• 1.O’zbek tilining imlo qoidalari . 2. Sohaga oid ijodiy mant yaratish 3.Sohaga oid berilgan mavzu boyicha esse yozish 4.Ish qog’ozlaridan namuna yozish
  • Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti




    Download 56,36 Kb.
    bet1/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi56,36 Kb.
    #237276
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MAXMUDOV SH


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI
    MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
    SMI1A4-GURUH TALABASI

    Mustaqil ish


    Fan:O’zbek TILINI SOHADA QO’LANISHI

    BAJARDI: MAXMUDOV SH
    TEKSHIRDI: SA`DULLAYEVA M
    RE`JA:

    1.O’zbek tilining imlo qoidalari . 2. Sohaga oid ijodiy mant yaratish
    3.Sohaga oid berilgan mavzu boyicha esse yozish
    4.Ish qog’ozlaridan namuna yozish
    5.Uslublar va ularning qo’llanilishi yuzasidan matn yaratish

    O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
    HARFLAR IMLOSI
    Unlilar imlosi
    1. A a harfi:
    1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
    2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi
    2. O o harfi:
    1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
    2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
    3. I i harfi:
    1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
    2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.
    4. U u harfi:
    1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
    2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi vundoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
    5. O‘ o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi, bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
    6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
    7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
    1) unlilar orasiga ba’zan u undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi.
    a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
    b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
    v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
    g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
    d) ea: teatr, okean, laureat kabi;
    2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
    Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

    Download 56,36 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 56,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti

    Download 56,36 Kb.