• Tayanch iboralar
  • 1. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotini joriy qilish maqsadlari.
  • 24-mavzu: «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti. Reja: «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi»




    Download 1.51 Mb.
    bet1/6
    Sana22.03.2024
    Hajmi1.51 Mb.
    #175128
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    25-mavzu-2017-18
    Salimova N - amaliy ish, 71 мавзу, 7 unit, unit 8, unit 9, NKM

    24-mavzu: «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti.
    Reja:

    1. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotini joriy qilish maqsadlari.


    2. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti ma’lumotlari tarkibi.
    3. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotidan foydalanish tartibi.


    Tayanch iboralar: «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotini o‘rnatish, ishga tushirish, asosiy menyu bandlari va funksional tugmalar bilan ishlash, dasturiy mahsulot yordamida yer solig‘i ma’lumotlarini kompyuterga kiritish (umumiy yer maydoni, imtiyozli yer maydoni, ijaraga berilgan yer maydoni va me’yoridan ortiq yer maydonlarini) va korxonalar bo‘yicha hisobotlarini shakllantirish texnologiyasi, dasturiy mahsulotga yangi ma’lumotni noldan boshlab kiritishga tayyorlash, dasturiy mahsulotda bazani konvertatsiya qilish, DSI uchun pochta fayli tayyorlash, pochta faylini qabul qilish, subyekt egaligidagi yer ball-boniteti, yer maydonlari ma’lumotlarini kiritish, hisobotlar shakllantirish va tahlil qilish.


    1. «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotini
    joriy qilish maqsadlari.
    «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuli Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 30 iyundagi «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» (STEYeF) dasturiy mahsulotini (birinchi bosqich-yuridik shaxslar) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida»gi 257–sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi.
    Dasturiy mahsulot yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘limlaridan yer egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq idoralariga olib, yer solig‘i to‘lovchilari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar bilan solishtirgan holda Soliq kodeksiga asosan kameral nazoratni amalga oshirish maqsadida joriy qilingan.
    Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuli «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti deb o‘zgartirildi.
    Dasturiy mahsulotda quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
    1. Respublika bo‘yicha yuridik shaxslar egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari hisobini avtomatlashgan holda yuritgan holda quyidagi ma’lumotlarni:
    noqishloq xo‘jalik korxonalari;
    qishloq xo‘jalik korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan);
    yagona yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘yicha umumiy va alohida-alohida ma’lumotlarni olish.
    2. Noqishloq xo‘jalik korxonalarning yer maydonlari, shu jumladan shaharlarda zonalar bo‘yicha va qishloq joylarida joylashgan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
    3. Qishloq xo‘jalik korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan) yer maydonlarining yer turlari, ball boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
    4. Yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarning yer maydonlari va ularning normativ qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
    5. Yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga nisbatan dasturiy mahsulda hisoblangan yer solig‘i bo‘yicha solishtirma ma’lumot, yuridik shaxslarga hisoblangan yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan, soliq qarzi va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risidagi, yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, imtiyoz turlari va summalari bo‘yicha
    noqishloq xo‘jalik korxonalari;
    qishloq xo‘jalik korxonalari (yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan);
    yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘yicha umumiy va alohida-alohida ma’lumotlarni olish.
    6. Yuridik shaxslarning soliq to‘lash tartibiga ko‘ra, yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha alohida hisobot shakllantirish bunda, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi korxonaga hisoblangan yer solig‘i bilan ular tomonidan taqdim etilgan yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini solishtirish.
    7. Dasturiy mahsulotdan barcha yer solig‘i to‘lovchilarining faoliyat turlari, holatlari, boshqarish organlari (vazirlik) bo‘yicha istalgan ma’lumotlarni shakllantirish.
    Jumladan, fermer xo‘jaliklarining faoliyat turlari bo‘yicha, paxtachilik va g‘allachilik, kartoshka va sabzavotchilik, lavlagichilik, meva rezavor yetishtirish va uzumchilik, yog‘ olinadigan o‘simliklarni yetishtirish, ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish, chorvachilik, qo‘ychilik va echkichilik, parrandachilik, baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari bo‘yicha alohida-alohida hisobotlar chiqarish.
    8. Dasturiy mahsulotda hisoblangan yer solig‘i summasi bilan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini taqqoslash orqali, avtomatik tarzda kameral nazorat qilish imkoni yaratiladi.

    Dasturiy mahsulotning umumiy interfeysi
    Mazkur hisobot shakllari dasturiy mahsulotning DSI pog‘onasida korxona va tashkilotlar kesimida, DSB pog‘onasida tuman (shahar)lar va korxona va tashkilotlar kesimida hamda DSQ pog‘onasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha, hududlar bo‘yicha tuman (shahar)lar hamda korxona va tashkilotlar kesimida shakllantiriladi.
    9. Respublikaning ixtiyoriy bir nuqtasidagi yerdan foydalanuvchi to‘g‘risida tezkor ma’lumotga ega bo‘lish.
    10. DSQdan turib quyi soliq idoralarida yer maydonlari va yer solig‘i hisobining yuritilishi ustidan tezkor nazorat o‘rnatish va tahlillar olib borish.
    11. Yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga va uning quyi bo‘linmalariga ortiqcha rasmiy murojaatlarni kamaytirish.
    12. Yer solig‘i bo‘yicha belgilangan bashorat ko‘rsatkichlarni ta’minlashda soliq manbaalaridan doimo xabardor bo‘lib turish.

    «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsulotining afzalligi.


    Dasturiy mahsulot joriy etilgunga qadar hududiy DSBlardan faqatgina yuridik shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha qo‘llanilayotgan imtiyozlar to‘g‘risidagi fermer xo‘jaliklarining soni va yer maydonlaridan tashqari ma’lumotlar olinmas edi.
    Dasturiy mahsulot joriy etilgach, dasturiy mahsulotning DSQ pog‘onasidan barcha yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslarning yer solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, imtiyoz qo‘llanilayotgan yer maydoni, imtiyoz qo‘llash asosi va qo‘llanilgan imtiyoz summasi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan.
    Yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblariga nisbatan dasturiy mahsulotda hisoblangan yer solig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar, viloyat bo‘yicha tumanlar, tumanlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida solishtirma ma’lumotlar olinadi.
    Yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslarga hisoblangan yer (yagona yer) solig‘i, to‘langan, boqimanda va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risida shuningdek, yer solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar, viloyat bo‘yicha tumanlar va tumanlar bo‘yicha xo‘jaliklar kesimida ma’lumotlar olinadi.



    Download 1.51 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    24-mavzu: «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi» dasturiy mahsuloti. Reja: «Soliq to‘lovchilarning egaligidagi yer fondi»

    Download 1.51 Mb.