Matinni tasvirlash usullari




Download 99,89 Kb.
bet3/7
Sana29.01.2024
Hajmi99,89 Kb.
#147812
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IRODA Badiiy asar

1.2.Matinni tasvirlash usullari
Adabiyot nadir? degan savolni oʻrtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat javob izlagan edi. Asrimizning oʻrtalarida mashhur fransuz yozuvchisi va adabiyotshunosi J. P. Sartr ham xuddi shu nomli maqola bilan chiqqan hamda ayni shu savolga oʻzicha javob bergan edi. Agar biz diqqat bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri ushbu savol u yoki bu tarzda muntazam qoʻyilib kelishiga guvoh boʻlamiz. Qizigʻi shundaki, bu savolga har bir davr oʻzicha javob beradi, boz ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari-da bir-biridan jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin boʻlmagan adabiyot nadir? savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar adabiyot sanʼatmi yoki ong sohasimi, adabiyot ijtimoiy boʻlishi kerakmi yoki yoʻqmi, adabiyot ommaviy boʻlishi kerakmi yoki elitarmi kabi asosiy masalalarni oʻz ichiga oladi. Biz oʻzimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyilmiz, oxirigacha tugal anglab boʻlmaydigan, oxirigacha muayyan taʼrif-u qoidalar asosida tushuntirib boʻlmaydigan murakkab hodisalar mavjudligini tan olgimiz kelmaydi. Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday murakkab, ziddiyatli tomonlarni oʻzida jam etgan hodisa sanalishi kerak. Yuqorida qoʻyilgan savollardan birinchisiga — adabiyot sanʼatmi yoki ong sohasimi degan masalaga toʻxtalsak, bu narsa ancha ravshan koʻrinadi. Keyingi yillarda shoʻro davrida oʻta yalangʻoch ijtimoiylashgan adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga boʻysundirish amaliyotiga aks taʼsir tarzida adabiyotni sof sanʼat sifatida tushunish, unda faqat sanʼat hodisasinigina koʻrish tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani koʻrishlik qanchalik xato boʻlsa, unda sof sanʼatnigina koʻrish ham shunchalik xatodir. Sof sanʼat tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga eʼtiborsizroq, koʻz yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga koʻpincha zid qoʻyamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning bir paytda mavjud boʻlishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini tashkil etishiga xalaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy faoliyatining mahsuli boʻlgan adabiyot ularning ikkisini oʻzida jam qilolmas ekan?! Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va tushuntirish oʻngʻayroq koʻrinadi. Adabiyotning ilk namunalari sanaladigan asotir(mif)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir, Avestodagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki misr afsonalari tabiatni, insonning paydo boʻlishi, uning oʻlimi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilish natijasi emasmi? Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va sanʼatning rivojlanish darajasi ham ulardan koʻz ilgʻamas darajada uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji boʻlib qoldi. Toʻgʻri, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkor bilishga intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sezilmasligi mumkin, lekin uning yaratilishiga bevosita mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik, bir ijodkorni jamiyatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini bilish (koʻproq romanlarda), boshqa birovini oʻzni anglash orqali Haqni tanish (tasavvuf she’riyati), tagʻin birini qalbidagi kechinmalarini (yaʼni, oʻzini) anglash va shunga oʻxshash umumiy nomi BILISH ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda bilish ehtiyojining ravshan sezilmasligi ijodkor tarafidan anglangan narsaning asarda boshqacha yoʻsinlarda ifodalanishi bilan izohlanishi mumkin. Deylik, ijodkor oʻzi anchadan beri yecholmay kelayotgan, oʻzi anglashga intilayotgan masalaning yechimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron bir holatda, hodisa va shu kabilarda koʻrishi, yaʼni oʻsha narsada hikmat koʻrishi-da mumkin. Ijodkor oʻz asarida oʻsha narsani (manzara, holat, hodisa va sh.k.) aks ettirishning oʻzi bilanoq ehtiyojni qondiradi. Qatagʻon davrida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning totalitar tuzum oldidagi ojizligi-yu kishilarning oʻzgalar fojiasiga tomoshabin boʻlib turgani haqida oʻylagan va azob chekkan A.Qahhor Oʻgʻrida tasvirlangan voqeada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor qismatini Oybek Naʼmatakdagi manzarada koʻrgan boʻlsa ne ajab?! Aytmoqchimizki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor ruhiyatida paydo boʻlgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zero, ijod onlarida har ikkisi ham oʻzini oʻylatgan masalani oʻzicha hal qildi, muayyan bir toʻxtamga keldi. Albatta, bu asarlarni har birimiz oʻzimizcha tushunamiz, sababki, biz ulardagi obrazlar tilini oʻzimizcha mantiq tiliga koʻchiramiz — anglaymiz. Biroq bu narsa asarning yaratilishiga turtki boʻlgan bilish ehtiyojining genetik jihatdan ijtimoiy xarakterga egaligini inkor qilolmaydi. Badiiy ijodga turtki beruvchi bilish ehtiyojining turli sath va navdagi ijtimoiy munosabatlar asosida vujudga kelishi badiiy asarning, demakki, badiiy adabiyotning ham genetik jihatdan ijtimoiy xarakterga egaligidan dalolatdir. Boshqa bir muhim tomoni shuki, har ikki adib oʻzlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida bilibgina qolmadi, ikkisi ham oʻzining orzu-armonlarini, his-tuygʻularini, — bir soʻz bilan aytganda, — oʻz idealidan kelib chiqqan hissiy munosabatini (va shu yoʻsin bilvosita oʻz idealini) ifodaladi. Biroq hissiy munosabatni yoki badiiy bilish jarayonida anglangan haqiqatni ochiqdan-ochiq ifodalash shart emas. Boz ustiga, hissiy munosabatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi nasihatgoʻylik, anglangan haqiqatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi aqllilik tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun, masalan, Oʻgʻrida A.Qahhor xolis kuzatuvchi mavqeida turadi: qalbini jumbushga solgan voqeaning, holatning suratini chizish bilan kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvirlangan holat tasavvurida jonlangan onlarda (hikoyani oʻqish jarayonida) oʻquvchi adibning (ijod onlaridagi) his-tuygʻularini qalbdan kechiradi. Biroq yozuvchi ijod onlarida qay muammoni badiiy idrok etishga intilgani doim ham koʻzga tashlanavermaydi. Buning hech bir ajablanarli joyi ham yoʻq: badiiy asar arifmetik, fizik va yo boshqa sh.k. masala emaski, unda konkret shartlar koʻrsatib qoʻyilsa. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Shunga qaramay, matnda doim ham aks etmagani holda ham bilish ehtiyoji badiiy ijodga turtki beruvchi asosiy omil boʻlib qolaveradi. Misolga olingan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid boʻlayotirmiz. Har ikki ijodkor ham oʻzlarini oʻylatgan muammolarni anglash uchun hayotga aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa koʻchirgani yoʻq. Zero, bir narsaning mohiyatini ikkinchi narsada koʻrish uchun aqlning oʻzi kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda avvalo sanʼatkorona nigoh, sanʼatkorga xos qalb koʻzi boʻlishi lozim. Yaʼniki, adabiyotdagi bilish fandagidek ratsional bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, sezgi (intuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning uchun ham aqlli odamlarning bari ham sanʼatkor boʻlavermaydi, boʻlolmaydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat koʻrishga qobil, kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. Biroq ularning hammasini ham sanʼatkor demaymiz, nari borsa shoirtabiat, zukko deya taʼriflaymiz. Ulardan farqli oʻlaroq, sanʼatkor narsaning mohiyatini ochuvchi boshqa narsani koʻribgina qolmaydi, uni oʻzining tuygʻu-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda qayta yaratadi (szoʻlashuvda, hatto ilmiy adabiyotlarda ham buni koʻpincha mohiyatga nomuvofiq ravishda tasvirlaydi deb aytiladi) va mana shu qayta yaratish jarayoni IJODdir. Ruhning alohida va betakror holati boʻlmish ijod onlarida sanʼatkorga oʻzi izlagan mohiyat ayon boʻladi, yaʼni bilish ehtiyoji faqat ijod jarayonidagina qondiriladi. Sanʼatkorning ijod onlaridagi holati, uning zoʻriqib ishlayotgan ongi-yu jumbush urgan qalbi esa asar matnida muhrlanadi. Modomiki badiiy ijod bilishga qaratilgan jarayon ekan, demak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisa, faqat bunda bilishning sanʼatga xos yoʻlidan boriladi. Bungacha aytilganlarga tayanib, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u sanʼatga ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir degan xulosaga kelish mumkin. Adabiy bahslarda tez-tez koʻtarilib turgan adabiyot ijtimoiy boʻlishi kerakmi yoki yoʻqmi masalasi ham shoʻro davri adabiy siyosati taʼsirida yuzaga keldi, oʻtkirlashdi. Adabiyotning ijtimoiy ekanligini inkor qilish maʼqul boʻlmaganidek, uning individual-shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib boʻlmaydi. Bu daʼvo faqat murosa ilinjida, bahsda oraliqni — eng xavfsiz mavqeni egallash ilinjida aytilayotgani yoʻq. Mazkur savolga javob berish uchun biz adabiyotning predmeti masalasiga toʻxtalishimiz zarur. Adabiyotshunoslikka oid asarlarda, darsliklarda badiiy adabiyotning predmeti — inson deb koʻrsatiladi. Biroq mazkur fikrni tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas, balki jamiyat, tabiat (bir soʻz bilan aytganda — borliq) bilan uzviy aloqada oʻrganadi. Zero, insonning oʻzini ulardan holi, izolyatsiya qilingan holda tasavvur etib boʻlmaydi, inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning predmeti ham, uning yaratuvchisi ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy boʻlmasligi mumkin emas. Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asarni yozishga kirishadi? Axir kundalik turmushda duch kelgan odamlar, hodisalar uning qalb qozonida, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa boʻlmaydigan holatga keltirib, qoʻliga qalam olishga majbur qilmadimi? Demak, xohlasak-xohlamasak, genetik jihatdan adabiyot ijtimoiy hodisa ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga munosabat, oʻsha dunyo tufayli paydo boʻlgan hissiyotlar, fikrlar nuqtayi nazaridan tom maʼnoda shaxsiy hodisadir. Badiiy adabiyot —inson faoliyatining mahsuli. Inson faoliyati esa keng va serqirradir. Inson faoliyati bir-biriga bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan mehnat faoliyati, ruhiy faoliyat, estetik faoliyat kabi jihatlarni oʻz ichiga oladi. Boz ustiga, ruhiy faoliyatning oʻzi aqliy, hissiy, ruhoniy faoliyat qirralarini namoyon etadi. Badiiy adabiyot insonning goʻzallik qonunlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsulidir. Shunday ekan, badiiy adabiyotni taʼriflashda biryoqlamalikka yoʻl qoʻyish, uni faqat ijtimoiy ong yoxud faqat sanʼat hodisasi sifatida tushunish predmetning mohiyatini joʻnlashtiradi, bizni uning tabiatini anglashdan uzoqlashtiradi. XX asr boshlarida ulugʻ yurtdoshimiz Choʻlpon Adabiyot nadir? degan savolni oʻrtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat javob izlagan edi. Asrimizning oʻrtalarida mashhur fransuz yozuvchisi va adabiyotshunosi J. P. Sartr ham xuddi shu nomli maqola bilan chiqqan hamda ayni shu savolga oʻzicha javob bergan edi. Agar biz diqqat bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri ushbu savol u yoki bu tarzda muntazam qoʻyilib kelishiga guvoh boʻlamiz. Qizigʻi shundaki, bu savolga har bir davr oʻzicha javob beradi, boz ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari-da bir-biridan jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin boʻlmagan adabiyot nadir? savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar adabiyot sanʼatmi yoki ong sohasimi, adabiyot ijtimoiy boʻlishi kerakmi yoki yoʻqmi, adabiyot ommaviy boʻlishi kerakmi yoki elitarmi kabi asosiy masalalarni oʻz ichiga oladi. Biz oʻzimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyilmiz, oxirigacha tugal anglab boʻlmaydigan, oxirigacha muayyan taʼrif-u qoidalar asosida tushuntirib boʻlmaydigan murakkab hodisalar mavjudligini tan olgimiz kelmaydi. Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday murakkab, ziddiyatli tomonlarni oʻzida jam etgan hodisa sanalishi kerak. Yuqorida qoʻyilgan savollardan birinchisiga — adabiyot sanʼatmi yoki ong sohasimi degan masalaga toʻxtalsak, bu narsa ancha ravshan koʻrinadi. Keyingi yillarda shoʻro davrida oʻta yalangʻoch ijtimoiylashgan adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga boʻysundirish amaliyotiga aks taʼsir tarzida adabiyotni sof sanʼat sifatida tushunish, unda faqat sanʼat hodisasinigina koʻrish tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani koʻrishlik qanchalik xato boʻlsa, unda sof sanʼatnigina koʻrish ham shunchalik xatodir. Sof sanʼat tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga eʼtiborsizroq, koʻz yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga koʻpincha zid qoʻyamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning bir paytda mavjud boʻlishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini tashkil etishiga xalaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy faoliyatining mahsuli boʻlgan adabiyot ularning ikkisini oʻzida jam qilolmas ekan?! Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va tushuntirish oʻngʻayroq koʻrinadi. Adabiyotning ilk namunalari sanaladigan asotir(mif)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir, Avestodagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki misr afsonalari tabiatni, insonning paydo boʻlishi, uning oʻlimi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilish natijasi emasmi? Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va sanʼatning rivojlanish darajasi ham ulardan koʻz ilgʻamas darajada uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji boʻlib qoldi. Toʻgʻri, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkor bilishga intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sezilmasligi mumkin, lekin uning yaratilishiga bevosita mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik, bir ijodkorni jamiyatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini bilish (koʻproq romanlarda), boshqa birovini oʻzni anglash orqali Haqni tanish (tasavvuf she’riyati), tagʻin birini qalbidagi kechinmalarini (yaʼni, oʻzini) anglash va shunga oʻxshash umumiy nomi BILISH ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda bilish ehtiyojining ravshan sezilmasligi ijodkor tarafidan anglangan narsaning asarda boshqacha yoʻsinlarda ifodalanishi bilan izohlanishi mumkin. Deylik, ijodkor oʻzi anchadan beri yecholmay kelayotgan, oʻzi anglashga intilayotgan masalaning yechimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron bir holatda, hodisa va shu kabilarda koʻrishi, yaʼni oʻsha narsada hikmat koʻrishi-da mumkin. Ijodkor oʻz asarida oʻsha narsani (manzara, holat, hodisa va sh.k.) aks ettirishning oʻzi bilanoq ehtiyojni qondiradi. Qatagʻon davrida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning totalitar tuzum oldidagi ojizligi-yu kishilarning oʻzgalar fojiasiga tomoshabin boʻlib turgani haqida oʻylagan va azob chekkan A.Qahhor Oʻgʻrida tasvirlangan voqeada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor qismatini Oybek Naʼmatakdagi manzarada koʻrgan boʻlsa ne ajab?! Aytmoqchimizki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor ruhiyatida paydo boʻlgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zero, ijod onlarida har ikkisi ham oʻzini oʻylatgan masalani oʻzicha hal qildi, muayyan bir toʻxtamga keldi. Albatta, bu asarlarni har birimiz oʻzimizcha tushunamiz, sababki, biz ulardagi obrazlar tilini oʻzimizcha mantiq tiliga koʻchiramiz — anglaymiz. Biroq bu narsa asarning yaratilishiga turtki boʻlgan bilish ehtiyojining genetik jihatdan ijtimoiy xarakterga egaligini inkor qilolmaydi. Badiiy ijodga turtki beruvchi bilish ehtiyojining turli sath va navdagi ijtimoiy munosabatlar asosida vujudga kelishi badiiy asarning, demakki, badiiy adabiyotning ham genetik jihatdan ijtimoiy xarakterga egaligidan dalolatdir. Boshqa bir muhim tomoni shuki, har ikki adib oʻzlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida bilibgina qolmadi, ikkisi ham oʻzining orzu-armonlarini, his-tuygʻularini, — bir soʻz bilan aytganda, — oʻz idealidan kelib chiqqan hissiy munosabatini (va shu yoʻsin bilvosita oʻz idealini) ifodaladi. Biroq hissiy munosabatni yoki badiiy bilish jarayonida anglangan haqiqatni ochiqdan-ochiq ifodalash shart emas. Boz ustiga, hissiy munosabatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi nasihatgoʻylik, anglangan haqiqatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi aqllilik tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun, masalan, Oʻgʻrida A.Qahhor xolis kuzatuvchi mavqeida turadi: qalbini jumbushga solgan voqeaning, holatning suratini chizish bilan kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvirlangan holat tasavvurida jonlangan onlarda (hikoyani oʻqish jarayonida) oʻquvchi adibning (ijod onlaridagi) his-tuygʻularini qalbdan kechiradi. Biroq yozuvchi ijod onlarida qay muammoni badiiy idrok etishga intilgani doim ham koʻzga tashlanavermaydi. Buning hech bir ajablanarli joyi ham yoʻq: badiiy asar arifmetik, fizik va yo boshqa sh.k. masala emaski, unda konkret shartlar koʻrsatib qoʻyilsa.
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Shunga qaramay, matnda doim ham aks etmagani holda ham bilish ehtiyoji badiiy ijodga turtki beruvchi asosiy omil boʻlib qolaveradi. Misolga olingan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid boʻlayotirmiz. Har ikki ijodkor ham oʻzlarini oʻylatgan muammolarni anglash uchun hayotga aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa koʻchirgani yoʻq. Zero, bir narsaning mohiyatini ikkinchi narsada koʻrish uchun aqlning oʻzi kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda avvalo sanʼatkorona nigoh, sanʼatkorga xos qalb koʻzi boʻlishi lozim. Yaʼniki, adabiyotdagi bilish fandagidek ratsional bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, sezgi (intuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning uchun ham aqlli odamlarning bari ham sanʼatkor boʻlavermaydi, boʻlolmaydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat koʻrishga qobil, kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. Biroq ularning hammasini ham sanʼatkor demaymiz, nari borsa shoirtabiat, zukko deya taʼriflaymiz. Ulardan farqli oʻlaroq, sanʼatkor narsaning mohiyatini ochuvchi boshqa narsani koʻribgina qolmaydi, uni oʻzining tuygʻu-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda qayta yaratadi (szoʻlashuvda, hatto ilmiy adabiyotlarda ham buni koʻpincha mohiyatga nomuvofiq ravishda tasvirlaydi deb aytiladi) va mana shu qayta yaratish jarayoni IJODdir. Ruhning alohida va betakror holati boʻlmish ijod onlarida sanʼatkorga oʻzi izlagan mohiyat ayon boʻladi, yaʼni bilish ehtiyoji faqat ijod jarayonidagina qondiriladi. Sanʼatkorning ijod onlaridagi holati, uning zoʻriqib ishlayotgan ongi-yu jumbush urgan qalbi esa asar matnida muhrlanadi. Modomiki badiiy ijod bilishga qaratilgan jarayon ekan, demak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisa, faqat bunda bilishning sanʼatga xos yoʻlidan boriladi. Bungacha aytilganlarga tayanib, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u sanʼatga ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir degan xulosaga kelish mumkin.
Adabiy bahslarda tez-tez koʻtarilib turgan adabiyot ijtimoiy boʻlishi kerakmi yoki yoʻqmi masalasi ham shoʻro davri adabiy siyosati taʼsirida yuzaga keldi, oʻtkirlashdi. Adabiyotning ijtimoiy ekanligini inkor qilish maʼqul boʻlmaganidek, uning individual-shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib boʻlmaydi. Bu daʼvo faqat murosa ilinjida, bahsda oraliqni — eng xavfsiz mavqeni egallash ilinjida aytilayotgani yoʻq. Mazkur savolga javob berish uchun biz adabiyotning predmeti masalasiga toʻxtalishimiz zarur. Adabiyotshunoslikka oid asarlarda, darsliklarda badiiy adabiyotning predmeti — inson deb koʻrsatiladi. Biroq mazkur fikrni tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas, balki jamiyat, tabiat (bir soʻz bilan aytganda — borliq) bilan uzviy aloqada oʻrganadi. Zero, insonning oʻzini ulardan holi, izolyatsiya qilingan holda tasavvur etib boʻlmaydi, inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning predmeti ham, uning yaratuvchisi ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy boʻlmasligi mumkin emas. Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asarni yozishga kirishadi? Axir kundalik turmushda duch kelgan odamlar, hodisalar uning qalb qozonida, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa boʻlmaydigan holatga keltirib, qoʻliga qalam olishga majbur qilmadimi? Demak, xohlasak-xohlamasak, genetik jihatdan adabiyot ijtimoiy hodisa ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga munosabat, oʻsha dunyo tufayli paydo boʻlgan hissiyotlar, fikrlar nuqtayi nazaridan tom maʼnoda shaxsiy hodisadir.



Download 99,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 99,89 Kb.