• Ko‘chirish qoidalari
  • (sh, ch, ng)
  • Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti




    Download 56,36 Kb.
    bet9/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi56,36 Kb.
    #237276
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MAXMUDOV SH

    Eslatma:
    1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, — qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga (O.Yoqubov);
    2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
    Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
    — mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
    — ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
    3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
    Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan kirgan so‘zlar (“O‘zbek tili” darsligidan).
    74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bo‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qo'shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
    Ko‘chirish qoidalari
    75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi. va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
    76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:
    1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
    2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
    77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
    1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi dia-gramma, mono-grafiya kabi;
    2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.
    78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
    79. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi. AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
    80. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-“A” sinfi, V “V” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
    81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z—92” (festival), “O‘qituvchi—91” (ko‘rik tanlov), “Andijon—9”, “Termiz—16” (g‘o‘za navlari), “Boing—767” (samolyot), “Foton—774” (televizor) kabi.
    82. A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

    O’tilgan mavzular bo’yicha esselar bu jumladan birini olsak



    1. Onlayn ta’lim yoki oflayn ta’lim qaysi biri avzal men o’z fikrimni aytib o’tsam shu jumladan onlayn ta’limda talaba darslarni onlayn kuzatib boradi va ishlaridan ham qolib ketmaydi onlayn darsda ta’lim olishda asosan ta’lim olish talabani o’ziga bog’liq

    Oflayn talimda esa doim o’qituvchi nazoratida bo’ladi amaliy ko’nikmalar ko’p bo’ladi lekin doim dars jarayonida boladi boshqa ishlar bilan shug’ullana olmaydi men onlayn ta’limni tanlagan bo’lar edim.

    1. ‘’Davlat tilining bugungi kundagi o’rni’’ bugungi kunda davlat tiling o’rni juda katta bo’lib jumladan kelajak avlodni o’qitishda

    Ularga tariximizni tanishtirish uchun o’zbek halqini butun jaxonga tanitish uchun juda katta ahamiyatga egdir.
    Shuningdek har bir davlatning o’z davlat tili bo’ladi jumladan bazi davlatlarda esa davlat tili 2ta bo’ladi bittasi rasmiy ikkinchisi esa norasmiy tili bo’ladi yani aholi zich joylashgan joylar uchun o’z tilida kitoblar hujjatlar ham o’sha tilda bo’ladi

    1. Xorij tilini o’rganishda ona (o’zbek) tilining ahamiyati.

    Chet tilini o’rganishda birinchi o’rinda o’zbek tilini juda yaxshi o’rganish lozim ya’ni imlo hatolarni nazariy bilimlarga ega bo’lish lozim chunki davlat tilini bilmasdan turib boshqa davlat tilini o’rganish juda qiyin kechadi.

    1. Davlat tilida ish yurituvchi hujjatlarda kuzatiladigan hato kamchiliklar va ularni bartaraf etishda meni xissam

    Davlat tilidagi hujjatlarda kuzatilayotgan hatolarga hozircha hech qanday foydan foydam tegmayapti hudo hohlasa o’zim niyat qilgan kasb egasi bo’lib yetishsam yurtimga foydasi tegadigan farzand bo’laman.
    Bugungi kunda davlat tilidagi hujjatlarga qonunlarimiz qarorlar fuqarolik hujjatlari va hokazolar

    Download 56,36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 56,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika insituti matematika-informatika fakulteti

    Download 56,36 Kb.