2.2 Badiiy asar matnini ustida ishlash
Boshlang`ich sinflarda to‘g'ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o`rgatish vazifasi o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro bog'liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g'oyasini aniqlash hisoblanadi.Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositaiari bilan bogiiq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qiiish uchun ularga beriladigan savoilarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:Tanlab o‘qish. Bunda o‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o‘qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o‘z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda ,,Oltin kuz" matnidan ,,Tabiatdagi o‘zgarishlar berilgan qismlarni topib o‘qing", ,,Baqa va taqa" ertagidagi ,,Taqachining nasihati berilgan joyni topib o‘qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin.Tanlab o‘qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o‘qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlarini o‘stirish bilan birga ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini o‘stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o‘qish asar mazmuni yuzasidan bo‘ladi. Masalan, 4-sinfda Toshkentnoma" (M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o‘qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:
— She'rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinni
topib o‘qing.
— Yoz faslining zo‘rligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
,,Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" (A. Oripov) asari matni yuzasidan Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o‘qing" kabi topshiriq berilishi mumkin.
Tanlab o‘qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog'langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o‘rinlarini topib o‘qish hisoblanadi. Masalan, ,,Xarita" (N.Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo‘ydi? Shu
o‘rinni topib o‘qing.
Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o‘rinni topib
o‘qing.
Bunda o‘quvchi biror qatnashuvchi shaxs o‘zini qanday tutishini, nima uchun u shundayiigini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o‘qiydi.
Tanlab o‘qish ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga qo‘shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasawurini, nutqi va zehnini o‘stirishga inikon beradi. Shuning uchun undan o‘qish darslarida keng foydalaniladi.Tanlab o‘qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmu-nini ifodalaydigan gapni, ya'ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g'oyasini aniqlash (g'oyani anglatgan o‘rinni topib o‘qish)da tatbiq etiladi.O‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o‘quvchilarda o‘qilganlar yuzasidan muhokama yiiritish ko‘nikmasini o‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g'oyasi o‘rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan va muayyan izchillikda bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang'ich sinf o‘qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo‘naltirilganiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Asar mazmunini o‘zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar.
2. Asar tilini o‘rganish va o‘zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.
Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o‘qituvchi asar g'oyasini tushunishda o‘quvchilarga yordam berishni ko‘zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo‘ladi. Anvar Obidjonning ,,Odobli bo‘lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g'oyasi o‘quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o‘qituvchi ,,Anvar Obidjon aytmoqchi bo‘lgan salom berish mavridlarini o‘z so‘zingiz bilan aytib bering", ,,Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", ,,Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O‘tayevning ,,Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she'ri asosida esa ,,Non nima? Uni ta'riflang", ,,Non qayerdan kelar ekan?", ,,Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang'ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o‘rin berilgan. O‘qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan ,,Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan o‘quvchilarni o‘z likrini aytishga undovchi ,,Sobir o‘qishdan kechikish sababini ochiq aytib to‘g'ri qildimi?", ,,Uning o‘rnida siz bo‘lganingizda nima qilardingiz?" kabi savollar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og'zaki mitqini o‘stiradi va matnni yaxshi o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi Qudrat Hikmatning ,,Bahor" she'ri asosida ,,She'rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", ,,She'rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering", ,,Shoir bahorni tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilar faolligini oshiradi.
Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin.
O‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish. O‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to‘g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor boiadi. O‘quvchilar matnni ongli o‘zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O‘quvchilarga savol tuzishni o‘rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.O‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o‘rgatish uchun o‘qituvchi matnga o‘zi tuzgan yoki ,,0'qish kitobi"da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun ,,Nega u yoki bu savol qo‘yilgan?", ,,Unda kim yoki nima haqida gap boradi?", ,,Savol ko‘proq qaysi so‘zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o‘rgatadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi o‘quvchilar e'tiborini matnga savol tuzish yo‘liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o‘qish, qatnashuvchi shaxslarni ko‘rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o‘rgatishning boshlang'ich bosqichida bu mashq jamoa bo‘lib bajariladi va ta'limiy xarakterda bo‘ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo‘lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda Ahillik ulug` baxt" ertagida Odamlarning cholning bolalari haqidag ifikr iyuzasidan savol tuzing" topshig’i berilgach, o‘quvchilar ,,Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin.
4-sinfda ,,Qovun sayli" (Sh. Sa'dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig'i beriladi:
- Hikoyadagi birinchi xatboshini o‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing.
- Hikoyadagi birinchi xatboshida qo‘llangan so‘zlarning ma'-nosini izohlash bo‘yicha savol-topshiriqlar tuzing. {Bejirim, serto‘rso‘zlarining ma'nosini izohlang)
— Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing.
Keyinchalik o‘quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o‘zlashtirib oladilar.
Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to‘g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o‘quvchilar aniq tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin:
1) so‘z bilan tasvirlash;
2) grafik tasvirlash.
So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, unda manzarani so‘z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So‘z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o‘quvchi matnni, undagi voqea sodir bo‘lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So‘z bilan tasvirlashda so‘zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.Tasvirlashdan o‘qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o‘qituvchi matnning ma'lum qismidan o‘quvchilarga juda ma'qul bo‘lgan manzarani so‘z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so‘zini tanlashni hamda turli tabiat man-zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko‘rinishini, voqea sodir bo‘lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin.Matnni so‘z bilan tasvirlashga o‘rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqosiab tasvirlashdan boshlash kerak.So‘z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so‘ng amalga oshiriladi: Nisbiy tugallangan o‘rinlar ajratiladi.Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko‘riladi, ya'ni yozuvchi, shoir qo‘llagan lug'aviy birliklarga o‘quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so‘zni aniq tanlashga yordam beriladi.
. So‘z bilan tasvirlashga o‘rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga
loydalaniladigan so‘zlar yozib qo‘yilishi zarur. So‘z bilan tasvirlash
(qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim.
Grafik tasvirlash ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o‘qib shiqadilar, mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o‘quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma'nolar bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o‘zi chizgan rang tasvirini izohlab lu'radi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham lujartirilishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O‘quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo‘yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to‘liq qayta hikoyalash, shuningdek, o‘qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o‘zaro boglanishini tushunishda o‘quvchilarga
yordam beradi. Reja ustida ishlash o‘quvchilar nutqi va tafakkurini
o`stiradi.
Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lishga
va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha
topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o‘rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo‘yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o‘rgatishda o‘qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini la'kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga layyorgarlik ishining ikkinchi turi o‘qituvchi rahbarligida tanlab uqish hisoblanadi, bolalar matndan o‘qituvchi bergan savolga javob I'oiadigan o‘rinni topib o‘qiydilar.
Reja tuzish ,,oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar 1-sinfda o‘qilgan kichik matnga o‘qituvchi rahbarligida so‘roq gap tarzida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o‘qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o‘qilgan matn rejasini jamoa bo‘lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak.
Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o‘rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o‘zlari so‘z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o‘qiladi va qismlari bo‘yicha tahlil qilinadi, so‘ng o‘quvchilar matnning 1-qismini o‘qiydilar, o‘qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkinligini so‘raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O‘quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo‘yadilar. Ular qo‘ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi.O‘quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o‘tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o‘rgatiladi:
Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi.
Kechasi uyqusi kelib, ko‘ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko‘zi
og'riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda.
Ba'zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo 'llariniqo 'Itiqqa
urdilar — ishonchini yo‘qotdilar.
... ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi — ... ishini to‘xtatdi.
... kiyimi bilan o‘zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi.
Oxiri baxayr bo‘lsin — yaxshilik bilan tugasin.
..nima to‘g'risida bosh qotirayotganini bilib turibman —o‘ylayotganini;
Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog'imga bolta uradi-lar — yo‘q qiladilar va shu kabilar.
Hozir maktab tajribasida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, adabiy o‘qish usulidan, muammoli o‘qitish metodlaridan, ilg'or pedagogik texnologiya, interaktiv metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning ,,Chin do‘st" hikoyasini o‘rganishda izohli o‘qish metodidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o‘quvchilarga lug'aviy ma'nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g'arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g'urbat kabi so‘zlar izoh talab etadi.Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o‘rganish, obrazlar vositasida o‘rganish, mavzuli-muammoli o‘rganish aiohida ajratib ko‘rsatiladi.Boshlang'ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydala-niladi, ya'ni, o‘qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o‘zgartirmagan holda undagi ma'noni, jozibani o‘quvchilarga yetkazib beradi.
Boshlang'ich sinflarda muarnmoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan,,,Bobur va Humoyun" hikoyasini o‘rganishda o‘quvchilarga ,,Boburning aytgan gaplari o‘rinlimi?", ,,Hikoyadagiday holat sodir bo‘lishi mumkinmi?" kabi muammoli savollar berish o‘rinli bo‘Iadi. O‘quvchilar asarni ichda o‘qiydilar, jamoa bo‘lib fikr almashadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o‘quvchilar ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o‘zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo‘ladi. Asar tahlilida qo‘llanadigan tanlab o‘qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo‘lishi ham munozarani keltirib chiqaradi. Munozarali o‘rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o‘quv jarayoni oldida muammoni to‘g'ri hal etish vazifasi turadi.
Xulosa
Badiiy asarni idrok etish darajasi uni tahlil qilish bilan cheklanib qolmaydi. Agar o‘quvchi o‘zini asar qahramonlari bilan tanishtira olsa, to‘laqonli idrok haqida gapirish mumkin, bu degani - asarni o‘z tajribasi prizmasi orqali tahlil qilish, vaziyatni modellashtirish va muammolarga echim topish. Ishni davom ettirishga harakat qilish qiziq. Qahramonlarning keyingi taqdiri qanday rivojlanishi mumkin edi? Agar bunday bo‘lmaganida qahramonlarga nima bo‘lar edi, muallif nimani o‘ylab topdi? Tahlil paytida aniqlangan xususiyatlarga asoslanib, qahramonlar o‘zini qanday tutar edi? Agar Karandyshev Larisani o‘ldirmasa, faqat yarador bo‘lsa nima bo‘lar edi? Bunday savollarga javoblar nafaqat asar haqidagi tushunchalarni kengaytiradi, balki qo‘shimcha manbalarni o‘rganishga ham murojaat qiladi. Bu erda allaqachon o‘qish madaniyatining shaxsning umumiy madaniyatiga ta'siri haqida gapirish mumkin. Pedagog har bir qahramonning individualligini ovozli modulyatsiyalar bilan ta'kidlashi, uni esda qolarli qilishi muhimdir. Bolalarning asarga qiziqishini uyg'otishda o‘qishning to‘g'ri tanlangan sur'ati va ritmi, mantiqiy urg'u va ifodali pauzalarga rioya qilish muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi bolalarning diqqatini jalb qilish kerak bo‘lgan matn qismlarini sekin va ta'sirchan o‘qiydi va epizodik lahzalarni odatdagi ovozida va suhbat tezligidan bir oz tezroq talaffuz qiladi. Matnni ifodali badiiy o‘qish bilan sifatli taqdim etish qobiliyati doimo madaniyat va ijodkorlarni alohida ajratib kelgan. O‘quvchi yozganini o‘tkazib, o‘zidan hech narsa qo‘shmasligiga va faqat muallifning g'oyasiga nisbatan ovozli improvizatsiyaga ruxsat berishiga qaramay, ko‘p narsa uning o‘z vazifasiga qanday munosabatda bo‘lishiga, eng avvalo, muallif qanday bo‘lishiga bog'liq. tinglovchi tomonidan tushuniladi …
|