|
I BOB BADIIYASARLAR USTIDA ISHLASH BOSQICHLARI TUSHUNCHALARI
|
bet | 2/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 99,89 Kb. | | #147812 |
Bog'liq IRODA Badiiy asarI BOB BADIIYASARLAR USTIDA ISHLASH BOSQICHLARI TUSHUNCHALARI
1.1.Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o‘qituvchi badiiy asarning san'at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi. Badiiy asarda barcha qismlar (g'oyaviy asos, kompozitsiya, sujet, tasviriy vositalar) o‘zaro bog'liq bo‘ladi. Sujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab etadi. O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-cstetik tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta'lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissi-oti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg'otadi. Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma'lum maqsadiga yo‘naltirishni taqozo qiladi. Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabivot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g'oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma'noni chuqur o‘rganishga yordam beradi.
O‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.
Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.
Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.
Asarni qanday metodiar asosida o‘rganishni aniqlashi.
5. O`quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bos-qichga boiinadi:Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Ikkinchi bosqich (analiz)- Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog'lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslaraing xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g'oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san'at asari sifatida baholash (qanday ma'lumotlarga ega bo‘ldik, asar nimaga o‘rgatadi, muallif o‘z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq-ravshan va ta'sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir. Ikkinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog'liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziiadi. Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir. Boshlangich sinflar O‘qish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiyommabop maqolalar berilgan. Sizga malumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi.
Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obektiv mazmun va subektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. O‘quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina 10 asarga haqqoniy baho berish mumkin. Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchi o‘qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari, badiiy asariing uziga xos xususiyatlari va o‘quvchilarning tayyorgarligkni hisobga olishni taqozo qiladi. Badiiy asarda barcha komponеntlar o‘zaro bog’langan bo‘ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlaiib borgan sari qahramonlarning yangi~yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qishni, idrok etishni, ya’ni sintеzni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o‘qilgandan so‘ng analiz qilinadi, sung yana yukori sifatli sintеzga o‘tiladi. Asarni o‘qkishga kirishishdan oldin o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim bo‘ladi. Dеmak, tayyorgarlik davri — sintеz-analiz-sintеz jarayoni yuz bеradi. O‘quvchilar asar mazmunini to‘g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tqaziladi.Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
1.O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-xodisalar haqidagi tasavurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar bеrish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o‘quvchilar o‘z hayotida kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2.Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga,uning hayotiga ijodiga qiziqish uygotish.
3.O‘quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
4.Agar mazmunini tushunishga halal bеradigan suzlarning lug’aviy ma’nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlariniig shakllari xilma—xil bo`lib. O‘qituvchi asar mazmunini va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi. Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoky ishlab chikarish, kurilish, shaxar, kishlok hayotiga doyir mavzular urganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 2-sinfda «Mеtropolitеn», 1-sinfda «Issiqxonada» kabi matеriallarni o‘rganishdan oldin ekskursiya qilish maksadga muvofik. Ekskursiya uchun rеja bеriladi va matn urganilishidan kamida bir xafta oldin o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin film namoyish qilinsa, o‘quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Albatta, hozir o‘quv filmlari еtarli emas. Ammo vidеofilmlardan foydalanish mumkin. O`qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot bеrishda eng samarali mеtod hisoblanadi. Chunonchi 4—sinfda 1.Muxammadiyning shе’ri o`rganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma’lumot so`zlab bеrilsa, o‘quvchilarning asarni o‘qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so`ng 1~bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujеt chizig’i bilan tanishtirish, asarning emotsional ta’sirini aniqlashdir.Badiiy adabiyot — inson faoliyatining mahsuli. Inson faoliyati esa keng va serqirradir. Inson faoliyati bir-biriga bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan mehnat faoliyati, ruhiy faoliyat, estetik faoliyat kabi jihatlarni oʻz ichiga oladi. Boz ustiga, ruhiy faoliyatning oʻzi aqliy, hissiy, ruhoniy faoliyat qirralarini namoyon etadi. Badiiy adabiyot insonning goʻzallik qonunlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsulidir. Shunday ekan, badiiy adabiyotni taʼriflashda biryoqlamalikka yoʻl qoʻyish, uni faqat ijtimoiy ong yoxud faqat sanʼat hodisasi sifatida tushunish predmetning mohiyatini joʻnlashtiradi, bizni uning tabiatini anglashdan uzoqlashtiradi. XX asr boshlarida ulugʻ yurtdoshimiz Choʻlpon
|
| |