• Bekmirzayev Mirzobek Farg’ona 2022 Mavzu: Muomala texnikasi va sitrategiyasi Reja
  • Pedagogika va pisixalogiya




    Download 158.61 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2023
    Hajmi158.61 Kb.
    #67354
      1   2   3
    Bog'liq
    Amaliy-mashgulot,Psixalogiya
    Reja Xavflar va ularning turlari Xavflarni o`rganish usullari, 3-laboratoriya , 2202, Iskandarov Quvondiq operatsion mustaqil ish, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar un, Тўгарак журнали, 3-grade cw

    O’zbekiston Respublikasi
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
    rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy
    nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
    universiteti
    Farg’ona filiali
    “PEDAGOGIKA VA PISIXALOGIYA” FANIDAN
    Amaliy topshiriq
    Bekmirzayev Mirzobek
    Farg’ona 2022
    Mavzu: Muomala texnikasi va sitrategiyasi
    Reja:
    1. Muomala madaniyati.
    2. Ichki madaniyat.
    3. Iliq muomala va uni tashkil etish yo‘llari.
    4. Konfliktdagi muloqot madaniyati talablari.
    Muomala madaniyati
    O‘zbeklar mentalitetida muomala madaniyati ko‘pchilik hollarda o‘zaro salom-alik qilish, ahvol so‘rash, oiladagi ahvol bo‘yicha axborotlarga qiziqish ko‘rsatish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ammo aslida muomala madaniyati - o‘zga insonga bo‘lgan munosabat madaniyati bilan belgilanadi. Faqat salom-alik qilgandagiga emas, balki hayot tartibida, har kunlik hayot tarzida insonga ko‘rsatiladigan hurmatli va e’zozli, samimiy va to‘g‘ri munosabatni anglatadi. Ichki madaniyatga ega bo‘lgan odamgina har turli vaziyatlarda har qanday boshqa insonga nisbatan doimiy to‘g‘ri, samimiy va aniq munosabat ko‘rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko‘rsatilishini talab etadi. Qarshingizda turgan odam boymi, qambag‘almi, qishloqlikmi, yoki shaharlikmi, mansabdormi, yoki oddiy o‘qituvchimi, bundan qat’iy nazar unga to‘g‘ri munosabat ko‘rsata olish haqiqiy insonparvarlik mezoni bo‘lib kelgan. Ammo muloqot madaniyati insondan o‘z ustida muntazam ish olib borishni talab etadi. Muloqot madaniyati o‘z o‘zidan vujudga kelib qolmaydi.
    Hayotda ko‘pincha odamlar orasidagi muloqotda ularning rasmiy, xushomadgo‘y, kibr-havoli munosabatlari shohidi bo‘lamiz. Ba’zan inson yuqori martabaga erishsa, u o‘zini boshqalardan ustunligini ko‘rsatish uchun, ko‘pchilik bilan salom-alik ham qilmay qo‘yadi. Asl madaniyatda esa aksincha, insonning qanchalik martabasi ko‘tarilsa, shunchalik oddiy insonlarga o‘zining yaqinligini ko‘rsatish zarur hisoblanadi. Shu bilan birga muloyimlik, xalimlik, ochiqlik, samimiylik, to‘g‘rilik va boshqa bir necha
    tamoyillar ulug‘lanadi va targ‘ib qilinadi. Yoki, yigit taraf qudalar qiz tarafdagilarga sal yuqoridan turib, buyruq berib gapirishadi. Boyvuchcharoq qarindoshlar o‘zining moddiy tarafdan muhtoj qarindoshlariga nisbatan kerilib, boshqa tarafdan ularning moddiy tarafidan uyalibroq munosabat ko‘rsatishadi. Bunday vaziyatlarning barchasi - noto‘g‘ri holatlar hisoblanadi.
    Demak, real hayotda, odam yoshligidanoq muloqot madaniyatiga oid ma’lum insoniy qadriyatlarning buzilayotganligi bilan to‘qnash keladi. Oqibatda, bola hayotida ikki xil standartlar holati vujudga keladi. Bir tomondan, bola muloyim bo‘lishi lozim. Ikkinchi tarafdan esa, atrofidagi ko‘pchilik odamlar, xatto-ki eng yaqin va xurmatli kishilar ham bu tartib-qoidalarga rioya qilmaydi.
    Masalan, “so‘kinish” - erkaklar rioya qilmaydigan noto‘g‘ri holat, “qarg‘ash” - ayollar rioya qilmaydigan noto‘g‘ri holat. O‘g‘il bolalar “so‘kinish”ni odatda o‘z otalaridan meros qilib oladilar. Ko‘pchilik “so‘kinish” yomonligi biladi, ammo ishlataveradi. Uning yomon odatligini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Uni ishlatganda betarbiya odamlar ichki g‘urur xis qiladi, aslida birovlarni kamsitish, ularni mensimaslik, birovlarga aziyat ulashayotganligini bilmaydi. Ayollar esa ba’zan o‘z farzandlarini “qarg‘ab” turib ularga ish buyuradi, yoki ularni jazolaydi. Aslida ayol kishiga mayinlik, mehribonlik xos bo‘lishi lozimligini ular unutib qo‘yishadi. Agar, haqiqatda ham bolalari bilan biror noxush hodisa yuz bursa, ular kuyinishi aniq. Ammo til hamma narsani ko‘taraveradi deb, og‘izlariga erk berib yuborishadi. Doimiy jerkib, behurmat qilib, faqat o‘zinikini o‘tkazib, bolaning erkini bo‘g‘ib yaxshi hulqli, idrokli,
    ma’naviyatli, barkamol farzandni tarbiyalab bo‘lmaydi. Demak, muloqot va muomala madaniyatining ham hayotda o‘z o‘rni va ahamiyati mavjud.
    Shunday qilib, muomala madaniyati nima va konflikt vaziyatlarda mana shu muomala madaniyati talablariga rioya etish ziddiyatni yengishga ko‘mak beradimi, degan savollar dolzarblik kasb eta boshlaydi.
    Muomala madaniyati bo‘yicha bilimlar ziddiyat ichida tomonlarni bir biriga yaqinlashtirish, ular orasidagi muloqotni yangitdan bir tizimga tushirish, tomonlarning o‘zaro axborot olishlarini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Muomala madaniyati birovni eshitish va birovga o‘z axborotlarini to‘g‘ri yetkazish qaoidalari va tartiblaridan iboratdir. Shu bois, konflikt yechimi tartiblariga muomala madaniyati bo‘yicha ma’lum qoidalar kiritiladi.

    Download 158.61 Kb.
      1   2   3




    Download 158.61 Kb.