|
Toshkent amaliy fanlar universiteti pedagogika kafedrasi
|
bet | 1/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 99,89 Kb. | | #147812 |
Bog'liq IRODA Badiiy asar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
“Badiiy asar ustida ishlash bosqichlari. Badiy asarni o‘qishga tayyorgarlik” mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: ______ guruh talabasi
__________________________
Rahbar: Pedagogika” kafedrasi
__________________________
TOSHKENT-2024
Mundarija
KIRISH……………………………………………..……………………………3
I. BOB. BADIIYASARLAR USTIDA ISHLASH BOSQICHLARI TUSHUNCHALARI
1.1.Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari……...…....……………5
Matinni tasvirlash usullari…………………………..………………………….9
II. BOB. BADIIY ASARNI O`QISHGA TAYYORGARLIK
2.1 Badiiy asarni o`qishga tayyorgarlik…………………………….…………….18
2.2 Badiiy asar matnini ustida ishlash………………..…………………..……….24
XULOSA………………………………………………………...………………..33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..35
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq talimida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar talim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini taminlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. Zero, yurtboshimiz takidlaganidek, ...Xalq talimini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham manaviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”1 . Boshlangich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri to‘gri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlangich sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o‘qituvchining savoli o‘quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o‘rtasidagi boglanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o‘zaro bogliqlikni yoritishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o‘zaro boglaydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko`pincha boshangich sinf o‘quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning boglanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o‘zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi lozim. O`quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko`z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. . Mashqning bu turi o‘quvchilarda o‘qilganlar yuzasidan muhokama yiiritish ko‘nikmasini o‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g'oyasi o‘rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan va muayyan izchillikda bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Badiiy asarlar ustida ishlash usullari va badiiy asar o`qishni boshlash uchun zaruriy ta`limotlarsiz bunday harakatga qo`l urush mutloqo noto`g`ri.Shunday muammolarni bartaraf etish uchun maqsadni ilgari qo`yish lozim.
|
| |