• ELEKTR MASHINALARI»
  • MA’QULLANGAN
  • Taqrizchilar
  • ¡збекистон республикаси олий ва ¡рта махсус




    Download 2.27 Mb.
    bet1/11
    Sana25.03.2024
    Hajmi2.27 Mb.
    #176482
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kurs ishi ЭЭЭ лар учун (9)
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


    “ELEKTROTEXNIKA”
    FAKULETI
    “ELEKTRОTEXNIKA, ELEKTRОMEXANIKA VA
    ELEKTRОTEXNOLOGIYALAR”
    KAFEDRASI

    «ELEKTR MASHINALARI»


    FANIDAN

    KURS LOYIXASINI BAJARISH UCHUN
    USLUBIY KO’RSATMA


    A NDIJON-2023
    TASDIQLAYMAN

    Andijon mashinasozlik institut o’quv -uslubiy


    Kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan

    Kengash raisi­____________S.Aliyеv


    «__» ______ 2023 yil
    «MA’QULLANGAN»
    «Elektrotexnika» fakulteti ilmiy kengashida muxokama
    qilingan va ma’qullangan
    Kengash raisi________ D.Alijanov
    «__» ______ 2023 yil

    «TAVSIYA ETILGAN»


    “EEE” kafedrasi majlisida muxokama qilingan va
    tavsiya etilgan
    Kafedra mudiri _______ A/Shukuraliyev
    (Kafedra majlisining __ - sonli bayonnomasi
    «___» ________2023yil)
    Taqrizchilar: M.Abdullaev - «EEE» kafedrasi katta o’qituvchisi
    S.Abduraxmonov- «EEE» kafedrasi katta o’qituvchisi


    Tuzuvchi: assistent M.Mamadaliyev
    M U N D A R I J A



    1. Kirish

    3

    2. Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni loyixalash

    7

    3. Asosiy cho’lg’amlarni aniqlash

    13

    4. Stator tishlari cho’lg’amlari va xavo oralig’ini xisoblash

    14

    5. Rotorni xisoblash

    18

    6. Magnitlovchi tokni xisoblash

    20

    7. Ish rejimi parametrlarini xisoblash

    22

    8. Isroflarni xisoblash

    26

    9. Motorning ish xarakteristikalarini xisoblash

    27

    10. Motorning ishga tushirish xarakteristikalarini xisoblash

    30

    11. Motorning issiqlik xisobi

    37

    12. Foydalanilgan adabiyotlar

    42

    Kirish
    Elektr mashinalari sanoatning turli soxalarida, qishloq xo’jaligida va maishiy elektrotexnik qurilmalarida ishlatiladi. SHu sababli xam elektr mashinalari ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifatiga albatta ta’sir ko’rsatadi. Demak, ularning texnik–itisodiy ko’rsatkichlari va ularni ishlatish xususiyatlari yaxshi bilishi lozim.
    Elektr mashinalarini loyixalash – bu energiyaning elektromexanik o’zgartirishni tajriba bilan bog’lash jarayonini issislik fizikasi, mexanika, iqtisodiyot va xisoblash texnikasiga oid bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi.
    Elektr mashinasini loyixalashda mashina statori va rotorining o’lchamlari xisoblanadi, chulg’am turlari, chulg’am simi, izolyatsiya, aktiv va kontsruktiv materiallar tanlanadi.
    Mashinaning ayrim sistemalari shunday xisoblanishi kerakki, bunda materiallar sarfi kam, mashinani ishlatishda esa uning mustaxkamligi va energetik ko’rsatkichlari yuqori bo’lsin.
    Elektr mashinalarini loyixalash natijasida olingan texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari davlat va soxa standartlari mashinani bajaradigan vazifa va ishlatish shartlariga rioya qilish lozim. SHuning uchun xam mashinani loyixalashda elektrotexnik zavodlarning nimalarga qodirligini xam xisobga olish kerak.
    Elektr mashinasini optimal loyixalash mezonlariga umumiy sarf-xarajatlarning va mashinani ishlatishdagi xarajatlarning minimum bo’lishi kiradi. Individual elektr mashinasini loyixalashda esa optimal loyixalash mezonlari buyurtmachi bilan kelishiladi.
    Ushbu uslubiy ko’rsatmada qisqa tutashgan va faza rotorli asinxron motorlarni loyixalashga oid xisob ishlari berilgan. Loyixa asinxron motorlarning asosiy o’lchamlarini, stator chulg’ami pazlari, o’ramlari sonini, kesim yuzasini, stator tishlari o’lchamlarini, xavo oralig’ini, rotor parametrlarini aniqlash, magnitlovchi tokni, ish rejimi parametrlarini, motordagi isroflarni, ish va ishga tushirish xarakteristikalarini EXM da xisoblash tartibi xamda issiklik xisoblarini bajarish bayon qilingan.
    Loyixalangan asinxron motorning ko’ndalang va bo’ylama qirqimlari ko’rsatilgan chizmalar A1 bichimli vatman qog’ozida xisobda ko’rsatilgan o’lchamlar bo’yicha chizilishi kerak. K.1-rasmda qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning bo’ylama (a) va ko’ndalang (b) qirqimlari keltirilgan. Rasmdagi (7) stanina va podshipnik qalqoni (14) cho’yandan quyilgan bo’ladi. Tashqi ventilyator (16) va val (12) ning chiqib turgan qismiga vtulka (18) vositasida maxkamlanadi. Ventilyator po’latdan yasalgan qoplama (15) bilan yopilgan. Qoplama orqali tashqi xavo ventilyatorda surilib, stanina qovurg’alari tomonga xaydaladi. Staninaga chiqish klemmalar qutichasi (6) o’rnatilgan. Statorning pulat o’zagi (9) elektrotexnik yupqa po’lat plastinalaridan yig’ilgan bo’lib, qisqich (20) ga maxkamlangan. Staninaga po’lat o’zak vint (19) bilan eritilgan alyuminiyni quyib maxkamlangan va uning pazlariga stator cho’lg’ami (15) joylashtirilgan. Rotorning po’lat o’zagi (10) xam elektrotexnik po’latdan tayyorlanadi. Rotor pazlariga cho’lg’amni, shu jumladan, qisqa tutashtiruvchi xalqa (4) xam xosil qilinadi. Qisqa tutashtiruvchi xalqalarning ikkala tomonidan muvozanatlovchi yuk (11) maxkamlanadi. Boltlar (13) yordamida staninaga podshipnik qalqoni maxkamlanadi. Qalqon markazidagi tirqishlar, podshipniklar tashqi xalqalari (17, 2) ni quyish uchun mo’ljallangan. Xar bir podshipnik ikkala tomondan podshipniklar qopqoqlari (3) va (1) bilan yopilgan. Kam quvvatli motorlarda ikkita sharikli podshipnik o’rnatiladi. Katta quvvatli motorlarda esa mexanizm ulanadigan tomoniga rolikli, qarama-qarshi tomoniga esa sharikli podshipnik o’rnatiladi. Stanina fundamentga oyoqlar yordamida maxkamlanadi. Staninaning tepasiga yukni ko’tarish uchun ilgich (8) qo’yilgan. Motorning oyoqlarida rezbali teshik bo’lib, unga bolt (23) yordamida zaminlovchi shina (yoki sim) maxkamlanadi. Motorning rotor pazi (21) va stator pazi (22) larni bir qatlamli yoki ikki qatlamli cho’lg’amliligiga qarab chizmada kesim berib ko’rsatiladi (K.1-rasm, b cho’lg’ami bir qatlamli).
    K.2–rasmda faza rotorli asinxron motorining bo’ylama qirqimi ko’rsatilgan.
    Stanina (20) stator pastki o’zagi (8) ning yarmini egallagan bo’lib, massiv qisuvchi xalqa (7) yordamida maxkamlanadi. Korpus (5) listli po’latdan tayyorlangan. Podshipnik qalqonlari (13) xam staninaning pastki yarmiga maxkamlanadi, (15) va (2) podshipniklar qopqoq (1) va (3) larga montaj qilingan bo’ladi.
    Sovituvchi xavo qalqonlarining chekka qismidagi darchalar (14) dan kiradi va diffuzor (12) yordamida rotor (9) dagi ventilyator qanoatchalari (4) ga yo’naltiriladi.
    Bu xavo cho’lg’am (6) ning cho’lg’amning pazdan tashqari qismini va stator po’lat o’zagini sovutib, korpusning yon tomonlaridagi darchalardan chiqib ketadi. G’altaklarning pazdan tashqari qismi bandaj xalqa (11) bilan bog’lanadi. Rotor cho’lg’ami (10) ning chiqish qismlari kontakt xalqalar (16) ga ulangan bo’ladi. Kontakt xalqalar (16) vtulka (18) ga o’rnatilgan bo’ladi va xamma cho’tka qismi kojux (17) bilan berkitilgan. Kojux (17) da cho’tkalarni ishga tushirish reostatiga ulash uchun klemmalar qutisi (19) joylashgan.
    Xozirgi vaqtda qisqa tutashgan va faza rotorli asinxron motorlarning yangi RA, 5A, 6A tiplari ishlab chiqarilgan bo’lib, ularning konstruktsiyalari ancha yaxshilangan.
    1992 yildan boshlab Rossiya Federatsiyasining YAraslav elektr mashinasozligi zavodida yangi RA tipdagi asinxron motorlari ishlab chiqarila boshladi.
    RA tipdagi asinxron motorning asosiy afzalliklariga xalqaro standartlar talablariga javob berishi va ayrim qism va detallaraning unifikatsiyalanganligidir.
    Aylanish o’qi 71132 mm bo’lgan RA tipdagi asinxron motorlarning staninasi alyumiyniydan tayyorlanadi, aylanish o’qi 132 mm dan katta bo’lganda esa stanina cho’yandan tayyorlanadi. Bunday motorlarning quvvati esa 0,3790 kVt gacha kuchlanishi esa 220, 380, 660, 220/380, 380/660 V, chastotasi 50 Gts, aylanish chastotasi 7002950 ayl/minga teng bo’ladi.
    5A (5 AN, 5 ANK) tipli asinxron motori xam Rossiya Federatsiyasidagi Vladimir elektr motori va Moskva elektromexanik zavodlarida ishlab chiqariladi. Bu tipdagi motorlar 4A va AI tipdagi motorlarni ishlab chiqarishdagi ko’p yillik tajribalarga tayangan xolda yaratilgan.
    5A tipdagi asinxron motorlarning quvvati 0,37 kVt dan 132 kVt gacha, kuchlanishi 220, 380, 660, 220/380, 380/660 V, aylanish chastotasi esa 6002950 ayl/min bo’ladi.
    6A tipdagi asinxron motorlar Moskva elektromexanik zavodida ishlab chiqariladi.
    Bu tipdagi asinxron motorlarning aylanish o’qi 315 mm ga teng. 6A tipidagi motorlarning quvvati 90200 kVt, kuchlanishi 220, 380, 220/380, 380/660 V, aylanish chastotasi esa 7503000 ayl/min bo’ladi.
    Qo’llanma xamma ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab olaolmagan, shu sababli talabalar loyixalash jarayonida ma’lumotnomalar, elektrotexnik jurnallar, kataloglar va chizma atlaslardan foydalanishlari mumkin [1-3].
    Ushbu uslubiy ko’rsatma bo’yicha qisqa tutashgan va faza rotorli asinxron motorlarni loyixalash uchun mo’ljallangan. Loyixa asinxron motorlarning asosiy o’lchamlarini, stator cho’lg’ami pazlari, o’ramlari sonini, kesim yuzasini, stator tishlari o’lchamlarini, xavo oralig’ini, rotor parametrlarini aniqlash, magnitlovchi tokni, ish rejimi parametrlarini, motordagi isroflarni, ish va ishga tushirish xarakteristikalarini xamda issiqlik xisoblarini bajarishni o’z ichiga olgan.

    Download 2.27 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2.27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ¡збекистон республикаси олий ва ¡рта махсус

    Download 2.27 Mb.