Maqsad
|
O‘quvchilarga Pythonda satrlar bilan ishlashni o‘rgatish.
|
Darsning turi (shakli)
|
Aralash (nazariy va amaliy).
|
Dars rejasi
|
Satrli o‘zgaruvchilarni yaratish.
Satrlar bilan ishlash.
Qism satrlarni belgilash.
|
Natija
|
Satrlar va ularning tiplarini tushunadi.
Satrli o‘zgaruvchilarni yarata oladi.
Satrlar ustida turli amallar bajara oladi.
Satrdan qism satrlarni ajrata oladi.
|
Tayanch so‘zlar va iboralar
|
Satr, qism satr.
|
O‘qitish shakllari
|
Sinfda ishlash, guruhda ishlash, yakka tartibda ishlash.
|
O‘qitish metodi va texnologiyalari
|
Bahs-munozara, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, ”O'yla, izla,
top” metodi.
|
O‘qitish vositalari
|
Taqdimot, videodarslar, refleksiya kartochkalari (har bir o‘quvchi
uchun), darslik: 65–67-betlar.
|
AKT va interfaol vositalar
|
kompyuter
elektron doska
smart doska
|
Darsning shiori
“Dasturlash fikrlashga o‘rgatadi”
Darsning texnologik xaritasi.
Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash.
Takrorlash
Uy vazifasi tekshiriladi, savol-javoblar uyushtiriladi.
Qiziqtirish (motivatsiya)
O‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish.
Sinf doskasida sana, mavzu va qiziqtirish uchun savollar
yoziladi. Har bir qatorga 1 tadan savol tashlanadi va bahs-munozara shaklida javoblar tahlil qilinadi.
Satr nima?
Satr orasidan qism satrni qirqib olish mumkinmi?
Satrning uzunligi qanday aniqlanadi?
Yangi mavzudan oldin o‘quvchilarning shu mavzuga oid bilimlari aniqlab olinadi.
Mavzuni tushuntirish
Mavzu yuzasidan asosiy ma'lumotlar beriladi. Yangi mavzu www://dr.rtm.uz sayti yoki QR-kod orqali yuklab olingan taqdimot va videolar yordamida taqdim etiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga satr,
qism satr, satr uzunligi haqida ma'lumot beradi. Taqdimot yordamida darslikning 65–66-betlaridagi ma’lumotlar tushuntirib beriladi.
O‘quvchilar, o‘z navbatida,
diqqat bilan eshitib, mavzu haqida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, satrlar haqidagi asosiy tushunchalar hamda eslab qoling bloklarini daftarlariga yozib oladi.