligi hisobiga yonilg‘i bug‘larining havoda-
    gi konsentratsiyasi sezilarli darajada kam bo‘ladi. Dizel yonilg‘isi 
    bug‘larining havodagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,3 mg/l deb 
    belgilangan. Dizel yonilg‘ilaridan zaharlanishda profilaktika va 
    yordam ko‘rsatishdagi tadbirlar benzinni ishlatishdagi kabi amalga 
    oshiriladi. 
    ATKda boshqa turdagi yonilg‘ilar (sintetik yonilg‘ilar, siqil-
    gan gaz, spirtlar)dan yoki yonilg‘i sifatini yaxshilovchi turli xil 
    komponent va qo‘shilmalardan foydalanganda texnika xavfsizligi 
    bo‘yicha tegishli instruksiyalarga rioya etish lozim. 
    Ishlatilgan gazlarning zaharliligi. Dvigatellar atmosferaga 
    chiqarib tashlaydigan yonish mahsulotlari yoki yonilg‘i va moy-
    ning chala oksidlanish mahsulotlarining odam organizmini za-
    harlaydigan va atrof muhitni ifloslantiradigan o‘nlab komponent-
    laridan uglerod (II)-oksidi (CO), azot oksidlari, yonmay qolgan 
    uglevodorodlar, aldegidlar, oltingugurt birikmalari, qo‘rg‘oshin 
    birikmalari va qurumni ko‘rsatish mumkin. 
    Uglerod (II)-oksidi (is gazi) uglerodli yonilg‘ilar kislorod ye-
    tarli bo‘lmagan sharoitlarda yonganida hosil bo‘ladi. Is gazi gemo-
    globin hosil qiluvchi faol markazlar ishini to‘xtatib qo‘yadi, buning 
    oqibatida inson organizmida oksidlanish jarayonlari buziladi, bu 
    227
    esa o‘limga olib kelishi mumkin. Is gazining havodagi ruxsat etil-
    gan konsentratsiyasi 0,02 mg/l deb belgilangan. Is gazi konsentrat-
    siyasi bu miqdordan ziyod bo‘lganida organizm sezilarli darajada 
    zaharlanadi. Bunda birinchi bosqichda bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, 
    yurak urishi tezlashadi, nafas qisadi, odam qayt qiladi. Ikkilamchi 
    bosqichda kishini uyqu bosishi, keyin hushdan ketishi mumkin. Is 
    gazining havodagi konsentratsiyasi 0,65 mg/l bo‘lsa, kishi hushi-
    dan ketishi mumkin, 2,5 mg/l bo‘lganida esa, kishi o‘lishi mumkin. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dizel yonilg‘isi bug‘larining zaharliligi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish