Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risida




Download 27.33 Kb.
bet2/5
Sana15.07.2023
Hajmi27.33 Kb.
#76758
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kitoblarga texnik ishlov berish, kitoblarni fondga kirim qilish,-fayllar.org
Reference-342191100438, Sobirjonova Yulduz ASN kurs ish, 7-sinf nazorat ishi #8, internet - axborot qidiruvi, Amaliyot 5. ta, \'5-Mavzu Ped Nazariya1, 1 тема
Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarining (fuqarolari o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlarining kutubxonalaridan tashqari) fondlari davlat mulki hisoblanadi va davlat tasarrufidan chiqarilishi hamda xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat tomonidan fondni saqlash, asrash va undan foydalanish, shuningdek uni shikastlanishdan va o‘g‘irlanishdan himoya qilish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratiladi.
axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish — axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, kataloglashtirish va texnik qayta ishlash (shtempel bosish, inventar raqami va shifr qo‘yish, kitoblar formulyarlarini rasmiylashtirish, kitoblarga cho‘ntakcha yopishtirish, qaytarish muddati varaqalari, shifrli yorliqlar) orqali axborot-kutubxona resurslarini saqlash va foydalanishni ta’minlovchi texnik va ilmiy ishlov berish jarayonlari majmuidir.
Axborot-kutubxona muassasasi fondining siyosatini belgilaydigan dasturiy hujjat bo‘lib, u fondni butlashning sifati va miqdori tasnifini (hujjatlarning mavzusi, turi, yo‘sini, fondni saqlash va foydalanuvchilarga yanada maqbul xizmat ko‘rsatish maqsadida fondga kiritilgan nusxalarni) aks ettiradi.
fond harakati — fondni yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish va uning ma’lum qismini turli sabablarga ko‘ra (kitob ayirboshlash) hisobdan chiqarish hamda kutubxona bo‘linmalari o‘rtasidagi almashinuv jarayonidir.


Fonddan foydalanish jarayonida asrash
Axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarga o‘quv zalida, abonement tartibida, nostatsionar xizmat ko‘rsatiladigan punktlarda, shuningdek kutubxonalararo abonement orqali axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Axborot-kutubxona muassasasidan foydalanish qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatiladi.
Axborot-kutubxona muassasasi xodimlari foydalanuvchilar qarzdorligining oldini olish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
Axborot-kutubxona muassasalari muntazam ravishda bosma va Brayl shriftidagi nashrlarni kichik joriy ta’mirlash ishlarini olib borishlari (tushib qolgan varaqlarni yopishtirish, yamash, muqovalarni yelimlash va h.k.) lozim.
Foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, shuningdek, muntazam yoki uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan yumshoq jildli va jildsiz nashrlar muqovalanishi shart. Shuningdek, gazeta va jurnallar taxlamlari ham to‘plam ko‘rinishida muqovalanishi zarur.
Fondlarning butligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi axborot-kutubxona resurslaridan nusxa ko‘chirish mumkin emas:
jismoniy holati nusxa ko‘chirishga imkon bermaydigan nashrlar (nusxa ko‘chirish natijasida nashrning bus-butunligiga shikast yetishi, qog‘ozlar yirtilishi mumkinligi va b.)
Kutubxonaning ish rejasi tarkibiy bo‘limlari bo‘yicha metodik tavsiyalar, kutubxona fondiga kiritiladigan resurslar
Bolalar kutubxonasi fondini jamlama hisobga olish kitobi. Kutubxona fondiga kelib tushadigan yoki chiqariladigan barcha turdagi kutubxona resurslari kuzatuv hujjatlari (davlat ro‘yxatiga olish varag‘i, hisob-faktura, yuk xat, reestr, dalolatnoma va shu kabilar) asosida jamlama hisobiga olinadi. Jamlama hisobga olish qog‘oz yoki elektron shaklda yuritiladigan kutubxona resurslarini jamlama hisobga olish kitobida amalga oshiriladi.


Download 27.33 Kb.
1   2   3   4   5




Download 27.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risida

Download 27.33 Kb.