Respublika bolalar kutubxonasi axborot-resurs markazlariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi kitoblarga texnik ishlov berish, kitoblarni fondga kirim qilish, qayd etish hujjatlari. Toshkent – 2023




Download 27.33 Kb.
bet1/5
Sana15.07.2023
Hajmi27.33 Kb.
#76758
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kitoblarga texnik ishlov berish, kitoblarni fondga kirim qilish,-fayllar.org
Reference-342191100438, Sobirjonova Yulduz ASN kurs ish, 7-sinf nazorat ishi #8, internet - axborot qidiruvi, Amaliyot 5. ta, \'5-Mavzu Ped Nazariya1, 1 тема

Kitoblarga texnik ishlov berish, kitoblarni fondga kirim qilish, qayd etish hujjatlari

RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
AXBOROT-RESURS MARKAZLARIGA USLUBIY YORDAM KO‘RSATISH BO‘LIMI


KITOBLARGA TEXNIK ISHLOV BERISH, KITOBLARNI FONDGA KIRIM QILISH, QAYD ETISH HUJJATLARI.

TOSHKENT – 2023
SO‘Z BOSHI

“Kitob o‘qish –inson tafakkurining ozuqasidir”



SH.M.Mirziyoyev
“Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”, degan edi davlat rahbari.


Kirish
Axborot texnologiyalarining shiddat bilan taraqqiy etayotganligi kutubxonalarni axborot almashinuv makonida tutgan o‘rni va ahamiyatini keskin o‘zgartirmoqda. Natijada an’anaviy kutubxonachilik texnologiyalari, xizmat ko'rsatish usul va shakllari, kutubxonalarning o‘zaro hamkorlik tamoyillari, qolaversa, ulardagi boshqaruv jarayonlari ham tezkor ravishda o'zgarmoqda. Kutubxona fondlari yangi turdagi elektron axborot resurslari bilan boyimoqda. Olis masofadagi manbalardan zarur axborotlarni qo'lga kiritish va ulardan foydalanish imkoniyatlari tobora real voqelikka aylanib bormoqda.
Kishilik jamiyatini taraqqiyoti davomida turli-tuman moddiy, madaniy va an’anaviy yodgorliklar ko‘plab yaratilgan. Ana shunday yodgorliklardan biri kitobdir. Qadimdan kitoblar avaylab asralgan, nihoyatda qadrlangan. Kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgan.Ilmli kishilar kitobni barcha boyliklardan yuqori ko‘rganlar, ularni qadrlaganlar.
Kutubxona forscha “kitoblar uyi”, “kitoblar saqlanadigan joy” degan ma’noni bildiradi. Bolalar kutubxonasi muassasasi–ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i. Kutubxonalar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga, kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshishiga xizmat qiladi. Har bir inson ma’naviyat xazinasi bo‘lmish kutubxonalardan, uning cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanish bilan o‘zining, o‘zgalarning hayotini boyitadi.
Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir, chunki unda jamiyatning barcha a’zolari ishtirok etadilar. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Zero yoshlar bizning kelajagimiz, biz ularga qanchalik ko‘p bilim va tarbiya bersak, kelajagimiz shunchalik faravon, mamlakatimiz tinch va osoyishta bo‘ladi. Bolalar xarakterida shakillanayotgan ilk tushuncha va hissiyotlarni o‘z vaqtida ilg‘ab olib, ularning keyingi amaliy faoliyatiga yordam berish har bir tarbiyachi va tarbiya muassasalarining birinchi navbatdagi vazifasidir.
Kutubxonada kitobxonlarning talab va ehtiyojiga, qiziqishiga moslangan kitob fondi jamlanib, kerakli va zarur manba hamda axborotlarni tez, oson yetkazib berish yo‘llari, usul va vositalari bo‘lishi shart. Yoshlar bilan ishlaydigan kutubxonachi juda ko‘p sohalarni, ayniqsa kutubxonachilik, pedagogika, psixalogiya, informatikani yaxshi bilishi, ularni bolalar adabiyoti bilan bog‘lab olib borishi kerakligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
30-sentabrdagi “Axborot-kutubxona muassasalarida” Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risi”dagi 552-son qarorini ta’minlash bo‘yicha.

Download 27.33 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 27.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublika bolalar kutubxonasi axborot-resurs markazlariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi kitoblarga texnik ishlov berish, kitoblarni fondga kirim qilish, qayd etish hujjatlari. Toshkent – 2023

Download 27.33 Kb.