|
Mavzu: Qadimgi Misr ehromlari
|
Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 5,87 Mb. | | #126906 | Turi | Referat |
Bog'liq REFERAT.doc MISR.doc turizm
REFERAT
Cultural Heritage in Tourism
Mavzu: Qadimgi Misr ehromlari
Tayyorladi: Qosimov Muhammadjon
Guruh: Tour Tash B323
Sana 09.12.2023
Mavzu:Qadimgi Misr ehromlari
Reja:
1-Qadimgi dunyoning takrorlanmas
arxitekturasi
2-Piramidalarning siri?
3-Xulosa
Misr ehromlari (piramidalari) – Misrda joylashgan toshdan yasalgan qadimiy binolar hisoblanadi.
Ularning soni hozirgi kunga kelib 120dan ziyod va hozirgi vaqtda ham ularni izlash ishlari olib borilmoqda. Ehromlarning ko’pchikligi qadimgi va o’rta davr firavnlarini dafn qilish uchun joy sifatida qurilgan. Biz bilgan ehromlarning orasidagi eng qadimiysi arxitektor Imxotep qurgan Josser ehromi bo’lib taxminan eramizdan avvalgi 2667-2648-yillarda qurilgan, u Sakkarada joylashgan. Eng mashxur ehromlar Qohira va Giza chekkalarida joylashgan va ular hanuzgacha insoniyat qo’li bilan qurilgan eng katta qurilish sifatida sanaladi.
Xeops ehromi Misrdagi eng katta ehrom va u dunyoning yettimo’jizasi qatoriga kiritilgan.
Har biri 20 tonna og’irlikdagi toshlardan insho etilgan. Bu toshlar esa yuzlarcha km uzoq masofalardan keltirilgan.
Piramida kimning nomiga qurilgan bo’lsa, uning mumiyasi turgan xonaga yilda faqat 2 marotaba quyosh nuri tushadi, tug’ilgan kuni va taxtga o’tirgan kuni.
Piramidalar ichidagi mumiyolangan jasadlardagi radioaktiv nurlar tufayli ilk bor topgan 15 olim Saraton kasalligidan vafot etgan.
Piramidalar ichida, piramidalar toshlarining ichidagi metal rudalari sabali piramida ichida radio aloqa va ultratovuch apparatlari umuman ishlamaydi.
Qandaydir noma’lum sabablarga ko’ra o’simliklar juda tez o’sadi va eng qiziqarlisi shundaki, tez o’sgan o’simlilar juda tez nobud bo’ladi.
Piramidaning ba’zi xonalarida nima borligi haqida umuman ma’lumot ham bir ishoralar ham yo’q, ilmiy izlanuvchilar piramida ichida adashib yoki bir joyda aylanib yurdilar, lekin ichki xonalarni ko’rolmadilar.
Piramidalarning ichki harorati tashqi iqlim sharoitiga teskari. Ya’ni qishda issiq, yozda sovuq.
Jaroxatlangan joylar piramida ichida tez tuzaladi.
Uzoq vaqtdan beri arxeologlar Bronza davri texnologiyalari bilan dunyoning yetti mo‘'jizasidan biri – Misrdagi Xeops ehromi qanday qurilganiga javob topolmay kelayotgandilar. 147 metrlik Katta ehrom o‘rta asrlargacha duyoning eng baland inshootlaridan biri bo‘lib kelgan. Endi esa misrshunoslar ehrom qurilishida ishlatilgan katta tosh bloklari ehrom joylashgan Gizaga 13 km uzoqlikdagi Turdan qanday yetkazilgani sirini ochishdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Buning javobi esa miloddan avvalgi 2600 yildagi Xufu fir'avnining dafn qayig‘iga qo‘yilgan qadimiy papirus qog‘ozida aniqlandi. Unda bloklar qanday tashilgani, Nil suvlari yo‘naltirilgan kanallar qanday qazilgani va ulkan to‘g‘onlar qanday barpo etilgani batafsil bayon etilgan. Hujjat 40 ishchidan iborat jamoaga javob bergan Merer ismli nazoratchi tomondan imzolangan.
Biroq arxeologlar katta masofalarni hisobga olgan holda bloklarni tashish borasida bir fikrga kela olmay qolganlar. Bu bahsda yakuniy nuqtani Giza yassi tog‘i ostida suv kanallari izlarini topgan Mark Lexner qo‘ydi. "Biz umumiy ko‘rinishda suv havzasi va ehrom ostiga olib kelgan kanallar tarmog‘ini chizib chiqdik", deb aytgan tadqiqotchi.
Mutaxassislar jamoasi shuningdek bloklar tashilgan qadimiy qayiqlarni ham tiklashgan. Aniqlanishicha, ular yog‘och doskalarni bir-biriga zich qilib arqon bilan bog‘lash yo‘li bilan yaratilgan.
XULOSA
Misr ehromlari o’zida hali qanchadan-qancha sir-u asrorlarni o’z ichida saqlab kelmoqda. Insoniyatning aqli tobora rivojlanayotgan, shuncha kashfiyot-u topilmalarni topayotgan bir paytda piramidalar siri hali hanuz to’liq ochilmasdan kelmoqda. Lekin kelajakda albatta bu sirlarni fosh etishni insoniyat baribir yo’lini topadi.
|
| |