• Bajardi:Abdukarimov Javohir
  • o‘rganish metodlari) 2.Rahbarning muhim
  • o‘rganish metodlari
  • Maslahat usullari asosida
  • xolerik
  • sangvinik
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 190.85 Kb.
    Sana31.05.2023
    Hajmi190.85 Kb.
    #67810
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar un
    Reja Xavflar va ularning turlari Xavflarni o`rganish usullari, 3-laboratoriya , Amaliy-mashgulot,Psixalogiya, 2202, Iskandarov Quvondiq operatsion mustaqil ish, Тўгарак журнали, 3-grade cw

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    213-20_guruh talabasi Abdukarimov Javohir
    Pedagogika. Psixologiya fanidan 5-topshiriq

    Bajardi:Abdukarimov Javohir
    Tekshirdi:Delov To'lqin


    Reja:
    1.Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari) 2.Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini o‘rganish metodlari
    3.Oratorlik madaniyati konikmalarini shakllantirish (Aqliy hujum, Maslahat usullari asosida)



    • Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish 2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik tuzilish va rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual farqlarning mavjudligi sabab bo‘ldi. Temperament shaxsning biologik jihatdan shartlangan tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa bir qator dinamikaga ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning mavjudligini belgilab beradi.



    Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab yondoshuvlar mavjud. Lekin bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilarning tan olishiga ko‘ra, temperament – bu shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma, temperament asosidagi shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib hisoblanadi.
    B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb, ayni bir odam uchun xos bo‘lgan emotsional qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir tomondan, hislar paydo bo‘lishining tezligi, va ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».
    Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning faolligi harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi.
    Qadimgi zamonlardan boshlab, temperament to‘rt xil asosiy tiplarga bo‘lingan edi, bular xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik temperament turlaridir. Temperamentning bu asosiy turlari bir-biridan paydo bo‘lish dinamikasi va emotsional holatlar jadalligiga ko‘ra farqlanadi. Xolerik tipi uchun tezda paydo bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun sekin-asta paydo bo‘ladigan, lekin kuchli hislar, flegmatik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan va kuchsiz hislar xosdir. Bundan tashqari, xolerik va
    sangvinik temperamentlar uchun harakatlar tezligi, umumiy harakatchanlik va hislarning tashqi kuchli (harakatlarda, nutqda, mimikada va boshqalarda) ifodalanishi, melanxolik va flegmatik temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va hislarning kuchsiz ifodalanishi xosdir.
    Temperament tiplarini turmush psixologiyasi nuqtai nazaridan shunday xarakterlash mumkin: xolerik tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika va imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga ega, jadal emotsional ta’sirlanishga moyil odam; sangvinik tez, harakatchan, barcha taassurotlarga emotsional javob beruvchi odam, uning hislari bevosita tashqi xulq-atvorida ifodalanadi, lekin ular kuchli emas, va bir-birini oson almashtiradi; melanxolik emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin katta kuchga va


    davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi inson, u barchasiga ham munosabat bildirmaydi, agar bildirgudek bo‘lsa ham chuqur o‘ylaydi, o‘z hislarini u darajada namoyon qilmaydi; flegmatik – sust, mutanosib va xotirjam odam, uning emotsional ta’sirlanishi oson emas, va o‘zidan chiqarish qiyin, hislari tashqaridan deyarli namoyon bo‘lmaydi.
    Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini kuzatamiz.

    • Butun xalqimizning taqdiriga daxldor muhim masalalardan biri iqtisodiyotni , xalq xo’jaligi va xalq ta’limini, sog’liqni saqlash, madaniyat va sportni boshqarish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish muammosidir. Bu ayni chog’da rahbarlikning samarali yo’llarini topish, boshqaruv tizimini to’g’ri yo’lga qo’yish mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari etib belgilangan. Chunki jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida ham taraqqiyotga aynan shu yo’l bilan erishilgan. Shunday ekan, jamiyatimizda rahbarlik faoliyati to’gri rejalashtirilsa, davlatimiz va xalqimiz oldida turgan ko’plab muammolar o’z echimini topib, yurtimiz obod, turmushimiz farovon bo’lishiga shak-shubha yo’q. Lekin ochig’ini aytganda, jamiyatimizda rahbarlik faoliyati va uning samarasi talab darajasida emasligi ayon bo’lib qolayotir. Buning har xil ob’ektiv va sub’ektiv omillari bor albatta. Sub’ektiv omillardan biri shuki, jamiyat a’zolaridan bir qismining ongi, dunyoqarashi hali boshqaruv faoliyatiga tayyor emasga o’xshayapti. Rahbarlikning mohiyatini , maqsad va vazifalarini tushunmaslik oqibatida ayrim etakchilar o’z faoliyatiga loqayd munosabatda bo’lmoqdalar. Ba’zi kishilar esa boqimandalik kayfiyatidan to’la qutulgan emas. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar o’z haq - huquqlarini, burch va majburiyatlarini etarli darajada bilmaydilar. Ayniqsa, bugungi kunda har bir raxbar juda ko’p sohalarni, har bir sohaning o’ziga xos murakkabliklarini yaxshi bilishi, oldiga quygan maqsadini his etishi, rahbarlik madaniyati va etikasini chuqur anglagan bo’lishi lozim. Rahbarlik tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni keltirish mumkin: 1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustakil qaror qabul qiladi. Bu qapop rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini belgilaydi. 6 0 3. Rahbar o’z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. 4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag’ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o’rniga zarar ham ko’rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko’ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo’lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o’zida bunga kuch-gayrat topa bilishi lozim. O’zaro munosabatlarda rahbarlarning bir-birini to’g’ri tushuna olishiga imkon bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib keladigan omillar ham bor. Bunday to’siqlarning eng ko’p uchraydigan uch xilini ko’rsatib o’tish mumkin. Bular: 1) dastlab ko’rishganda bir-



    birini tashqi qiyofasi bo’yicha o’zidan ustun ko’rish yoki uni yoqtirmaslik; 2) sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qushilmaslik va hokazo; 3) dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoiy barqarorligi mos kelishi yoki aksincha va hokazo. Xullas, jamoaga rahbar bo’lish juda qiyin. Jamoa ko’pchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ularning fikri, dunyoqarashi, ma’naviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir. Rahbar ularning turli-tuman, yaxshi-yomon ishlarini, albatta, kuzatib turishi kerak bo’ladi, toki hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasin. Agar rahbar faqat boshqaruv ishlariyu, o’z shaxsiyati bilan band bo’lib qolsa, qo’l ostidagi ommani kuzatishga befarq bo’lsa, unda bu rahbardan voz kechish lozim. O’z muassasasi a’zolarining xatti-harakatlaridan voqif bo’lmaslik jamoaning bir necha tarafga bo’linishiga olib keladi. Bunday rahbar davlatga ham, jamoasiga ham zarar keltiradi.

    • Bizning davrimizdagi notiqlik san'ati qadimgi yunon-rim davrlaridan boshlanadi, HYPERLINK "https://fayllar.org/iqtisodiy-talimotlar-tarixi-yakuniy-savollariga-javoblar-eshnu-v2.html" bunda bunaqa ijodiy faoliyatga alohida e'tibor berilgan

    va boshqa madaniyatlarda bo'lmaganidek, og'zaki nutq unchalik mukammal bo'lmagan. Biz notiqlik va notiqlik san'ati nima, notiqlik
    qobiliyatini qanday rivojlantirish va yaxshi notiq bo'lish haqida gaplashamiz.Notiq - bu chiroyli va ishonarli gapirish, aktyorlik mahoratini mukammal o'zlashtirish, psixologik HYPERLINK "https://fayllar.org/soha-iqtisodiyoti-va-menejmenti-v2.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/soha-iqtisodiyoti-va-menejmenti-v2.html"bilimlarga HYPERLINK "https://fayllar.org/soha-iqtisodiyoti-va-menejmenti-v2.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/soha-iqtisodiyoti-va-menejmenti-v2.html"ega
    bo'lgan, notiqlik qobiliyatiga ega bo'lgan shaxs.Notiqlik iste'dodi tug'ma bo'lishi mumkin. Hatto bizning har birimiz bunga egamiz, deb ishonishadi,
    faqat boshqacha darajada namoyon bo'ladi. Bu HYPERLINK "https://fayllar.org/nazariy-qism-hozirda-google-docs-bu-bulutli-xizmat-formatida-i.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/nazariy-qism-hozirda-google-docs-bu-bulutli-xizmat-formatida-i.html"shuni HYPERLINK "https://fayllar.org/nazariy-qism-hozirda-google-docs-bu-bulutli-xizmat-formatida-i.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/nazariy-qism-hozirda-google-docs-bu-bulutli-xizmat-formatida-i.html"anglatadiki, HYPERLINK "https://fayllar.org/nazariy-qism-hozirda-google-docs-bu-bulutli-xizmat-formatida-i.html" har kim ushbu sovg'ani individual xususiyatlarni hisobga olgan
    holda va o'z ustida ishlashi mumkin.Notiqlik mahoratining rivojlanishi bilan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan ommaviy nutq qobiliyati yuzaga keladi:nutqning maxsus tarkibi - til va og'zaki bo'lmagan, yuz ifodalari va imo-ishoralar, tinglovchilarga ta'sir qilish
    usullari,diqqat markazida - auditoriyadan fikr HYPERLINK "https://fayllar.org/3-sinf-ona-tili-fanidan-test-savollari-gapning-bosh-bolaklari.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/3-sinf-ona-tili-fanidan-test-savollari-gapning-bosh-bolaklari.html"olish,
    samaradorlik - ma'ruzachining psixologik holati va uning jamoatchilik orasidagi obro'si natijasida.Ammo siz notiqlik qoidalaridan foydalansangiz, nutqingizni to'g'ri shakllantira olasiz:



    • Taqdimot yaxshiroq o'zlashtirilishi va tushunarli bo'lishi uchun tuzilgan bo'lishi kerak.

    • Nutq to'g'ri, ifodali va parazit so'zlarsiz uzoq

    vaqt davomida jamoatchilik e'tiborini jalb qila oladi.

    • Taqdim etilgan ma'lumotlar foydali va haqqoniy bo'lishi



    kerak.

    • Nutqning hissiy to'liqligi va raqamlarning quruq

    tili muvozanatni keltirib chiqaradi va tinglovchilarning qiziqishini yo'qotishiga yo'l qo'ymaydi.

    • Uning e'tiborini suiiste'mol qilmaslik

    kerak, nutqning lakonikligi va axborot qobiliyati ma'qul.

    • Nutqning boshlanishi va uning yakuniy qismi mazmunga qaraganda jamoatchilikka ko'pr oq ta'sir qiladi HYPERLINK "https://fayllar.org/xat-mantiqiy-savollar.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/xat-mantiqiy-savollar.html"- HYPERLINK "https://fayllar.org/xat-mantiqiy-savollar.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/xat-mantiqiy-savollar.html"bu

    nutqning tarkibiy tuzilishida hisobga olinishi kerak.

    • Tomoshabin bilan uning aqliy darajasi, yosh

    toifasi va ijtimoiy o'ziga xosligini hisobga olgan holda HYPERLINK "https://fayllar.org/test-4-sinf-mehnat-fani-i-variant-eshik-tutqichlari-qanday-dar.html" HYPERLINK "https://fayllar.org/test-4-sinf-mehnat-fani-i-variant-eshik-tutqichlari-qanday-dar.html"u HYPERLINK "https://fayllar.org/test-4-sinf-mehnat-fani-i-variant-eshik-tutqichlari-qanday-dar.html" tushunadigan tilda gaplashish kerak.
    Va keyin u ommaviy nutq uchun zarur bo'lgan fazilatlarga ega bo'ladi: Iqtidorli notiqning qiyofasi xarizmatikdir va o'ziga ishonch, ilhom, eruditsiya,
    improvizatsiya qilish qobiliyati, jonli fikrlar, kuchli ovoz, ifodali gestulyatsiya kabi xususiyatlar va xususiyatlar bilan chambarchas bog'liq.
    Download 190.85 Kb.




    Download 190.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 190.85 Kb.