II BOB BADIIY ASARNI O`QISHGA TAYYORGARLIK




Download 99,89 Kb.
bet4/7
Sana29.01.2024
Hajmi99,89 Kb.
#147812
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IRODA Badiiy asar

II BOB BADIIY ASARNI O`QISHGA TAYYORGARLIK
2.1 Badiiy asarni o`qishga tayyorgarlik
Asarni o‘qishga kirishishdan oldin o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar asar mazmunini to‘g'ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma'lum tasawurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgariik ishlari o‘tkaziiadi.Ma'lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O‘quvchilarni matn bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma'lumot berish, o‘quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko‘p ma'noli so‘zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalaiarni o‘z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi.Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradi:
1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o‘ylaysiz?
2. Hikoya qahramonlaridan qaysi binning xatti-harakatini ma'qul-laysiz? Qaysi birining fe 'l-atvori, o‘zini tutishi sizga yoqmadi?
3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz?
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar:
O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi
tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta'sir etadigan yangi
ma'lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o‘quvchilarning
o‘z hayotida kuzatganlari bilan bog'lay olishlariga sharoit yaratish. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg'otish.
4-sinfda Zafar Diyorning hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma'lumotlar
berish mumkin: Zafar Diyor Namangan viloyatining Chust tumanida
tug'ilgan. Ota-onasi dehqon bo‘lgan. Uiar kambag'allikda kun ke-
chirishgan. Zafar Diyor to‘rt yoshga to‘lganda uning oilasi Toshkentga
ko‘chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o‘zi esa eski
maktabda o‘qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7-bolalar uyida tarbiyala-
nadi. Shoirning birinchi she'rlar to‘plami 21 yoshida bosilib chiqadi.

  1. O‘quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.

  2. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so‘zlarning lug'aviy
    ma'nolarini tushuntirish. Masalan, 4-sinf ,,0'qish kitobi"dagi ,,Xarita"
    matni ustida ishlaganda so‘z va iboralar lug'ati quyidagicha bo‘lishi
    mumkin:

  3. Og'zing ochilib qolsin — hayron bo 'lib qolgin

Qolipdan chiqqan g'ishtdek — hamma tomoni birdek tekis
oqayd —befarq Kashfiyot — izlanishlar natijasida yarailgan narsa; ixtiro
Ayilday botdi — qattiq tegdi, ranjitdiPisanda qilmoq — oldindan biror shart qo ymoq; ta 'kidlamoq.Tayyorgarlik ishlarining ta'limiy shakllari xilma-xil boiib, o‘qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tay­yorgarlik davrida nimalar haqida ma'lumot berish maqsad qilingan bo‘lsa, avvalo, o‘quvchilarning o‘zlaridan ular haqida bilganlari so‘rab aniqlanadi. Masalan,Kitobga ixlos" asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi:
o`qituvchi: — Bugun biz Vatanimizning o`tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo‘ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlarni yechishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlami bajarib, shohsupaga ko‘tarilishi zarur.

1-guruh uchun savol-topshiriqlar:


Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sar-
kardalardan kimlarni bilasiz?

  1. Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?

  2. Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting.

2-guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikkala guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, ,,Kim oldin shohsupaga etib boradi?" sharti qo‘yiladi.Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yiladi.Tayyorgarlik shakllaridan biri — ekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag'ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar o‘rganilganda foydalanish mumkin. Ekskursiya o‘quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o‘zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.


Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg'otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi.Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy voqealarni to‘g'ri idrok etishlarini ta'minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o‘quvchida mehnatga muhabbat uyg'otadi, kasbga yo‘naltiradi.

Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o‘rganishdan oldin film namoyish qilinsa, o‘quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda ,,Gulzorda" hikoyasini o‘qishda ,,Mehrobdan chayon" filmidan parcha ko‘rsatilishi, 3—4-sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o‘rganishda ,,Ulug'bek xazinasi", Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda ,,Alisher Navoiy" filmi namoyish etilishi mumkin.


Kinofilm va diafilmlardan o‘quvchilarni asarni o‘qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning tasavvur qilislilariga, tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o‘qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning film namoyishida tug'ilgan ayrim savollariga ularning o‘zlari yangi o‘qiydigan asarlardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini ham oshiradi.
O‘qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma'lumot bcrishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so‘zlab berilayotganda uiarning portretlari, bolalar uchun yoz-gan asarlari namoyish etiisa, o‘quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang'ich sinfda shoir, yozuvchilarning o‘z tilidan o‘qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar aytgan fikrlarni magnit tasmasidan eshittirilsa yoki video tasmadan ko‘rsatilib, unga o‘qituvchi hikoyasi qo‘shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi aytilgach, A.Oripovning o‘zi aytgan ,,O‘zbekiston" she'ri qo‘yib eshittirilishi mumkin.O‘qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma'lumotlarni o‘quvchilar saviyasiga mos qilib, hayajonli qilib hikoya qilsa, o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o‘qishga mtihabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma'lumot 1-sinfdan 4-sinfga borgunga qadar ko‘paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi.
Asarni o‘qishga tayyorgarlik bevosita o‘quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, ,,Kitobga ixlos" (4-sinf) asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xa-yolan sayohatga olib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o‘quvchilar O‘quvchilarni mustaqil izlanishga o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma'lumotlar to‘platish, albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma'lumotlarni o‘qib, so‘zlab berishidir.
Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o‘quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa ma'lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va lining asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi.Asar bilan tanishtirishTayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich arnalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan qismi yaxlit o‘qish usulida tanishtiriladi.
Hikoya, masal, she'rning mazmunini to‘g'ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta'sirini oshirish uchun ifodali o‘qish katta ahamiyatga ega.
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:
1. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba'zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga boshlang'ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.Masalan, ,,Hikoyaning qaysi o‘rni sizga yoqdi?", Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?", Hikoya o 'qilganda siz qaysi o 'rinda juda xursand bo‘Idingiz?" kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o‘quvchilarga qanday ta'sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko‘zda tutadi.
Yaxshi o`qiydigan o‘quvchiga o`qitish. o`quvchini oldindan
o‘qituvchi o‘qish yo‘llari bilan tanishtiradi va uning o`qishini o`zi
kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. Shundan so‘ng tayyor-
langan o`quvchi sinf jamoasiga o`qib beradi.Og`zaki qayta hikoyalab, so‘zlab berish. Bu o`qituvchidan alo-hida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib,
badiiy vositalarini to‘liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda
o`quvchilarning badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishi susayadi.
1.Yoddan ifodali aytib berish.
2.She'riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o`quvchi o`qituvchining mahoratini yuqori baho-laydi, o`zida ham yod olishga qiziqish paydo bo‘ladi.
3.Asarning muhim dialogli o`rinlarini yoki butun asarni sahna-
lashtirish orqaii tanishtirish.

4.Asarning bir qismini (muammoli o`rnini) o`qituvchining o`qib


berishi, qolgan qismini o`quvchilarning ichda mustaqil o`qishi.
5.Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumlifoydalanish.
6. Asarni musiqa sadolari ostida o`qib berish. Bu asarning ta'sirinikuchaytiradi, o`quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toli-qishdan saqlaydi.Umnman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o`ziga xos usullarini tanlash lozim.



Download 99,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 99,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB BADIIY ASARNI O`QISHGA TAYYORGARLIK

Download 99,89 Kb.